O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosati tahlili. Mundarija


-bob. Valyutani tartibga solish


Download 61.93 Kb.
bet10/22
Sana03.11.2023
Hajmi61.93 Kb.
#1742254
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosati tahlili..

2-bob. Valyutani tartibga solish
7-modda. Valyutani tartibga soluvchi davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat organidir (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi).
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida:
norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida amal qilinishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalaydi va tartibga soladi;
banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining limitlarini belgilaydi;
umum e’tirof etilgan xalqaro amaliyotga muvofiq valyuta operatsiyalarining va tashqi sektorning statistikasini tayyorlaydi hamda e’lon qiladi;
rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibini belgilaydi, shu jumladan valyutani nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi banklari uchun valyuta operatsiyalari hisobi va hisoboti shakllarini hamda ularni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
tashqi sektor statistikasini tuzish uchun barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilishi majburiy bo‘lgan valyuta operatsiyalarining hisobi va hisoboti shakllarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi banklarining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga oshiradi.
(7-modda ikkinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida valyuta operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish huquqiga ega.

Download 61.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling