5. Uslubiy tahlil:
Bunda o`qituvchi faoliyatining 2 tomoni: birinchidan, o`rganilayotgan mavzuning dasturda
mo`ljallangan soat davomida qanday usullar yordamida, o`quvchilarning yoshi va shaxsiy –
psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda etkazib bera olishi, ularni o`ylashga, izlanishga
yo`naltirishi va bunga sharoit yaratishi, ikkinchidan, o`qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada
ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O`qituvchining faoliyati tahlil qilinayotganda, uning
ijodkorligi, uslubiy mahorati, fanni nechog’lig’ bilishi va didaktikasi ko`zga tashlanishi lozim.
O`qituvchining ilg’or pedagogik va novatorlik tajribalari hamda innovatsion faoliyati mashg’ulot
olib borishiga ham e`tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Shu o`rinda dars mazmunini yoki dasturini annotatsiya shaklida tavsiya qilish mumkin.
Dastur mazmunidan kelib chiqqan holda o`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasini
taxminan mana shu ko`rinishda berish mumkin:
Dars shakli: suhbat, munozara, amaliy mashg’ulot.
Dars metodi: juftlikda va kichik guruhda ishlash, noan`anaviy usullar.
Darsning maqsadi: A) ta`limiy maqsad;
B) tarbiyaviy maqsad;
V) rivojlantiruvchi maqsad.
Dars vositalari: tarqatma materiallar: rasmli tarqatmalar, testlar, video lavhalar, ko`rgazmalar.
Dars usuli: yozma, og’zaki, ko`rgazmali.
Darsni nazorat qilish turi: testlar, savollar orqali, yozma ishlar.
Darsni baholash: o`z-o`zini baholash, yakka tartibda baholash, rag’bat asosida baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |