O'zbekiston respublikasi


Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashni ko'zda tutgan darslar


Download 245.85 Kb.
bet24/67
Sana05.01.2022
Hajmi245.85 Kb.
#229538
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org

2. Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashni ko'zda tutgan darslar.  

Keyingi  paytlarda  dars  va  uning  tashkiliy  tuzilishlarida  katta  o'zgarishlar  yuz  berdi.  Juda 

ko'p  olimlar,  metodistlar,  ilg'or  o'qituvchilar  mahalliy  va  markaziy  matbuot  sahifalarida  dars 

ko'rilishini  takomillashtirish,  ta'limda  o'quvchilarning  ijodiy  faolligini  oshirish  to'g'risidagi  g'oyat 

qimmatli  fikrlarini  bildirmoqdalar.  Ochil  Roziqovning  "Dars  tiplari"  kitobida  muallif  o'zining 

kuzatishlari asosida  darslarni  tashkil  etishning  turlicha  usullarini  ko'rsatadi."O'qituvchi"  nashriyoti 

tomonidan chop etilgan bu kitobda dars tiplarini to'rt turga bo'linadi. Bular: 

1. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari. 

2. O'tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari. 

3. Bilim va malakalarni tekshirish darslari. 

4. Bilim va malakalarni sistemalashtirish darslari. 

Yangi bilimlarni o'rgatishda tilga oid nazariyalar, asosan, ikki xil yo'l bilan o'rgatiladi: 

a) yangi bilimlarni deduktiv yo'l bilan o'rgatish; 

b) yangi bilimlarni induktiv yo'l bilan o'rgatish; 

Yangi bilimlarni bayon qilishda o'tgan darslarga taqqoslash usuli ham qo'llaniladi.  

 Yangi  materialni  o'rgatish  va  mustahkamlash  ko'p  jihatdan  o'qitish  metodlaridan  samarali 

foydalanishga ham bog'liqdir. Yangi bilimlarni o'rgatish metodlari uch guruhga ajraladi: 

a) bayon qilish metodi

b) suhbat metodi

v) mustaqil ishlash metodi. 

Yangi  o'quv  material  suhbat  metodida  o'rgatilganda,  o'qituvchi  va  o'quvchi  bir  necha 

bosqichlarni bosib o'tadi. 

1-bosqich:  o'qituvchi  kuzatish  uchun  mavzuga  oid  aniq  dalillarni  beradi,  o'quvchi  uni 

kuzatadi. 

2-bosqich:  o'qituvchi  bolalar  kuzatgan  materialni  chog'lashtirishni  buyuradi,  o'quvchilar 

qiyoslaydilar. 

3-bosqich:  chog'lashtirish  orqali  savollarga  javob  izlash  aytiladi,  o'quvchi  savolga  javob 

izlaydi. 

4-bosqich: savollarga javob talab qilinadi, o'quvchilar javob qaytaradilar. 

5-bosqich: juz'iy xulosalarni sintezlash buyuriladi, bolalar umumiy xulosalar chiqaradilar. 

6-bosqich:  xulosalarni  darslikdagi  qoidalarga  taqqoslashni  buyuriladi,  bolalar  taqqoslash 

orqali o'zlari chiqargan xulosaning yutuq va kamchiliklarini anglaydilar. 

7-bosqich:  o'qituvchi  bolalar  chiqargan  xulosani  to'ldiradi,  o'quvchilar  o'qituvchi  nutqini 

tinglaydilar. 

8-bosqich:  o'qituvchi  o'rganilgan  qoidaning  amaliy  qo'llanilishini  o'rganishga  undaydi, 

o'quvchilar turli topshiriqlarni bajarish yo'li bilan o'rganilgan u qoidani mustahkamlaydilar. 

Bayon qilish metodi suhbat metodiga nisbatan boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi. 

1-bosqich: o'qituvchi kuzatish uchun material beradi, bolalar uni kuzatishadi. 




 

27 


2-bosqich:  kuzatilgan  dalillarni  tahlil  qila  turib,  qoidalarni  tushuntiriladi,  bolalar 

tinglaydilar. 

3-bosqich:  o'rganilgan  materialning  puxtaligini  bilish  uchun  savollar  beriladi,  o'quvchilar 

javob qaytaradilar. 

4-bosqich: o'qituvchi mavzu yuzasidan xulosa chiqaradi, bolalar tinglashadi. 

5-bosqich:  o'qituvchi  topshiriqlar  beradi,  bolalar  topshiriqni  bajarish  yo'li  bilan  mavzuni 

mustahkamlaydi. 

Mustaqil ishlash metodining ham uziga xos bosqichlari mavjud: 

a) o'quvchilarni qo'yilgan masalani o'rganishga tayyorlash; 

b) darslik va boshqa o'quv qo'llanmalari ustida ishlash uchun yo'llanma berish; 

v) mustaqil ishlash

g) bajarilgan ish ustida suhbat o'tkazish; 

d) yakuniy xulosa chiqarish; 

ye) o'rganilgan qoidalarni amaliy qo'llash ustida ishlash. 


Download 245.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling