O’zbеkistоn rеspublikаsi
Download 0.58 Mb.
|
O’zbåkistîn råspublikàsi
Mark Fabiy Kvintilian (eramizning 35-96 yy.) – mashhur rimlik notiq va pedagog. U o‘z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, pedagogik masalalarni aks ettirgan birinchi maxsus qo‘llanma – “Notiqni tarbiyalash haqida” nomli asarini yaratgan.
Alloma oilada bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsining rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, “bilishga intilish irodaga bog‘liq, majburan o‘qitish mumkin emas”23. Kvintilian bolalar katta tantanalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo‘ya xatti-harakatlarining guvohi bo‘ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirchan bo‘lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi va tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratish zarurligini uqtiradi. Allomaning pedagogik qarashlarida oilada bolalarni notiqlik san’ati asoslarini egallashlariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligiga oid fikrlar ham mavjud. O‘tkir xotira, badiiylik, to‘g‘ri talaffuz, yorqin nutq va boy mimika bo‘lajak notiqni shakllantirishda muhim omillar sanaladi. Kvintilianning fikricha, oilada bo‘lajak notiqni tarbiyalashda bolalarni she’r yod olishga o‘rgatish eng samarali vosita sanaladi. Alloma o‘z davrida bugungi kunda ham ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini asoslagan. Mashhur pedagog birinchi bo‘lib, she’r yodlash metodikasini quyidagicha asoslaydi: She’rni to‘lig‘icha o‘qish. She’rni mantiqiy jihatdan qismlarga ajratish. She’rning har bir qismini yodlash. 4. She’rni to‘lig‘icha ifodali o‘qish24. Mashhur pedagogning fikricha, bolalarning qobiliyatlari quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi: kuchli xotira, o‘tkir zehn, tezkor fikrlash, egallangan bilimlarni uzoq vaqt saqlash, bolada juda yoshlikdan rivojlangan taqlidchilik25. Yevropa Uyg‘onish davri mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasi masalalarining yoritilishi. XV-XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada ilm-fan, madaniyat, shu jumladan, san’at va adabiyotda Uyg‘onish (Renessans) davri kuzatildi. Yevropada Uyg‘onish davri o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmay, bevosita Markaziy Osiyoda ro‘y bergan Uyg‘onish davri asosida yuz berdi. Yevropa Uyg‘onish davri ham o‘zida muayyan belgilarni namoyon qildi. Ular quyidagilardan iboratdir: - jaholat va mutaassiblikni rad etish; - insonni ulug‘lash; uning iste’dodi, aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; - antik davr (qadimgi Yunon va Rim) madaniyatini tiklash va boyitish; - adabiyot va san’atda boqiy dunyoni emas, hayot go‘zalliklarini kuylash; - inson erki uchun kurash. Tarixdan ma’lumki, XV-XVII asrlarda ilm-fan sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, Buyuk geografik kashfiyotlar insoniyatning olam, unda kechadigan harakat qonuniyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘zgartirib yubordi. Shuningdek, madaniy aloqalarning kengayishi uchun imkoniyat yaratdi. Yevropa Uyg‘onishi davrida ilm-fan va madaniyat sohalarida insoniyat tarixiy taraqqiyotiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shilgan ilmiy bilimlar hamda adabiyot, san’at sohalarida durdona asarlar yaratildi. Buning natijasida qadimgi Yunon va Rim madaniyatining qayta tiklanishiga muvaffaq bo‘lindi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling