O'zbekiston respublikasi
Mavzuga doir tayanch iboralar
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONA TILIDAN OQUV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OTKAZISH SHAKLLARI
Mavzuga doir tayanch iboralar:
talablar ijtimoiy pedagogik qiyofa kasbiy tavsifnoma ma'naviy fazilat pedagogik bilim psixologik bilim
1.
Dars. 2.
Fakultativ mashg'ulotlar. 3.
Sinfdan tashqari ishlar. 4.
O'quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash. Davlat tilidan, ya'ni ona tilidan o'quvchilarga bilim, malaka, asosan, dars jarayonida beriladi. Bundan tashqari, o'quvchi o'zi musaqil o'qib-o'rganishi ham mumkin. Lekin ona tili o'qitishning eng samarali va unumli shakli dars bo'lib, bir vaqtning o'zida o'qituvchi bir necha o'quvchi bilan ishlaydi va ma'lum bir mavzu bo'yicha ma'lumot beradi. Odatda, katta mahorat bilan yozilgan asar o'quvchini zavqlantiradi. Ta'sirli o'tilgan dars ham o'quvchiga ijobiy ta'sir qiladi. Shu ma'noda ta'sirli o'tilgan darsni yaxshi badiiy asarga ham o'xshatiladi. Dars o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining ko'zgusidir. Ona tili darslarida yuqori natijaga erishish uchun ham mo'ljallangan materialni ilmiy jihatdan yuksak saviyada o'tish, ham o'quvchilarni uyushtira bilish, ham ularning faolligini oshirish kerak. Shunga ko'ra har bir dars oldiga shunday talablar qo'yiladi: a) o'qituvchining rahbarligi;
18 b) o'quvchiga ta'lim va tarbiya berish; v) o'quv ishlarini o'quvchilarning yoshiga qarab tashkil etish; g) to'g'ri o'qish, to'g'ri so'zlash, to'g'ri yozish malakasini oshirish. Har bir darsning saviyasi o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlay olish mahoratiga bog'liq. 1.
Ona tilidan yangi bilimlar berish darsi. 2.
O'tilganlarni musahkamlash darsi. 3.
Bilim va malakalarni tekshirish darsi. 4.
Olingan bilimlarni umumlashtirish-takrorlash darsi. Ona tili darslarini shu tarzda 4 ga bo'lish shartli. Chunki har bir dars faqat bilim berish yoki faqat takrorlashlarni ko'zda tutmaydi. Dars shakli deganda u yoki bu fandan o'quv ishini uyushtirish va o'tkazish shakli tushuniladi. O'quv ishini tashkil etishda "o'quvchi - o'quv materiali - o'qituvchi" munosabatlari muhim o'rin egallaydi. O'qituvchi ta'lim jarayonining tashkilotchisi, boshqaruvchisi sanaladi. U o'quvchi faoliyatini tashkil etadi, uning bilim olishi, bu bilimlarning ko'nikma hamda malakaga aylanishiga rahbarlik qiladi.
O'quv materiali o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'zaro bog'laydi, o'qituvchining vazifasi bu materialni eng oson va qulay yo'l bilan o'quvchiga berish, o'quvchining vazifasi esa uni oson va qulay yo'l bilan qabul qilish hamda amaliy faoliyatda tadbiq etishdan iboratdir. Ona tilidan o'quvchilarni zaruriy bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishning shakllari ko'p. Dars - o'quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Bundan tashqari, fakultativ mashg'ulotlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar, o'quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash, mustaqil ish, matbuot va ommaviy axborot vositalari, sayohatlar o'quv ishlarini tashkil etishning muhim shakllari sanaladi. Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling