O'zbekiston respublikasi
Mavzuga doir tayanch iboralar
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONA TILI OKITISH METODLARI, SHAKLLARI
Mavzuga doir tayanch iboralar:
davlat tili yangi tahrirdagi Qonun boshqa fanlarni o'rganish vositasi aloqa vositasi ona tili ta'limi mazmuni ma'naviyat belgisi
1.
Seminar darsi. 2.
Konferensiya darsi. 3.
Munozara darsi. 4.
Sinov darsi. 5.
Teleyekranda dars. 6.
Sayohat darsi 7.
Musobaqa darsi. 8.
"Aqliy hujumlar" darsi. 9.
"Kim oshdi" darsi. 10.
Matbuot-konferensiya darsi.
Ona tili o'qitish metodlari, shakllari, usullari, yo'llari haqida ma'lumot berish. Ijodiy dars, musobaqa, tadqiqot, ularni qiyosiy o'rganish. Har qanday yangi mavzuni qat'iy reja asosida bayon qilinsa, darsning mantiqiy izchilligi ta'minlanadi. Darsning samaradorligi, avvalo, unga o'qituvchining puxta tayyorgarlik ko'rishiga bog'liq. Darsga tayyorlanish quyidagilarni o'z ichiga oladi: - mavzuni va uning hajmini belgilash; - mavzu bilan, qo'shimcha adabiyot bilan tanishib chiqish; - darslikdagi ta'rif-qoidalarni sinchiklab o'qib chiqish, o'quvchilarga og'irlik qiladigan o'rinlarni izohlash usulini belgilash; - dars rejasini tuzish; - darsni o'tkazish metodini tanlash;
12 - darsning maqsadiga mos ko'rgazma tayyorlash; - mavzuning oldingi va keyingi dars bilan bog'liq tomonlarini aniqlash; - qoida yoki ta'rifni ifodalash usulini belgilash; - darslik bilan ishlashga vaqt ajratish; - uy vazifasini tekshirish usulini belgilash; - o'quvchilarga beriladigan savollarni tayyorlash; - javobga chaqiriladigan o'quvchilarni belgilash; - uyga beriladigan vazifani belgilash. Respublika ko'rigigacha yetib borgan tilchi o'qituvchilar yutug'ining siri, matbuotda yozilishicha, o'ziga xos tarzda, ijodkorlik bilan dars o'ta olishdir. Noan'anaviy darslarga shunday darslar kiritilmoqda: 1. Seminar darsi. 2. Taqlidiy-dars. 3. Konferensiya darsi. 4. Munozara darsi. 5. Sinov darsi. 6. Teleekranda darsi. 7. Ekskursiya darsi. 8. Musobaqa darsi. 9. Matbuot darsi. 10. "Aqliy xujumlar" darsi. 11. "Kim oshdi" darsi. 12. Dialog-dars. 13. Matbuot-konferensiya darsi. 14. Boshqaruv darsi. 15. "Kulgixonamizga marhamat" deb nomlangan dars. Albatta, bu chegara emas. Noan'anaviy darslar vaziyatga qarab, boshqa shaklda, boshqacha nomda o'tkazila boriladiki, hamma shakllarning asosida bir narsa - o'quvchilarni tilga qiziqtirish, dars samaradorligini oshirish yotadi. Har qanday yangi mavzuni qat'iy reja asosida bayon qilinsa, darsning mantiqiy izchilligi ta'minlanadi. Darsning samaradorligi, avvalo, unga o'qituvchining puxta tayyorgarlik ko'rishiga bog'liq. Darsga tayyorlanish quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Mavzuni va uning hajmini belgilash. 2. Mavzu bilan, qo'shimcha adabiyot bilan tanishib chiqish. 3. Darslikdagi ta'rif-qoidalarni sinchiklab o'qib chiqish, o'quvchilarga og'irlik qiladigan o'rinlarni izohlash usulini belgilash 4. Dars rejasini tuzish. 5. Darsni o'tkazish metodini tanlash. 6. Darsning maqsadiga mos kurgazma tayyorlash. 7. Mavzuning oldingi va keyingi dars bilan bog'liq tomonlarini aniqlash. 8. Qoida yoki ta'rifni ifodalash usulini belgilash. 9. Darslik bilan ishlashga vaqt ajratish. 10. Uy vazifasini tekshirish usulini belgilash. 11. O'quvchilarga beriladigan savollarni tayyorlash. 12. Javobga chaqiriladigan o'quvchilarni belgilash. 13. Uyga beriladigan vazifani belgilash.
13 Maktab tajribalaridan ma'lum bo'lishicha, ko'pincha o'quvchilar uchun biror og'irlik qiladigan mavzularni tushuntirish shartli shakllardan foydalanish samarali bo'ladi. Masalan, "Fe'l nisbatlari" mavzusini olaylik. Hayotimizda tub burilishlarni bo'layotgan bir paytda darsning shakli, mazmuni, g'oyaviyligi, ta'sirchanligi, samaradorligi ham o'zgarmoqda. Fakultativ mashg'ulotlar - majburiy bo'lmagan, ixtiyoriy ravishda saylab olinadigan sinfdan tashqari ishning bir turidir. Fakultativ mashg'ulotlar 2 turli, ya'ni haq to'lanadigan va haq to'lanmaydigan turlarga bo'linadi. 2-tur mashg'ulotlarga fan o'qituvchisi ixtiyoriy tortiladi. Bu mashg'ulotda o'quvchi soni 10 nafardan 30 nafargacha bo'lishi mumkin. O'quvchilarning qiziqishi, intilishi, qobiliyatini hisobga olgan holda dastlabki ish reja tuzib olinadi. Bu mashg'ulotlarni samarali o'tkazish shakllari va usullari belgilanadi. Bu mashg'ulotlarda dars jarayonida chuqur o'rganish imkoniyati bo'lmagan til bo'limlari, murakkab mavzular o'qituvchi tomonidan o'quvchilar bilan birgalikda izohlanadi. M.: fonetika bo'limidan undoshlar tasnifi, leksikologiya va frazeologiya bo'limlari, stilistika, toponimika, insho nazariyasi va amaliyoti, sintaksisdan qo'shma gap mavzularini o'rganishni rejalashtirish mumkin. Fakultativ mashg'ulotlar haftada 1 marta darsdan tashqari vaqtlarda o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladi. 1. Til to'garagi o'z ishini reja asosida olib boradi. Mashg'ulotlar, asosan, ona tili xonalarida sinfdan tashqari vaqtlarda bir oyda 2 marta o'tkazilishi kerak. O'qituvchidagi sharoit bilan o'quvchidagi istakka ko'ra to'garak mashg'ulotlari soni ko'paytirilishi mumkin. "Yosh tilshunos" to'garagida "Inson so'zlashni qanday o'rgandi?", "Yozuvning paydo bo'lishi", "Namangan shevasining adabiy tildan farq qiladigan tomonlari", "Yozilishi bilan aytilishi farq qiladigan so'zlar", "Yangi paydo bo'lgan so'zlarning yozilishi" kabi mavzularda mashg'ulotlar o'tkaziladi. To'garak o'quvchilari bilan faqat mavzular o'tibgina qolmay, o'tkaziladigan darslarga ko'rgazmali qurollar yasash, ona tili xonasini jihozlash, tilga oid o'tkaziladigan kechalarga tayyorgarlik ko'rish mumkin. 2. Til to'garaklari o'z nashrlariga ega bo'lishlari kerak. Nashr nomini "Tilshunos", "Yosh tilshunos", "Ona tili posbonlari" deb nomlasa bo'ladi. "O'z tilingizni seving va o'rganing", "Ulug' kishilar til haqida", "Tilimiz-boyligimiz", "Ona tili-onaday aziz" deb nomlangan ruknlar tashkil qilib chiqarilsa, nashrlarning saviyasi ortadi. Til to'garaklari nashri ona tili xonasiga yoki maktab zallariga osib qo'yiladi. 3. Maktab adabiy-ilmiy jurnali ham sinfdan tashqari ishlarga kiradi. Shunday jurnallar tashabbuskor o'qituvchilar tomonidan chiqarilgan. To'g'ri, qog'oz taxchilligi, vaqtinchalik iqtisodiy qiyinchilik davrida bu ishlarni tashkil qilish og'irroq bo'ladi. Iqtisodimiz yaxshilanganda jurnalni ham tashkil qilish osonlashadi. Shu paytda jurnalga nimalarni chiqarish mumkin? Masalan: sinfda biror ijodkor o'quvchi bo'lsa, uning asari tili sharhlangan maqolachalar, tilga oid boshqotirmalar berish, chiroyli yozilgan insho namunalarini chiqarish mumkin. So'z o'yinlari, ba'zi so'zlarning etimologiyasiga doir fikrlar bersa bo'ladi. 4. Ko'rgazma. Bu ham sinfdan tashqari ishlarga kiradi. Ko'rgazmani ona tili xonasiga tashkil qilish mumkin. Ko'rgazmaga chiroyli yozuv namunalari, juda sifatli saqlanib, to'lgan daftar namunalari, bayon va insholarning bir necha ko'rinishdagi rejalari, a'lo baholangan bayon va insholarni qo'yiladi. 5. Ona tili bo'yicha o'quvchilar konferensiyasini o'tkazishni tashkil qilish mumkin. O'quvchilar konferensiyasini bir o'quv yilida bir marotaba ona tili xonasida o'tkaziladi. Konferensiya mavzusiga moslab, ona tili xonasiga har xil rasmlar, jadvallar tayyorlanadi. Undan foydalaniladi.
14 6. Sinfdan tashqari o'tkaziladigan tadbirlardan biri ona tili kechalaridir. Maktablarda ona tili kechalarini o'tkazish juda katta ma'rifiy va axlokiy ahamiyatga ega. Agar kishi til kechalarida qatnashgan yoki uni o'tkazish jarayonlarida ishtirok etgan bo'lsa, shu talabada til kechalari to'g'risida tushuncha paydo bo'ladi. 7. Sinfdan tashqari ish shakllaridan biri-olimpiadalardir. Eng oldin olimpiadani sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazib, 1-, 2-, 3-o'rinni olgan o'quvchini aniqlash kerak. So'ng o'rin olgan parallel sinfdagi o'quvchi bilan musobaqalashtirish kerak. 5-sinflar bo'yicha g'olibga yoki 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflar bo'yicha g'olib bo'lgan o'quvchiga havas bilan qarash hissi boshqa o'quvchilarning ham ona tiliga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga buradi. Olimpiadalarni o'tkazishning bir necha variantlari mavjud.
1-varianti bir bosqichli o'tkazish. 2-varianti kup bosqichli o'tkazish. 1-bosqichli olimpiadalarda yozma ishlar olinadi yo test savollari beriladi. Yoki savol- javoblar qilinadi yoki faqat tahlil qilinadi xolos. Ko'p bosqichli olimpiadalarda esa avval yozma ishlar olinadi. Ishlari "4", "5" baholanganlari saralab olinib, ularga test savollari beriladi. Belgilangan ball to'plaganlar bilan grammatik terminlar, ta'rif-qoidalarga doir savol-javoblar qilinadi, tayyorlab qo'yilgan matnlar tahlil qilinadi. Mana shu jarayonlarda qatnashib, eng yuqori ball to'plagan o'quvchi g'olib deb e'lon qilinadi. 8. Sinfdan tashqari ish turlaridan biri sayohat, ya'ni ekskursiyalardir. Qishloq maktablarida o'quvchilar bilan tabiat bag'riga-qirlarga, adirlarga yoki shahar markazlariga sayohatlar uyushtirish mumkin. Shahar maktablarida esa biror bir korxonaga, kino, teatrga sayohat uyushtirish mumkin. Bunda sayohat uyushtirishdan oldin o'quvchilarga topshiriqlar beriladi. Masalan: 1. "Sayohatdan olgan taassurotlarim" mavzusida bayon yozish yoki insho tayyorlash. 2. "Sayohat davomida kim qanday yangi so'z eshitdi ? Bu so'z, sizningcha, qanday ma'noga ega?" degan savollar asosida suhbat-munozaraga tayyorlanish.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling