1. O`qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko`rganini aniqlash:
O`qituvchida o`quv reja, dars ishlanma va mavzu bo`yicha qo`shimcha materiallarning
borligi, didaktik tarqatma material va ko`rgazmali qurollarning tayyorligi mashg’ulotga hozirlikning
asosi hisoblanadi. Ta`kidlash joizki o`qituvchining mapshg’ulotga tayyorgarligini faqat shu
bilangina (darsning kirish qismida) emas, balki butun mashg’ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish
lozim. Bu borada o`qituvchining ijodiy ko`rgazmalardan o`z o`rnida va samarali foydalanish
mahorati ham hisobga olinishi kerak. Darsning tahminiy rejalashtirilgan loyihasini ishlab chiqish,
nazariy ma`lumot qismining amaliy mashg’ulot jarayonidan farqli jihatlarini ko`rsatish yoki
texnologik xaritasini tayyorlash kabilan ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |