O'zbekiston respublikasi


Ona  tili  darslarining  tarkibiy  qismlari


Download 245.85 Kb.
bet18/67
Sana05.01.2022
Hajmi245.85 Kb.
#229538
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org

Ona  tili  darslarining  tarkibiy  qismlari.  Ona  tili  darslari  quyidagi  o'zicha  mustaqil 

qismlardan  tashkil  topgan:  takrorlash,  yangi  bilim  berish,  bilimlarni  ko'nikma  va  malakaga 

aylantirish, o'rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish. Bularning har 

biri muayyan vazifani bajaradi va o'ziga xos mazmunga ega. 

Tashkiliy  qism  o'quvchilarni  darsga  tayyorlaydi,  ularda  ishlash,  ijodiy  faoliyat  ko'rsatish 

ipggiyoqini  yuzaga  keltiradi.  Darsning  bu  qismi  uyushqoqlik  bilan  juda  qisqa  muddatda  tashkil 

etilishi  lozim.  Aks  holda,  darsga  ajratilgan  vaqtning  zoye  ketishiga  olib  keladi  va  o'quvchini 

ko'zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi. 

Uy  vazifasini  tekshirish  berilgan  topshiriqning  bajarilish  sifati,  egallangan  bilim,  ko'nikma 

va malakalarning puxtalik darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. O'qiguvchilar ish amaliyotida 

ba'zan  uy  vazifasini  tekshirish  o'tgan  darsni  va  oldin  o'rganilgan  til  materiallarini  takrorlashga 

aylanib qoladi. Darsning bu bosqichida tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o'rganilishi 

ko'zda tutilgan o'quv materialiga zamin hozirlashi lozim. 

Agar  uy  vazifasi  o'rganiladigan  til  hodisasi  bilan  bevosita  aloqador  bo'lsa,  u  yangi  o'quv 

materialini o'rganish jarayonida ham tekshirilishi mumkin. 

Darsning  yangi  bilim  berish  shakli  o'rganilayotgan  mavzuga  aloqador  bilimlarni  xotirada 

tiklashni,  ularni  qisman  ma'lum  yoki  tamoman  noma'lum  sharoitlarda  qo'llab,  yangi  bilimlarni 

egallashni talab etadi. 

Darsning  mustahkamlash  shakli  shu  dars  mashg'ulotida  egallangan  bilimlarni  ko'nikma  va 

malakaga  aylantirishni  taqozo  etadi.  Ba'zan  mustahkamlash  oldin  o'rganilganlarni  takrorlash  bilan 

qo'shilishi  ham  mumkin.  Agar  yangi  mavzu  oldin  o'rganilgan  mavzular  bilan  bevosita  aloqador 

bo'lsa, bu ikki dars shakli bir yaxlitlik hosil qiladi. 

Darsning  yangi  bilim  berish  jarayonida  ham,  mustahkamlash  va  takrorlash  jarayonlarida 

ham ijodiy - amaliy ishlariga keng o'rin ajratiladi. 

Ona tili mashg'ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni shartli ravishda uch guruhga ajratish 

mumkin: 


Xotirlash  -  oldin  o'rganilgan  til  hodisalarini  qayta  xotirlashga  asoslangan  amaliy  ishlardir. 

Xotirlashning: 1) tayyorlovchi xotirlash va 2) umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor.  

1.  Tayyorlovchi  xotirlash.  Til  yaxlit  bir  tizim  bo'lib,  uning  barcha  sathlari  bir  -  biri  bilan 

uzviy bog'liq. Shuning uchun ham tilning har bir sath birligi serqirra, ko'p vazifali, ko'p ma'noli. Bu 

birlikning  bir  tomoni  ma'lum  bir  bo'limda  o'rganilsa,  uning  ikkinchi  qirrasi,  xususiyati  tamoman 

boshqa  bir  bo'limda  o'rganiladi.  Chunonchi,  bog'lovchilar,  ularning  ma'nolari  va  guruhlari 

morfologiya bobida o'rganilsa, ularning so'zlarni va  gaplarni bir  - biriga bog'lashi  sintaksis bobida 

ko'rib chiqiladi. Demak, sintaksisni o'rganishda, bog'lovchilar haqida egallangan bilim, ko'nikma va 

malakalarni  o'quvchi  xotirasida  tiklash  ehtiyoji  tug'iladi.  «Tayyorlovchi  xotirlash  yangi  bilimlarni 

egallash uchun asos vazifasini o'taydi. 

2.  Umumlashtiruvchi  xotirlash  (takrorlash).  Til  sathlari  o'zaro  bog'liq  bo'lgan  yaxlit  tizim 

bo'lsa  ham,  bu  zanjirning  har  bir  bo'g'ini  nisbatan  mustaqil  tizimchadir  va  uning  har  bir  bo'g'ini 

alohida - alohida mavzular sifatida o'rganiladi.  

Yangi bilim hosil qilish. Amaliy ishning bu turi tahliliy (induktiv) ta'lim usulining ajralmas 

tarkibiy qismi bo'lib, o'quvchilar bu jarayonda avvalgi bilimlariga tayangan holda hodisalarni tahlil 

etadilar, ko'rsatilgan yo'llar asosida bu hodisalarni (mustaqil yoki o'qituvchi yordamida) guruhlarga 

ajratadilar,  saralaydilar  va  xususiylikdan  umumiylikni  topishga  kirishadilar,  Bunday  amaliy  ishlar 

yangi bilim hosil qilishning asosiy usulidir. 

Tadbiq. Tadbiqiy amaliy ishlar o'quvchilarni mashg'ulotda olgan bilimlarini amalda qo'llay 

bilish ko'nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar mohiyatan 

ikki turli bo'ladi: 

 

1) qisman ijodiy mashqlar




 

20 


2) ijodiy mashqlar. 

Qisman  ijodiy  mashqlar  o'rganilgan  til  hodisalarini  qisman  yangi  sharoitda  tadbiq  etishni 

talab etadigan amaliy ishlardir. Bunday amaliy ishlarning tarkibida ma'lum darajada izlanish, ijodiy 

faoliyat ko'rsatish ehtiyoji bor. Mashq shartidagi ayrim ko'rsatmalar, o'qituvchi beradigan tavsiyalar 

yoki uning rahbarligida o'quvchilar bilan uyushtiriladigan o'zaro suhbat amaliy ishni qisman ijodiy 

qilib qo'yadi. 

Ijodiy  mashqlar  esa  o'rganilgan  til  hodisalarini  tamomila  yangi  sharoitda  ijodiy  qo'llashni 

talab  etadigan  amaliy  ishlardir.  Mashq  shartidagi  noma'lumni  izlab  topish  o'quvchidan  ijodiy 

izlanishni  talab  etadi.  Yangi  o'rganiladigan  til  hodisalarini  mustaqil  ravishda  guruhlarga  ajratish, 

berilgan  matnning  til  xususiyatlarini tahlil  qilish  orqali ma'lum  bir  yangi  xulosaga  kelish,  o'qilgan 

badiiy asarga  yoki kinofilmga taqriz  yozish, uslub talabidan kelib chiqib matn yaratish kabi ishlar 

amaliy  ishlarning  bu  turiga  kiradi.  Ayniqsa,  matn  yaratish  egallangan  bilim,  ko'nikma  va 

malakalarning so'nggi natijasidir. 




Download 245.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling