O`zbekiston respublikasi
«TAFSIR» ASARINING TILI VA USLUBI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
«TAFSIR» ASARINING TILI VA USLUBI
Eski o`zbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biri Qarshi shahrida topilgan «Tafsir» asari hisoblanadi. Bu asar «O`rta Osiyo Tafsiri» deb ham yuritiladi. «Tafsir» - «Qur`on»ning so`zma-so`z tarjimasi, izohlar, sharxlar va tushuntirishlardan iboratdir. «Tafsir»da 18-suradan boshlab «Qur`on» tarjimasi va sharxlar va izohlar beriladi. Asarning birinchi qismida har bir suradan keyin uning mazmuni bilan bog`liq xikoyalar berilgan. Ikkinchi qismida esa suralardan izohlar va she’riy parchalar berilgan. Kitobda «Tafsir»ni tartib bergan va ko`chirgan kishilarning nomi ko`rsatilmagan. Asarning yozilgan vaqtini belgilash juda qiyin, uning matnida bu haqda hech qanday ma`lumot yo`q. SHuningdek, asarning birinchi asl nusxa qo`lyozmasi ham aniqlangan emas. «Tafsir»ning til xususiyatlariga asoslanib, V.V.Bartol’d uning XI asrda yaratilgan «Qutadg`u bilig» dostonidan ham ilgariroq yozilgan bo`lishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Turk olimi A.Erdogan «Tafsir»ning lug`at tarkibi jihatidan «Devonu lug`otit turk» leksikasiga yaqin ekanligiga, unda diniy tushunchalarni ifodalovchi so`z va iboralarning turkiy tilga tarjima qilib berilganligiga asoslanib, uning asl nusxasi X-X1 asrlarda yozilgan degan fikrni bayon qiladi. «Tafsir» tiliga xos bir qator leksik va morfologik xususiyatlarning «Hibatul haqoyiq» asarning tiliga ancha yaqinligini hisobga olib, S.E.Malov bu asarni XII asr yodgorligi deb hisoblaydi. Bu asarning tili to`g`risida katta ish olib borgan A.K.Borovkov «Tafsir»ning dastlabki davri X asr oxiri bo`lib, asarda mo`g`ullar va keyinroq Temuriylar davriga xos so`z va atamalarning qo`llanishi hamda uning fonetikasi va morfologiyasida uchraydigan yangiliklar mazkur Qarshi ko`lyozmasi XV asrda qayta ko`chirilgan bo`lishi mumkin, deb izohlaydi. SHunga ko`ra u «Tafsir»ni XP-XSH asrlarning yodgorligi deb qaraydi. SHuni qayd etish kerakki, til xususiyatlari jihatidan «Tafsir, asosan, adabiy d/dz/ tiliga xos bo`lgan X1-XSH asr yodgorliklariga yaqin turadi. SHu bilan birga bu asarda juda ko`p xollarda d/dz/ning y ga o`tishi hodisasi ham uchraydi: adshr - ayshr, adnr - aynr kabi. Bundan tashqari, asarning bir qator leksik va morfologik 51 xususiyatlari ham uning tili shu davrlarda yaratilgan «Devonu lug`otit turk», «Hibatul haqoyiq», «Qutadg`u bilig» kabi yodgorliklarning tilga yaqin ekanligidan guvohlik beradi. Masalan, «Tafsir»da tabaru (tomon), bodun (xalq), arig`, asig` (foyda), tumlug` (sovuq) singari ko`plab o`sha davr yodgorliklari tili uchun xos bo`lgan so`z va iboralar qo`llangan. Tushum kelishigining -ig`, -ig affiksli shakllari uchramaydi. Kishilik olmoshining jo`nalish kelishigida anar (aydi, anar) shakli uchraydi. Aniq o`tgan zamon fe`lining birinchi shaxs ko`pligi bardimiz, kәldimiz (qamug` bәrdimiz aңar hikmat bilig) shaklida ham kelgan. Asar tilida ham sharqiy turkiy (qarluq-uyg`ur), ham g`arbiy turkiy (o`g`uz- turkman) fonetik, morfologik va leksik unsurlarning muvoziy holda qo`llanishi ko`p uchraydi: inkor bildiruvchi ermәs, va ermaz, tagul va dagul, ilgәrү va ilәrү, ant va And, tarig` va darig` tagra va dagara (tevarak) kabilar. SHarqiy turkiy va g`arbiy turkiy til unsurlarining bunday aralash holda ishlatilishi faqat «Tafsir» tili uchungina xarakteri emas. SHu davrlarda maydonga kelgan Alining «Qissai YUsuf», Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Qutbning «Xisrav va SHirin» kabi qator adabiy yodgorliklarida shunday hodisani - sharqiy va g`arbiy «turkiy unsurlarning aralash holda kullanganligini ko`rish mumkin. Bu hol XSH-XU asrlarda sharqiy qarluq-chigil-uyg`ur tili va g`arbiy o`g`uz-qipchoq tillarining qo`shilib ketishi asosida eski o`zbek adabiy tili tashkil topganligini tasdiklaydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling