O`zbekiston respublikasi
DOSTON TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
DOSTON TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI
E.Najib doston tilida 2500 turkiy so`zlar qo`llanganligini qo`rsatadi. Bu raqam ichiga so`zlarning variantda yozilishini ham kiritgan. Masalan: aktachi, tabib), (ev) va boshqalar. Doston leksikasida umumturkiy so`zlar 39 % ni tashkil etadi, qolgan so`zlar esa o`g`uz (12), qipchoq (8), janubi-sharqiy dialektga oid (21), o`g`uz (3), sharkiy klpchoq (14) unsurlaridan iborat. Turkiy so`zlar doston tilida taxminan 65 % tashkil qiladi. SHu bilan birgalikda doston leksikasida quyidagi qatlamlar ko`zga tashlanadi: 1. Turk-mo`g`ul tillari davriga oid so`zlar. Ma`lumki, turkiy tillar mo`g`ul tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil etadi. SHuning uchun ham asar tilida (umuman, har bir turkiy tilda) turkiy va mo`g`ul tillari uchun umumiy leksik qatlam mavjud. Buni quyidagi so`zlar misolida ko`rsatish mumkin: Adaq, idi (hokim), eren (kishilar), arpa, art, erte (erta) arsyaan, armtmak (tozalamoq), asan (eson), al (qizil), altun, aldag` (aldoqchi), alms, alma, empәk, uminj (umid), anbar (saroy), av (ov), uzuk (g`am), ork (asos), urug` (oila), ulus, elchi, bag` (bog`ich), bal (asal), bilik, tabaq (ovqat), tabg` (xizmat), sormaq (so`rmoq), sunmek (taklif qilmoq), qatn (qattiq), qan, qaraq (ko`z qorachig`i), qarshm (saroy), qarg`u (ko`r), qamug` (barcha), qonrag`u (qo`ng`iroq), qir (cho`l), kerәk, kөks (ko`krak), kichi (kichik), mal (boylik), yүrүk, yүz, yil, yimish (meva) va boshqalar. 2. Arabcha-foscha so`zlar. Doston tilida arabcha-forscha so`zlarning bo`lishi ikki munosabat bilan izohlanadi, ya`ni asar bevosita fors-tojik tilidan tarjima qilinganligi tufayli ham fors-tojikcha so`zlardan foydalanish zaruriyati bo`lgan; ikkinchidan, muallif yashagan vohada turkiy til fors-tojik tilini allaqachon siqib chiqargan bo`lsa-da, bu til unsurlari hali iste`molda bo`lgan. Arab tili unsurlari esa bevosita islom dini ta`sirida hamda fors-tojik tili orqali o`zlashib qolgan. Asar tilida quyidagi arabcha/so`zlar qo`llanadi: ajal, āxir,āadam, asbāb, atrāf, imin (tinchlik), hukm, xazina/azaz, adl, fәlәk, quvvat, qaysar, vasiyat, yas (motam). Quyidagi kabi forscha so`zlar qo`llangan: ārām, āzād, tāj, taxt, xasta, 56 xumār (maslik), dushvār, rustā (qishloq), magar va boshqalar Asarda sinonimlarni qo`llashga ham e`tibor berilgan. Quyida sinonimlar qatoridan ba`zilarini keltiramiz: adiң-өңin (boshqa), өkүsh-ingәn-tәlim (ko`p), yig`li- sөgәl (kasallik), uzaq-alis-yirak (uzoq), el-ulus (el), yazmaq-yan’shmaq (yanglishmok). Juft so`zlar ham qo`llangan: arti-arqasi, ash-su altun-kүmүsh, ayaq-chanaq (idish), ichi-tashi, erkәk-tishi (er-xotin), barim-yoqim (mol-dunyo), biru bar (xudo), kөz-qulaq, malu tavar (boylik), artuq-өksүk (ortiq-kam). Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling