Ona tili darslari-o'quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O'quvchi ona tilidan
zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarni asosan dars orqali oladi.
Dars - bir xil sinfdagi o'quvchilar bilan qat'iy jadval asosida o'tkaziladigan mashg'ulot turi.
"Dars" va "mashg'ulot" tushunchalari garchand bir - biriga yaqin bo'lsa-da, ammo ular bir
ma'noni ifodalamaydi. Mashg'ulot-darsga qaraganda keng tushuncha. Agar dars belgilangan qatiy
jadval asosida va qat'iy vaqt ichida o'tkazilsa, mashg'ulot dars bilan bir qatorda o'quvchilar bilan
birga yoki yakkama - yakka holda o'tkaziladigan ta'limiy ishlarni ham o'z ichiga oladi.
Maktab tarixida sinf - dars o'qitishning ishonchli va qulay usuli bo'lib, u davr sinovlaridan
o'tgan va o'zini to'la oqlagan. Bu usulning qulayligi shundaki, o'quvchilar jamoa bo'lib o'qiydilar va
bir vaqtning o'zida sinfdagi barcha o'quvchilarni zaruriy bilim, ko'nikma va malakalar bilan
qurollantirish imkoniyati tug'iladi.
Ona tili darsi o'quvchilarni nutq ko'nikmalari bilan qurollantirishning asosiy vositasidir.
Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani tashkil etadi. Ona tili darslari oldiga muayyan talablar
qo'yiladi. Bu talablar ona tili darsining maqsadiga bog'liq. Ma'lumki, boshqa o'quv fanlari singari
ona tili mashg'ulotlari ham ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko'zlaydi.
Darsning ta'limiy maqsadi o'rganilayotgan til hodisasi yuzasidan o'quvchilarda puxta bilim,
ko'nikma va malakalar hosil qilish, uni amaliy nutqiy faoliyatda qo'llash kabilarni talab etsa,
tarbiyaviy maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni puxta egallashga
kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an'analar, urf - odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab
darajasiga ko'taradi.
Rivojlantiruvchi maqsad o'quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarish, yuzaga kelgan o'quv
qiyinchiliklarini mustaqil ravishda yengish, o'zida qatiylik, o'z nuqtai nazarini himoya qilishga
o'rgatishni talab qiladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |