O'zbekiston respublikasi


BOB. Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili


Download 140.86 Kb.
bet2/42
Sana05.01.2022
Hajmi140.86 Kb.
#218160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

BOB. Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili

  1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiy tahlili

  2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shakllanishining korxona foydasiga ta'sirining tahlili

  • BOB. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonada mahsulot
    ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo'llari


    1. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari

    2. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari

    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

    Kirish



    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik yangilash va diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng kulamda amalga oshirilmokda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport saloxiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofakiyatli rivojlanishini ta'minlaydi.

    Shu sababli, glabal moliyaviy inkiroz sharoitida moliya-bank tizimini qo'llab- quvvatlash, sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish va ularning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo'lib xisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, “ Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizasiya qilish uchun katta mablag' sarflaymiz, ko'p miqdordagi xorijiy investisiyalarni jalb etamiz. Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to'liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o'sib ketishiga olib kelmoqda.1Shuningdek, yurtboshimizning ushbu Jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari asarida xamda inkirozga karshi choralar dasturining anik bo'limlari - belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni xal etishga karatilgan. Jumladan, “qat'iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag'batlantirish xisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. Shu maqsadda 2012 yil xo'jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va soxalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foizga tushirishga karatilgan chora tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflarni ma'kullanganini kayd etish lozim.

    Shuning uchun, keng institusional isloxotlarni amalga oshirish omillaridan biri, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash xamda xozirgi glabal moliyaviy- iktisodiy inkiroz sharoitida sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishdagi muammolarni xal etish yullarini moliyaviy-iktisodiy asoslarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikish lozimligi mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini bildiradi.


    Download 140.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling