O'zbekiston respublikasi


Mavzuga doir tayanch iboralar


Download 245.85 Kb.
bet21/67
Sana05.01.2022
Hajmi245.85 Kb.
#229538
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 



dars. 

 



fakultativ mashg'ulotlar. 


 

21 


 



sinfdan tashqari ishlar. 

 



o'quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash. 

 

ONA TILI O'QITISH BOSQICHLARI. MAKTAB, AKADEMIK LITSEY VA KASB-



HUNAR KOLLEJLARIDA ONA TILI MASHG'ULOTLARI VA ULARNING TURLARI 

 

REJA: 

1. Ona tili o'qitish bosqichlari. 

2. Maktabda ona tili mashg'ulotlari. 

3. Akademik litseyda ona tili mashg'ulotlari. 

4. Kasb-hunar kollejlarida ona tili mashg'ulotlari. 

O'rta  umumta'lim  maktablarida  o'quv  ishlarining  asosiy  qismini  dars  tashkil  qiladi.  Dars 

qat'iy  jadval  bo'yicha  o'tkaziladigan  45  minutlik  mashg'ulotdir.  Unda  muayyan  o'quvchilar  guruhi 

o'qituvchi rahbarligida ishlaydi. Ona tili darslari quyidagicha tuzilishga ega: 

 1. Tashkiliy qism  

 

  

 



 

- 3-5 


 2. O'tilgan mavzuni so`rash   

 

- 5-8 



 3. O'tilgan mavzuni yakunlash  

 

 



- 3-5 

 4. Yangi mavzu  

 

 

 



  

- 10-15 


 5. Yangi mavzuni mustahkamlash    

- 10 

 6. Vazifa berish 

 

 

  



 

 

- 3-5 



Albatta,  bu  tartib  dars  turiga,  dars  maqsadiga  qarab  o'zgarib  turishi  mumkin.  Metodik 

tomondan  o'zini  oqlagan,  tajribada  sinab  ko'rilgan  noanan'aviy  darslar  ham  ona  tili  o'qitish 

metodikasining  yutug'i  hisoblanadi.  Hayotimizda  tub  burilishlarni  bo'layotgan  bir  paytda  darsning 

shakli,  mazmuni,  g'oyaviyligi,  ta'sirchanligi,  samaradorligi  ham  o'zgarmoqda.  Zamonaviy  darsga 

qo'yilgan asosiy talablar quyidagi jadvalda ifodalangan. 

 

Zamonaviy dars 



 

ta'limiy 

tarbiyaviy 

rivojlantiruvchi 

Suhbat, qiyoslash, kommunikativ, muammoli 

ilmiylik, ko'rsatmalilik 

Izchillik, tushunarlilik, onglilik 

samaradorlik, rag'batlantirish, o'z kuchiga ishontirish 

mustaqil ish, jamoaviy ishni 

tabaqalashtirish 

ish xususiyatini hisobga olish 

o'z-o'zini baholash 

 

O'zbek  tili  mustaqil  O'zbekiston  Respublikasining  davlat  tili  bo'lib,  uning  umumiy  o'rta 



ta'lim  maktablarda  o'qitilishi  davlat  ahamiyatiga  molik  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ma'naviy  ahamiyatga 

ega.  Yoshlarda  ijodiy  tafakkur,  ijodiy  izlanish,  mavjud  imkoniyatlardan  eng  maqbulini  tanlash, 

tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko'ra to'g'ri, o'rinli va samarali foydalanish malaka 

va  ko'nikmalarini  singdirish,  ularni  milliy  qadriyatlarimiz,  udum  va  an'analarimiz  ruhida 

tarbiyalashda  maktab  ona  tili  kursining  tutgan  o'rni  va  imkoniyatlari  benihoya  kattadir.  Ayniqsa, 

mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi o'ta muhim vazifa 

bo'lib turgan bir sharoitda bu fanning o'qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Maktabda  "Ona  tili"ni  o'quv  fani  sifatida  o'qitishning  ijtimoiy  ahamiyati  shundaki, 

jamiyatimiz,  xalqimiz,  millatimiz  ravnaqining  kelajagi,  uning  gullab  -  yashnashi  bugun  maktab 

partasida  o'tirgan  yoshlarning  mustaqil  turmushga,  nutqiy  faoliyatga,  yuksak  madaniyat  bilan 




 

22 


so'zlasha  olishga  qay  darajada  tayyorlanganiga  bog'liq.  Chunki  so'z  qudrati  insoniyat  tarixida 

hamma vaqt yuksak qudratga ega bo'lgan. 

Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ortib boradi. Madaniy hayotning rivoji 

avvalo  jamiyat  a'zolarining  madaniy  so'zlashuvga  bo'lgan  ehtiyojining  ortib  borishi  bilan 

belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash maktab ona tili kursi zimmasiga tushadi. 

Maktabda  ona  tilini  fan  sifatida  o'qitish  qanday  moddiy  manfaat  berishi  mumkin,  qanday 

qilib ona tili ta'limini moddiy jihatdan manfaatli, foydali qilish mumkin? 

"Ona tili fani moddiy, manfaat keltirmaydi" degan fikrga qo'shilib bo'lmaydi. Chunki ona tili 

ta'limi natijasida o'quvchi DTS talablari darajasida muayyan malaka va ko'nikmalar hosil qiladi va 

bu  ko'nikma  hamda  malakalarning  davr  talablariga  mosligi  bevosita  iqtisodiy  ko'rsatkichlar  - 

moddiy  manfaat  ko'rsatkichlari  bilan  o'lchanadi.  Ona  tili  fanining  moddiy  ko'rsatkichlari 

bolalarning  imlo savodxonligi, so'z boyligi  va undan foydalanish mahorati, mustaqil ijodiy fikrlay 

olishi,  fikr  mahsulini  maqsadga  muvofiq  ravishda  og'zaki  va  yozma  shakllarda  bayon  qila  olishi 

kabilarda namoyon bo'ladi. 

Maktabda  ona  tilini  fan  sifatida  o'qitmay  turib,  ma'naviy  barkamol  shaxsni  tarbiyalab 

bo'lmaydi. Chunki ona tili fani o'quvchilarni milliy til  va uning tarixi, boy madaniy o'tmishi bilan 

tanishtiradi, milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz, urf - odatlarimizni qadrlashga o'rgatadi. 

Ona  tili  avlodlarni  avlodlarga  bog'lovchi  zanjirdir.  Agar  yozuv,  yozma  nutq  bo'lmaganda 

edi,  madaniy  boyliklarimiz,  fan,  texnika  va  xalq  xo'jaligining  boshqa  sohalarida  qo'lga  kiritilgan 

ulkan yutuqlarimizni avlodlardan avlodlarga o'tkaza olmagan bo'lardik. 

Milliy istiqlol maktab ona tili ta'limi oldiga ham yangi ufqlar ochdi. O'zbekiston olamga yuz 

tutdi;  ijtimoiy,  ma'naviy,  iqtisodiy  jabhalarda  ulkan  ijobiy  qadamlar  tashlandi.  Mustaqil 

Respublikamizning  xalq  ta'limi  sohasidagi  islohotlari  bugungi  kunda  naqadar  katta  ijobiy  natijalar 

berganligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Bu islohotlar avvalo millatning g'ururi, uning iftixori  - 

tiliga bo'lgan e'tibordan boshlandi. 

1989 yil 21 oktabr kuni "Davlat tili haqida" gi qonun qabul qilindi. "O'zbek tili O'zbekiston 

Respublikasining davlat tilidir", deb rasmiy ravishda e'lon qilindi. 

Tilimizga  davlat  tili  maqomi  berilishi  Respublikamiz  maktablarida  o'zbek  tilining 

o'qitilishiga e'tiborni kuchaytirdi. Tarixiy ahamiyatga molik bu qonun 1987 yilda tuzilgan, bir qator 

maktablarda  muvaffaqiyatli  ravishda  sinovdan  o'tkazilgan  "Ona  tili"  (V  -  IX  sinflar  uchun) 

dasto'rining  takomillashtirilishiga  turtki  bo'ldi  hamda  O'zbekiston  Respublikasi  XTV  tomonidan 

1989  yili  25  sentabrda  386  -  raqamli  buyruq  bilan  ta'sis  etilgan  "O'zbek  tili"  doimiy  anjumani 

(O'TDA) 1 - yig'inida "Induktiv - 2" ramzi bilan muqobil dastur sifatida muhokamaga chiqarildi. 

O'TDA ning 1 - yig'ini 1991 yilning aprelida Samarqandda o'tkazildi. Yig'inda 400 ga yaqin 

o'qituvchi  va  olimlar  ishtirok  etdi.  Birinchi  yig'inning  tarixiy  ahamiyati  benihoya  katta  bo'ldi.  U 

o'sha davrda amalda bo'lgan "stabillashgan" ona tili ta'limi usuli, ta'lim mazmunini tubdan yangilash 

zarurligini,  qotib  qolgan  andazalar  bilan  ishlash  mumkin  emasligini  baralla  aytdi  va  mavjud 

tanazzuldan chiqish yo'llarini belgilab berdi. Yig'in "Induktiv", "Ijod", "Ta'lim", "O'qituvchi" ramzli 

muqobil  dasturlarni  muhokamaga  chiqardi  va  "  Induktiv  -  2"  ramzli  dasturda  qo'yilgan  ona  tili 

ta'limi maqsadi, mazmuni va usulini ma'qul deb topdi. 

O'TDA  ning  2  -  yig'ini  1993  yilning  aprelida  Qarshi  shahrida  bo'lib  o'tdi.  Anjuman  ona 

tilidan ta'lim mazmuni muammolariga bag'ishlandi va RTM tomonidan nashr etilgan "Ona tili"dan 

ta'lim  mazmunini  yangilashning  asosiy  yo'nalishlari"  qo'llanmasi  amaliyotchi  o'qituvchilar  va 

olimlar e'tiboriga havola etildi. 

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta'limni tubdan isloh qilishga kirishildi. 

"Ta'lim  to'g'risida"  hamda  "Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi"  to'g'risidagi  O'zbekiston 

Respublikasi  qonunlari  ona  tilidan  ta'lim  mazmunini  va  usulini  yangilash  sari  tashlangan  katga 




 

23 


qadamlar  bo'ldi.  Bu  muammolar  O'TDA  ning  2  -  yig'ini  muhokamasiga  chiqarildi  va  ona  tilidan 

ta'lim mazmunini belgilab berdi. 

Ona  tili  ta'limida  mustaqillik  yillarida  tashlangan  ulkan  qadam  "O'zbek  maktablarida  ona 

tilini  o'qitish  Konsepsiyasi"  bo'ldi.  Mazkur  hujjat  1993  yil  15  oktabrda  O'zbekiston  Respublikasi 

XTV  tomonidan  tasdiqlangan  bo'lib,  maktabda  ona  tili  o'qitishning  asosiy  maqsadi  o'quvchilarda 

ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr maxsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda 

to'g'ri,  ravon  ifodalash  ko'nikmalarini  shakllantirish  va  rivojlantirishdan  iborat  deb  belgilandi. 

Bunday  maqsadning  qo'yilishi  bejiz  emas,  albatta,  Prezidentimiz  I.A.Karimov  O'zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX  sessiyasida  so'zlagan  nutqida:  "Demokratik  jamiyatda  bolalar, 

umuman  har  bir  inson  erkin  fikrlaydigan  etib  tarbiyalanadi.  Agar  bolalar  erkin  fikrlashni 

o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir", - 

deb  qayd  qiladi.  Ona  tili  ta'limi  oldiga  qo'yilgan  maqsad  yurtboshimiz  aytgan  fikr  bilan 

hamohangdir. 

Milliy istiqlol sharofati bilan ona tili ta'limini takomillashtirish davom ettirildi. 

O'zbek  tilining  grammatik  qurilishidagi  "ruslashtirish"  samarasi  bo'lgan  juda  ko'p  ilmiy  - 

grammatik  talqinlar  turkona  talqinlar  bilan  almashtirildi,  o'zbek  tili  grammatikasi  bo'yintirig'idan 

ozod qilindi. Ana shu yo'nalishda "Ona tili" o'quv fanidan darsliklar yaratish ishiga kirishildi. 

Modomiki,  ona  tili  ta'limidan  ko'zlangan  asosiy  maqsad  o'quvchilarni  nutqiy  faoliyatga 

tayyorlash ekan, so'z boyligini oshirish birinchi galdagi vazifa sanaladi. Jizzax shahrida bo'lib o'tgan 

O'TDA ning 3 - yig'ini (1995 yil) xuldi mana shu masalaga bag'ishlandi.  

Maktabda  ona  tili  o'qitishning  bosh  maqsadi  tilning  jamiyatda  tutgan  o'rni,  bajaradigan 

vazifasi  bilan  belgilanadi.  Ma'lumki,  til  jamiyat  a'zolari  o'rtasida  aloqa  -  aralashuv  vositasi, 

insonning  fikrlash  va  fikr  mahsulini  og'zaki  hamda  yozma  ravishda  bayon  qila  olish,  o'z  ichki 

kechinmalarini ifodalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. 

Ona  tilini  o'qitishdan  maqsad  tilning  jamiyat  a'zolari  o'rtasida  bajaradigan  ana  shu 

vazifasidan  kelib  chiqadi.  Chunki  kishilar  o'z  faoliyatlarining  barcha  sohalarida  bir  -  birlari  bilan 

faol munosabatda  bo'ladilar. Ular doimo o'zlarini o'rab olgan moddiy borliqdagi narsa  - buyumlar, 

voqea - hodisalar to'g'risida fikr yuritadilar va o'z fikrlarini bir - birlariga ma'lum qiladilar. 

Demak,  jamiyatda  fikr  almashish  qonuniy  zaruriyatdir.  Odamlar  o'rtasida  fikr  almashish 

bo'lmasa,  jamiyat  taraqqiyotdan  to'xtaydi.  Fikr  esa  faqat  til  yordamida  ro'yobga  chiqadi.  Shuning 

uchun  ham  har  bir  kishi  undan  foydalanishni  bilishi  va  avvalo  uni  egallab  olishi  zarur.  Tilni 

o'rganish  bu  faqat  uning  grammatik  qurilishini  bilish,  tushuncha,  ta'rif  va  qoidalarni  o'zlashtirib 

olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og'zaki va  yozma shakllarda 

to'g'ri,  ravon  ifodalash  malakalarini  egallashdan  iboratdir.  Ona  tili  fani  bolaga  tilni  o'rgatish  bilan 

birga, uning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me'yorlarini ham o'rgatadi. 

Shunday  qilib,  ona  tili  ta'limi  oldiga  qo'yilgan  ijtimoiy  buyurtma  o'quvchi  shaxsini 

fikrlashga,  o'zgalar  fikrini  anglashga  va  shu  fikr  maxsulini  og'zaki  hamda  yozma  shaklda  savodli 

bayon qila olishga, ya'ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o'rgatishdan iborat. Shundan 

kelib  chiqqan  ona  tili  ta'limi  oldiga  mukammal  shakllangan,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  nutq  va 

muloqot madaniyati rivojlangan - savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo'yiladi. 

Shu maqsaddan kelib chiqqan holda DTS talabiga ko'ra ona tili ta'limining mazmuni : 

 - o'quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o'stirish; 

 - o'z  - o'zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda o'z fikri 

va his - tuyg'ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o'rgatish. 

Shunday  qilib,  ta'lim  maktablarining  5  -  9  -  sinflarida  o'qitiladigan  "Ona  tili"  o'quv  fani 

o'quvchilarda; 

  o'zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo'yicha nutqning og'zaki va yozma 



shakllaridan keng va to'g'ri foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy - amaliy ma'lumotlar berishni; 


 

24 


  o'zbek  tilidan  to'g'ri  talaffuz,  imlo  va  punktuasiyaning  asosiy  qoidalarini  o'zlashtirib 



olishni; 

  ona tilining xazinasi bo'lmish turli lug'atlardan foydalana olishni; 



  o'z  fikrini  nutq  sharoitiga  mos  ravishda,  turli  shakllarda  ifodalay  olish  ko'nikmalarini 

hosil qilishni; 

  muayyan bir xabarni yoki ma'lumotni turli shakllarda bera olish yo'llarini; 



  kundalik hayot uchun zarur bo'lgan ish qog'ozlarini yuritish ko'nikmalarini; 

  yosh  va  malaka  darajasiga  mos  bo'lgan  badiiy,  ilmiy,  siyosiy  asarlarni  o'rganib,  ular 



haqidagi  fikr  -  mulohazasini,  shaxsiy  munosabatini  og'zaki  va  yozma  shakllarda  to'g'ri  bayon  eta 

olish ko'nikmasini; 

  moddiy  borliqni  o'rganish  va  uni  tafakkur  birliklarida  ifodalashda,  jamiyat  a'zolari 



orasida muloqot o'rnatishda ona tili va boshqa tillarning beqiyos ahamiyatini his etish uchun zarur 

bo'lgan nazariy ma'lumot va amaliy ko'nikmalar berishni asosiy vazifa qilib oladi. 

DTS  talabiga  ko'ra  UO'T  maktablarining  5  -  9  -  sinflarida  "Ona  tili"  o'quv  fanidan 

o'quvchilar quyidagi nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari zarur: 

fonetika, imlo, to'g'ri talaffuz, tinish belgilari, harf va tovush: 

 har bir harf ifodalaydigan tovushlarni va o'zbek alifbosi sirasini, so'zlarni to'g'ri  va ravon 



o'qishni bilish; 

 bosh harflarning ishlatilishida asosiy o'rinlar; 



 unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar; 

 jarangli  undoshlarni  so'z  oxirida  va  jarangsiz  undoshlardan  oldin  o'qish  va  yozish 



qoidalari; 

 bo'g'in, so'zni bo'g'inlarga ajratish, bo'g'in va so'zning ko'chiriladigan qismlari, so'z urg'usi; 



 gap  ohangi,  darak,  so'roq,  buyruq,  undov  ohanglari  va  darak,  so'roq,  buyruq,  undov 

gaplarda tinish belgilarini to'g'ri qo'llash. Ayni gapni darak, so'roq, undov ohanglarida talaffuz etish 

va yozish; 

 xat boshi (abzas) haqida tushuncha



 so'z  va  uning  ma'nosi.  Darslik  va  kitoblarga  ilova  qilinadigan  lug'atlardan,  sahifa  osti 

izohlardan foydalanish ko'nikmalari. So'zning ma'nodoshlari haqida ilk tasavvur; 

 imlo lug'ati, undan foydalanish ko'nikma va malakalari; 



 izohli lug'at haqida tushuncha; 

 grammatika:  So'z  tarkibi,  o'zak  va  qo'shimcha.  So'z  yasovchi  va  so'z  o'zgartiruvchi 



qo'shimchalar; 

 grammatika:  mustaqil  so'z  turkumlari  (fe'l;  ot,  sifat,  son,  ravish,  olmosh)  va  yordamchi 



so'zlar; 

 fe'l: fe'lning ma'nosi va so'roqlari; bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar; 



 ot:  otning  ma'nosi  va  so'roqlari,otning  birlik  va  ko'plikda  qo'llanilishi.  Atoqli  va  turdosh 

otlar; 

 sifat: sifatning ma'nosi va so'roqlari; 



 olmosh:  kishilik  olmoshlari,  I,II,III  shaxs  kishilik  olmoshlarining  birlik  va  ko'plikda 

qo'llanilishi; 

 yordamchi so'zlar: va, lekin, biroq, ammo, shuning uchun bilan, uchun, singari so'zlardan 



foydalanish; 

 nutq madaniyati, stilistika; 



 o'zbekcha  nutqda  senlash  va  sizlash  (gapning  egasi  va  kesimida  bunday  ma'noning 

ifodalanishi); 


 

25 


 kishi  nomlari,  qavm  -  qarindoshlik  nomlarida  -  jon,  -  xon,  -  oy,  -  bonu  kabi  hurmat  va 



ehtirom qo'shimchalarining qo'llanilishi; 

 hurmat - ehtirom, do'q - po'pisa ohangi; 



 kishi nomlari, qavm - qarindoshlik nomlaridan oldin hurmat - ehtirom ifodalovchi so'zlarni 

qo'llash, egalik qo'shimchalarining hurmat - ehtirom yaqinlik ma'nolarida qo'llanilishi; 

 matnda  narsa  -  buyum,  shaxslarni  atab  keluvchi  otlarni  qo'llash  va  kishilik  olmoshlari 



bilan almashtirish

 ayni bir fikr - axborotni sodda va qo'shma gaplar bilan ifodalash, 



 til haqidagi umumiy ma'lumotlar; 

 adabiy nutq va so'zlashuv nutqi: adabiy nutqning yozma va og'zaki ko'rinishlari; 



 tillarning rang - barangligi; ko'p tillilik tushunchasi; 

 tillarning bir - biriga ta'siri, so'zlarning bir tildan ikkinchi tilga o'tishi. 


 

 




Download 245.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling