O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
Xorazmda adabiy til qipchoq-o`g`uz tili elementlari asosida rivojlandi.
45 Xorazm orqali Oltin O`rdaning Movarounnahrga ta`siri kuchaydi. Natijada XIV asrga kelib O`rta Osiyoning markaziy qismi bilan Qashkar o`rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar uziladi. O`zbek tilining taraqkiyotiga o`troq hayot kechiruvchi va ko`chmanchi qabilalar munosabati ta`sir etmasdan qolmadi. Ko`chmanchi o`zbeklar O`zbekxon boshchiligida XIV asr boshlarida Movarounnahrga bir necha bor yurish qildi. Bu yurishlar Abulxayrxon va SHayboniyxon davrida yana xam kuchaydi. Ko`chmanchi o`zbeklar ta`sirida «d» dialekti o`rnida «y» lashgan dialektga o`tish jarayon kuchaydi. Demak, qipchoq elementlari sezilarli o`rin egallay boshladi. SHuningdek, Movarounnahrning g`arbi, shimoliy g`arbiga va janubiy Xorazmga o`g`uz kabilalarining ta`siri kuchaya boshladi. O`g`uzlar ham «y»lashgan dialektda gaplashar edilar. Ana shu tarixiy jarayon natijasida qadimgi turkiy tilda mavjud bo`lgan, X-XII asr yodgorliklarida aks etgan, XII-XIV asr kitob tili tradiniyasiga aylanib ketgan «d» lashish XIV asr g`arbiy adabiy til (Xorazm) ana`nasi ta`sirida «y» lasha boshladi. Bu holat «O`g`uznoma» va Oltin O`rda tsikliga kiruvchi boshqa asarlar tilida xam uchraydi. Aksincha, karluq-chigil-uyg`ur tili g`arbiy turkiy tillarga ta`siri ham bo`lgan. Bu ta`sir mo`g`ullargacha kuchli yuz bergan bo`lib, sharqiy adabiy tilning susayish bilan g`arbiy adabiy til, yoki N.A.Baskakov termini bilan aytganda qarluq-xorazm adabiy tilining taraqqiyoti boshlandi. N.A.Baskakov fikricha, qarluq-xorazm adabiy tili keyinchalik eski o`zbek adabiy tilining yaratilishiga zamin bo`lgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling