CHIG`ATOY ULUSINING ADABIY TILI
XIII asrda mug`ullar istilosidan so`ng Movarounnahrda Chig`atoy davlati
tuzildi. Bu davlat idora ishlarini yuritishda qoraxoniylar davridagi adabiy tilga va
Xorazmdagi adabiy tilga murojaat qiladi. Lekin ko`proq koraxoniylar davridagi tilga
ahamiyat berildi. Bu holat ma`lum darajada qarluq-uyg`ur tili xususiyatlarining bu
tidda singab qolishiga sabab bo`lgan, chunki uyg`urlar madaniy jihatdan yuqori
turuvchi qabila bo`lgani uchun mo`g`ullar hukmronligi davrida davlatning
madaniy hayotida va yozuv bilan bog`liq bo`lgan deyarli barcha ishlarda muhim o`rin
tutgan. Saroy doirasidagi mansabdor kishilarning bolalari uyg`urlar qo`lida
o`qiganlar.
Chig`atoy ulusining adabiy tili yodgorliklarida qadimiy kitobiy d-o`rnida z,y
undoshlarining kelganligini ko`ramiz. SHuningdek, ayrimlarida turkman, ba`zilarida
uyg`ur tili xususiyatlarini uchratamiz. Chig`atoy ulusi adabiy tilining yodgorliklari
sifatida «Mukaddimat-ul adab», «Yusuf va Zulayho», «Ravnaq-ul Islom»,
«O`g`uznoma» kabi asarlarni ko`rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |