Bob. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiy tahlili
Mamlakatimiz ishlab chikaruvchilari raqobatbardoshligini oshirish,
mahsulotlarini ichki va tashqi bozorda Sotish xajmini kengaytirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-sn farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport saloxiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturiga va Vazirlar maxkamasining 26-sonli K,aroriga muvofiq yirik sanoat korxonalari, xo'jalik birlashmalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda tanqidiy tahlil asosida texnologiya jarayonlarini xamda xom ashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish, quvvatlardan foydalanish darajasini kupaytirish va Mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish va qo'shimcha sarf xarajatlarni qisqartirish, xarid kilinadigan xom ashyo materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, xodimlar xisobini maqbullashtirish xisobiga sanoat mahsulotlari tannarxini kamaytirishga yo'naltirilgan kompleks chora tadbirlar ishlab chikildi xamda xo'jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini qisqartirishning yig'ma parametrlari tasdiqlandi. Mazkur tasdiqlangan yig'ma parametrlarga muvofiq ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish darajasi respublika bo'yicha o'rtacha 20,6% kilib belgilandi.
Quyida «URG-ANTEP-YASHAM” qo'shma korxonasi tomonidan sotilgan mahsulot tannarxining 2011-2012 yillar davomida o'zgarish tendensiyasini ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |