O'zbekiston respublikasi
Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashni ko'zda tutgan darslar
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
2. Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashni ko'zda tutgan darslar.
Keyingi paytlarda dars va uning tashkiliy tuzilishlarida katta o'zgarishlar yuz berdi. Juda ko'p olimlar, metodistlar, ilg'or o'qituvchilar mahalliy va markaziy matbuot sahifalarida dars ko'rilishini takomillashtirish, ta'limda o'quvchilarning ijodiy faolligini oshirish to'g'risidagi g'oyat qimmatli fikrlarini bildirmoqdalar. Ochil Roziqovning "Dars tiplari" kitobida muallif o'zining kuzatishlari asosida darslarni tashkil etishning turlicha usullarini ko'rsatadi."O'qituvchi" nashriyoti tomonidan chop etilgan bu kitobda dars tiplarini to'rt turga bo'linadi. Bular: 1. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari. 2. O'tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari. 3. Bilim va malakalarni tekshirish darslari. 4. Bilim va malakalarni sistemalashtirish darslari. Yangi bilimlarni o'rgatishda tilga oid nazariyalar, asosan, ikki xil yo'l bilan o'rgatiladi: a) yangi bilimlarni deduktiv yo'l bilan o'rgatish; b) yangi bilimlarni induktiv yo'l bilan o'rgatish; Yangi bilimlarni bayon qilishda o'tgan darslarga taqqoslash usuli ham qo'llaniladi. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash ko'p jihatdan o'qitish metodlaridan samarali foydalanishga ham bog'liqdir. Yangi bilimlarni o'rgatish metodlari uch guruhga ajraladi: b) suhbat metodi; v) mustaqil ishlash metodi. Yangi o'quv material suhbat metodida o'rgatilganda, o'qituvchi va o'quvchi bir necha bosqichlarni bosib o'tadi. 1-bosqich: o'qituvchi kuzatish uchun mavzuga oid aniq dalillarni beradi, o'quvchi uni kuzatadi. 2-bosqich: o'qituvchi bolalar kuzatgan materialni chog'lashtirishni buyuradi, o'quvchilar qiyoslaydilar. 3-bosqich: chog'lashtirish orqali savollarga javob izlash aytiladi, o'quvchi savolga javob izlaydi. 4-bosqich: savollarga javob talab qilinadi, o'quvchilar javob qaytaradilar. 5-bosqich: juz'iy xulosalarni sintezlash buyuriladi, bolalar umumiy xulosalar chiqaradilar. 6-bosqich: xulosalarni darslikdagi qoidalarga taqqoslashni buyuriladi, bolalar taqqoslash orqali o'zlari chiqargan xulosaning yutuq va kamchiliklarini anglaydilar. 7-bosqich: o'qituvchi bolalar chiqargan xulosani to'ldiradi, o'quvchilar o'qituvchi nutqini tinglaydilar. 8-bosqich: o'qituvchi o'rganilgan qoidaning amaliy qo'llanilishini o'rganishga undaydi, o'quvchilar turli topshiriqlarni bajarish yo'li bilan o'rganilgan u qoidani mustahkamlaydilar. Bayon qilish metodi suhbat metodiga nisbatan boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi. 1-bosqich: o'qituvchi kuzatish uchun material beradi, bolalar uni kuzatishadi.
27 2-bosqich: kuzatilgan dalillarni tahlil qila turib, qoidalarni tushuntiriladi, bolalar tinglaydilar. 3-bosqich: o'rganilgan materialning puxtaligini bilish uchun savollar beriladi, o'quvchilar javob qaytaradilar. 4-bosqich: o'qituvchi mavzu yuzasidan xulosa chiqaradi, bolalar tinglashadi. 5-bosqich: o'qituvchi topshiriqlar beradi, bolalar topshiriqni bajarish yo'li bilan mavzuni mustahkamlaydi. Mustaqil ishlash metodining ham uziga xos bosqichlari mavjud: a) o'quvchilarni qo'yilgan masalani o'rganishga tayyorlash; b) darslik va boshqa o'quv qo'llanmalari ustida ishlash uchun yo'llanma berish; v) mustaqil ishlash; g) bajarilgan ish ustida suhbat o'tkazish; d) yakuniy xulosa chiqarish; ye) o'rganilgan qoidalarni amaliy qo'llash ustida ishlash.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling