O’zbеkistоn rеspublikаsi
Oiladagi shaxslararo muloqot uslublari va ularning o‘ziga xosliklari
Download 0.58 Mb.
|
O’zbåkistîn råspublikàsi
Oiladagi shaxslararo muloqot uslublari va ularning o‘ziga xosliklari. Oilada ota-onalar bolalar bilan muloqot jarayonida muntazam tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish metodlari bilan ishlaydi. Masalan: biror-bir voqea, hodisaning mohiyatini tushuntirishda, bolaga u tomonidan sodir etilgan biror-bir noto‘g‘ri xatti-harakat uchun dashnom berishda. Ushbu vaziyatda ota-onalar, avvalo, nimalarga e’tibor berishi kerak: birinchidan, vaziyat tahlil qilinadi; ikkinchidan, murakkab vaziyatdan chiqishning mumkin bo‘lgan variantlari saralanadi, uchinchidan, ushbu faoliyat, odatda tezkor amalga oshiriladi (bunda ham pedagogik kommunikatsiyaning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi) va optimal metodlar tanlanadi, faqat shundan keyingina pedagogik ta’sir tashkil qilinadi. Biroq hali tanlangan ta’sir metodiga adekvat bo‘lgan, u orqali pedagogik ta’sir amalga oshiriladigan muloqot tizimini topishimiz kerak. Ya’ni, ma’lum bir maqsadga qaratilgan umumiy pedagogik vazifani hal etgandan so‘ng, ta’sir metodini tanlab bevosita ta’sirni tashkil qilish uchun asosiy vazifa sifatida kommunikativ vazifa belgilanishi kerak.
Kommunikativ vazifa pedagogik faoliyatda, nisbatan ishlab chiqaruvchi xarakterga ega bo‘lib, murakkab vazifani hal etadi. Zero u pedagogik vazifadan kelib chiqqan, shu sababli ota-ona tomonidan tanlanadi va belgilanadi. Aytish mumkinki, kommunikativ vazifa aynan kommunikatsiya tiliga o‘tkazilgan pedagogik vazifaning o‘zi. Kommunikativ vazifa pedagogik vazifaning asosini aks ettirib, unga nisbatan yordamchi, instrumental xarakterga ega bo‘lgan jarayondir. Amaliyot shundan dalolat beradiki, ota-ona o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos to‘g‘ri metodini tanlab hamda vaziyatni to‘g‘ri baholagan taqdirda ham, ko‘pincha o‘z pedagogik ta’sirini kommunikativ jihatdan ta’minlay olmaydi, ya’ni kommunikatsiyani o‘zaro muloqotda amaliy jihatdan tatbiq eta olmaydi. O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan ota-onaning kommunikativ ko‘nikma va malakalarni egallashiga va uni qo‘llay olish layoqatiga bog‘liq. Muloqotning muhim komponenti, ota-onaning o‘z fikr va mulohazalarini, emotsional his-tuyg‘ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda ota-ona g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o‘ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim. Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida ota-onaning kasbiy fazilati to‘g‘risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: “Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan ota-ona kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan muloqotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak. Biroq, shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib bog‘lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”. Hozirgi kunda ham turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda, ota-ona g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazishni bilishi pedagogik mahoratning muhim shaklidir. Ma’lum ma’noda ota-ona pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’sirlanishi, qayg‘urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg‘ularidan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, ota-ona o‘zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi muhitning turli ta’siri ostida va insoniy his-tuyg‘ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi ham ana shunda namoyon bo‘ladi va ota-onaning ta’sirlanishi, his-tuyg‘ulari, hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. Oilada ota-onaning manfaatlari bitta umumiy maqsadga qaratilgan bo‘lib, ular o‘z farzandlarini jismoniy, ma’naviy, axloqiy jihatdan barkamol inson qilib o‘stirishdan iboratdir. Bola tarbiyasiga alohida ahmiyat berish, har bir fuqaroning, oilada ota-onalarning burch va vazifalari hisoblanadi. Oiladagi tarbiyaviy jarayon o‘ziga xos xususiyatga ega. Bola ota-onaning xatti-harakatlarini taqlid qilish orqali o‘rganadi, ular aytgan so‘zlarni takrorlaydi. Demak, ota-ona bola shaxsi shakllanishi uchun ideal tarbiyachi bo‘lishi lozim. Oiladagi tarbiyaviy jarayon avvalo bola bilan ota-ona o‘rtasidagi doimiy muloqot jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Xo‘sh, biz bola bilan muloqotga qancha vaqt ajrata olayapmiz? Bir sutka mobaynida bir soat vaqt ajratsak bu albatta yaxshi. Ammo tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ota-ona va bola o‘rtasidagi muloqot bir sutkada 1,8 soatni tashkil qilar ekan. Shundan ona 35 minut muloqotda bo‘lishi lozim. U ham bo‘lsa, ”qorning ochmi?, nima еding?” kabi gaplar. Bola savol bersa, ayrim xollarda javob berishga ham qiynalamiz. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu muammo bo‘lishini biz kattalar bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz kerak. Faqatgina moddiy g‘amxo‘rlik qilish bolaga, uning tarbiyasi uchun, muloqoti shakllanishi uchun еtarli emas. Ota-onalar o‘rtasida nizolarning kelib chiqishi, bola tarbiyasidagi nuqsonlar, muloqot madaniyatining shakllanmaganligi, bolaga e’tibor bermaslikdandir. Ma’lumki, 2 yosh bilan 5-6 yosh o‘rtasida bolaning nutqi tez o‘sa boshlaydi va so‘z boyligi 3-4 mingga еta oladi. Bola ko‘rgan, eshitgan narsalari to‘g‘risida ko‘p savol beradi, yangi so‘z va tushunchalarni egallay boshlaydi. Buning uchun bolaga to‘g‘ri tarbiya berish, u bilan so‘zlashish, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish, ertaklar gapirib berish, kitoblar o‘qib eshittirish lozim. Bola nutq qobiliyatiga ega bo‘lsa, o‘z fikr va maqsadini boshqalarga mukammal va aniq еtkazib bera oladi. Shuning bilan birga muloqot jarayonida to‘g‘ri va odobli muomalani, ya’ni suhbat vaqtida juda ham baland ovoz bilan shoshib gapirmaslik, so‘zlarni aniq talaffuz qilish, bir gapni takrorlamaslik, boshqaning gapini qaytaravermaslik, bo‘lmaslik kabilarga o‘rgatib borishimiz zarur. Shuningdek, bolaning yoshiga qarab atrofdagi kishilar bilan muomala madaniyatiga o‘rgatib borish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari tinglash madaniyatini shakllantirish ayni paytda qiyin kechayapti. Agarda bola o‘z ota-onasini tinglay olsa va aytganlariga amal qilsa uning tarbiyasi yomon bo‘lishi mumkin emas. Bolaga salomlashish odobidan tortib tinglash madaniyatigacha o‘rgatmasak keyin bu qusurni to‘g‘irlash bir muncha qiyin kechadi. Ba’zi oilalarda ota-onalardan oldin farzandlar gapiradi. Ota-onasi kattalar bilan gaplashayotgan bo‘lsa luqma tashlab turadi.Ba’zilar ota-onasining imo-ishorasidan dilidagini ilg‘aydi. Dilidagini nigohlardan ilg‘ay bilish uchun ham tinglay bilish kerak. Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan edi. Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas. Tinglash jarayonining ahamiyati shundaki, u muloqotning samarali bo‘lishida muhim o‘rin egallaydi. Chunki, tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Tinglash san’ati yuksak bo‘lgan xalq madaniyatlidir. Buning uchun esa biz farzandlarimizda muloqot madaniyati hamda tinglay bilish san’ati yuqori bo‘lishini shakllantirishimiz muhim hisoblanadi. Shunday qilib, muloqot oila sharoitida ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi eng muhim aloqa, o‘zaro axborot almashish, hissiy kechinmalarni bayon qilish vositasi sanaladi. Oila a’zolarining barcha munosabatlari bevosita yoki bilvosita muloqot yordamida amalga oshiriladi. Psixologik nuqtai nazardan esa muloqot katta tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu sababli ota-ona va farzandlar, umuman olganda, oilaning barcha a’zolari o‘rtasida tashkil etiladigan muloqotning ijobiy ahamiyat kasb etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu borada asosiy mas’uliyat shubhasiz ota-onaning zimmasiga yuklatiladi. Ota-onalarning o‘zlari samarali muloqot qilish uslublarini o‘zlashtirgan holda farzandlarga ham shaxslararo munosabatlar jarayonida ushbu vositadan o‘rinli, maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini tarbiyalab borishlari lozim.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling