O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosati tahlili. Mundarija


Evropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari


Download 61.93 Kb.
bet4/22
Sana03.11.2023
Hajmi61.93 Kb.
#1742254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosati tahlili..

Evropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari
Evropa valyuta tizimi – bu mintaqaviy valyuta tizimi bo’lib, Evropa iqtisodiy integratsiyasi doirasida milliy valyutalar harakati bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuasini o’zida ifodalaydi. Evropa valyuta tizimi zamonaviy jahon valyuta tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni o’z ichiga oladi:

  • EKYu (European currency unit) standarti. EKYu – shartli jamoaviy valyuta bo’lib, Evropa ittifoqiga kiruvchi, Evropaning etakchi mamlakatlarining 12 ta valyutasiga asoslanadi. Har bir valyutaning savatdagi og’irligi a’zo davlatning Evropa ittifoqi YaMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bog’liq holda aniqlanadi.

  • Birgalikda suzuvchi valyuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993 yilda valyuta muammolarining kuchayishi bilan bog’liq holda tebranish doirasi ±15%gacha kengaytirildi (“evropa valyuta iloni”).

1989 yilda J.Delor (Evropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish dasturi G’arbiy Evropa integratsiyasi rivojidagi keskin burilish bosqichi bo’ldi.
“Delor rejasi” doirasida quyidagi maqsadlar ko’zda tutilgan edi:

  • umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida raqobatni rag’batlantirish;

  • qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish;

  • inflyatsiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy o’sishni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takomillashtirish maqsadida byudjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;

  • pul-kredit va valyuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish;

  • yagona valyuta siyosati, qat’iy belgilangan valyuta kurslari va jamoaviy valyuta - EKYuni joriy etish.

1991 yildan Evropa valyuta tizimida “Delor rejasi” asosida valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999 yil 1 yanvardan yagona evropa valyutasini joriy etishga mo’ljallangan islohotlar amalga oshirildi.
Evropa valyuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Frantsiya va Belgiya tayyor bo’lib ularning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past salohiyat bilan Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Irlandiya o’rin egalladi, Shveytsariya va Daniya esa ularga ergashdi. Valyuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qo’shilishi dolzarb masala bo’ldi.
Valyuta ittifoqini shakllantirish va yagona valyutani joriy etish bo’yicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998 yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan boshlandi. Evropa Markaziy bankiga quyidagi funktsiyalar biriktirildi:

  • valyuta operatsiyalarini samarali tashkil etish;

  • evrohududga a’zo bo’lgan davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini saqlash;

  • to’lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;

  • evrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.

Evrokengash “evro hudud”ga kiruvchi mamlakatlarni aniqladi. Tanlash mezonlari sifatida quyidagilar o’rnatildi:

  • Inflyatsiya sur’ati Evropa Ittifoqining uchta narxlar darajasi eng barqaror mamlakatlarning o’rtacha inflyatsiya darajasidan 1,5 foiz punktiga oshmasligi kerak.

  • Davlat byudjeti taqchilligi YaIMning 3%dan oshmasligi kerak.

  • Davlat qarzi YaIMning 60%dan oshmasligi lozim;

  • Milliy valyutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Evropa valyuta tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan bo’lishi lozim.

Ikkinchi bosqich 1999 yil 1 yanvardan boshlandi. “Evro hudud”ga kirgan mamlakatlar milliy valyutalarining almashinuv kurslari evroga nisbatan qa’tiy belgilandi, evro naqdsiz shaklda EKYuni birga bir nisbatda almashtirish asosida kiritildi.
Uchinchi bosqich 2002 yil 1 yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli nominatsiyalarda evro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a’zo-mamlakatlarning milliy valyutalari bilan parallel muomalada bo’ldi hamda asta-sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir bo’ldi.
To’rtinchi bosqichda, 2002 yil 1 iyuldan. Ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari butunlay o’zlarining pul funktsiyasini yo’qotdi.
Ikkinchi tomondan nisbatan barqaror moliya bozori tashkil etildi. Oldingi holatga nisbatan evrohududda yagona valyutani kiritilishi likvidlikni oshiradi hamda raqobatni kuchaytirib, tovarlarni Evropa Ittifoqi doirasida taqsimlanishi engillashtirdi. Shuningdek, hududda moliyaviy operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirdi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar boʼlgan holda tulov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali jahon iktisodiyotiga sezilarli taʼsir koʼrsatadi.
Valyuta munosabatlarining asosiy iыggirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, mamlakatlar, mamlakatlarning rezident va nerezident shaxslari maydonga chikadi.
Rezident shaxs - muayyan davlagg hududida yashayotgan va shu davlat fuqarosi bulgan xamda mazkur davlat hududida faoliyat kursatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Norezident shaxs — muayyan davlat xududida yashab faoliyat kursatayotgan, birok shu davlat fuqarosi boʼlmagan yuridik yoki jismoniy shaxe. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarning boʼlinmalari shular jumlasidandir.
Xalkaro valyuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi asoslar quyidagilardir:
- tovarlar eksporti va importining mavjudligi;
- xizmatlar eksporti va importining mavjudligi;
- xalkaro kreditlarning jahon aylanmasidagi harakati;
- kapitallarning jahon aylanmasidagi harakati;
- notijorat tulovlarning mavjudligi (xorijiy davlatlarda savdo va diplomagik vakolatxonalarni ochish va saqlash, xorijiy davlatlarning xududida harbiy qismlar saklash, turizm, sport, madaniy tadbirlar bilan bogʼliq boʼlgan xorijiy valyutadagi toʼpovlar).
Valyuta tizimi deb, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shakliga aytiladi. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat shakli deyilishiga sabab shuki, milliy valyuta tizimi har bir mamlakatda davlat tomonidan tashkil etiladi va tartibga solinadi. Jaxon valyuta tizimi esa, davlatlararo kelishuvlarga asosan tashkil topali. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning huquqiy shakli deyilishining boisi shundaki, valyuta tizimi boʼyicha qabul qilingan qonunlar, xalkaro qoidalar va boshkd meʼyoriy hujjatlarning talablarini bajarish xalqaro munosabatlarning barcha subʼekxpari uchun majbzfiydir. Masalan, Lmaykada qabul qilingan toʼrtinchi jahon valyuta tizimining talabiga asosan, oltindan davlatlar oʼrtasida toʼlov vositasi sifatida fovdalanish taqiqlandi.
Valyuta tizimining uch asosiy turi mavjud:
1. Milliy valyuta tizimi.
2. Mintakaviy valyuta tizimi
3. Jaxon valyuta tizimi.
Milliy valyuta tizimi — bir mamlakat xududida xalkaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-hukuqiy shakli. Milliy valyuta tizimi mintakaviy va jahon valyuta tizimlarining yuzaga kelishi uchun asos vazifasini oʼtavdi. Milliy valyuta tizimining rivojlanganligi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Mintaqaviy valyuta tizimi maʼlum bir mintakada joylashgan davlatlarning hukumatlari oʼrtasida tuzilgan shartnomaga asosan shakllanadi. Lekin shuni alohida taʼkidlash joizki, mintaqaviy valyuta tizimi bilan jahon valyuta tizimi oʼrtasidagi chegarani aniqlash juda mushkul. Buning sababi shundaki, ayrim mintakaviy valyuta tizimlari allaqachon jahon valyuta tizimi talablari darajasida faoliyat koʼrsatmoqda.
Jaxon valyuta tizimi - bu davlatlar oʼrtasidagi xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil kdpishning davlat-huquqiy shakli boʼlib, davlatlararo kelishuvlar asosida yuzaga keladi.


1.2. Xalqaro valyuta tizimining asosiy bosqichlari taraqqiyoti
Jahon valyuta tizimi, yuqorida ta’kidlab oʼtganimizdek, xalqaro valyuta munosabatlarini davlatlar oʼrtasida tashkil qilish shaklidir.
Jahon valyuta tizimi oʼzining rivojlanishida toʼrt bosqichni bosib oʼtdi va ular quyidagi xalqaro valyuta tizimlarini oʼzida mujassamlashtiradi:

  1. Parij valyuta tizimi;

  2. Genuez valyuta tizimi;

  3. Bretgon-vuds valyuta tizimi;

  4. Yamayka valyuta tizimi.

Birinchi jahon valyuta tizimi 1867 yilda Parij da boʼlib oʼtgan davlatlararo kelishuv natijasida tashkil topdi. Ushbu tizimda olgan-monega standarti, yaʼni davlatlar oʼrtasidagi aloqalarda toʼlov vositasi sifatida faqat oltindan fovdalanish joriy etildi. Birinchi jahon urushi davrida yuzaga kelgan iqgasodiy inqiroz natijasida birinchi jahon valyuta tizimi barham toddi va uning oʼrniga ikkinchi jahon valyuta tizimi yuzaga keldi. Mazkur tizim 1922-yilda Italiyaning Genuya shaxrida boʼlib oʼttan davlatlararo kelishuvning natijasi boʼldi. Uchinchi jahon valyuta tizimida oltin-deviz standart joriy qilindi. Buning maʼnosi shuki, davlatlararo munosabatlarda oltin bilan birga 30 ta mamlakatning milliy valyutalari xalqaro toʼlov vositasi sifatida eʼtirof etildi. Аmmo haqikdtda Аngliyaning funt sterlingi va oltin xalqaro toʼlov vosigasiga aylandi.
Buning sababi shundaki, birinchidan, Birinchi jahon urushi oqibatida funt sterling Yevropadagi boshka valyutalarga nisbatan oz mikdorda qadrsizlandi, ikkinchidan, XX asrning 20-yillariga kelib jaxon savdosining 60 foizdan ortiq qismi Аngliya banklari tomonidan funtsterlingda moliyalapggirilar edi, uchinchidan, Аngliya ochiq iqtsodiyotga ega boʼlib, shu sababli, Аngliya bilan savdo-sotiq qilish oson edi, oʼz navbatida, Аngliyadan tovar sotib olish uchun boshqa davlatlarga funtsterling kerak edi, uni topitgt uchun esa, Аngliyagatovar sotish zarur edi. 1944 yilning 22 iyunida АQShning Brepon-Vuds shaxrida uchinchi jaxon valyuta tizimiga asos solindi. Mazkur tizimda erishilgan muhim natijalar kuyidagilardan iborat:
- АQSh dollari va Аngliya funt sgerlingiga rasman jaxrnning zaxira valyutalari degan maqom berildi;
- milliy valyuta kursining oltin paritetdan tebranish chegarasi manfiy 1% dan musbat 1% gacha boʼlgan oraliq sifatida belgilab qoʼyildi;
- АKT II dollaridagi zaxiralarni oltinga almashtirish katьiy belgilangan bahoda amalga oshirildi, yaʼni 1 untsiya oltin 35 dollarga almashtiriladigan boʼldi;
- XVF davlatlararo valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi organ sifatida tashkil etildi.
XX asrning 70-yillarida АQSh dollari kursining keskin tebrana boshlaganligi dollardan zaxira valyuta sifatida foydalanayotgan davlatlarning noroziligiga sabab boʼldi. Natijada, АKTs1 dollaridan kochish tendentsiyasi paydo boʼldi. Bundan tashqari, dollarning oltinga almashtirilishi natijasida АQSh oltsh zaxiralari miqtsorining keskin kamayishi yuz berdi. Yuqorida qayd etilgan sabablar АQSh dollarining gegemonligiga asoslangan uchinchi jahon valyuta tizimining yemirilishiga va toʼrtinchi jahon valyuta tizimining yuzaga kelishiga sabab boʼddi. Аyniqsa, АQShning Vьetnamda olib borgan uzoq yillik urushi natilsasida Davlat byudjegining defitsiti miqdori keskin oʼsdi. Bu esa, dollar kursining keskin xebranishi uchun jiddiy asos boʼldi. Toʼrtinchi jahon valyuta tizimi Yamayka davlatining Kingston shahrida, 1976 yilning yanvarь oyida boʼlib oʼtgan davlatlararo kelishuv natijasida yuzaga keldi va 1978 yilning aprelida ratifikatsiya qilindi.
Jahon valyuta tizimining elementlari:

  • zaxira valyutalar, xalqaro hisob birliklari - zaxira valyutalar sifatida АQSh dollari, yevro, Buyuk Britaniya funt sterlingi va Yaponiya ienasi tan olinadi.

  • Xalqaro hisob birligi sifatida SDRni koʼrsatish mumkin. SDR valyuta savatida 2006-2010 yillarda АQSh dollarining ulushi 44,0% ni, yevroning ulushi 34,0% ni, funt sterlingiing ulushi 11,0% ni, ienaning ulushi esa 11,0% ni tashkil etgani xodda, ushbu tarkib 2011-2015 yillarda 41. ,9,37,4,11,3 va 9,4 nisabatda boʼlishi kutilmovda (31.1.1 -jadval);

  • valyutalarni uzaro konvertatsiyalash shartlari - faqat ichki konvertatsiya ga ega boʼlgan valyutalar, ichki va tashki konvertatsiyaga ega bulgan valyutalar;

  • valyuta paritetlarining umumlashtirilgan rejimlari - valyuta paritetlari milliy valyutalarning xarid qobiliyatini yetakchi valyutalardan birining tulov qobiliyatiga nisbatan hisoblash keng qoʼllanmokda;

  • valyuta kursi rejimlarini tartibga solish - katьiy belgilangan kurelar rejimi barham toddi va davlatlarga erkin suzish rejim idan foydalanish tavsiya etildi;

  • valyutaviy cheklashlarni davlatlararo tartibga solish - XVF joriy operatsiyalar buyicha valyutaviy cheklashlarini olib tashlashni talab qiladi;

  • xalkaro valyutaviy likvidpikni davlatlararo tartibga solish — xalkaro valyutaviy likvidligi past boʼlgan davlatlarga XVF imtiyozli kreditlar bermadi va ularga texnik yordam koʼrsatadi;

  • xalkaro kredit muomala vosigalarvdan foydalanishning umumlash­tirilgan tartibi - xalkaro kredit muomala vositalaridan foydalanishning umumlashtirilgan tartibi xalkaro Jeneva konventsiyalari, akkreditiv va inkasso boʼyicha umumlashtirilgan qovdalarda oʼz ifodasini topgan;

  • xalqaro valyuta va oltin bozorlarining rejimi - xalkaro valyuta va oltin bozorlari valyutaviy cheklashlar mavjud boʼlmagan davlatlarda joylashgan va ularda erkin savdo amalga oshiriladi;

  • valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar - XVF, Jahon banki guruxi, Xalqaro xisob-kitoblar banki bu sohada nufuzli xalkaro tashkilotlar xisoblanadi.




Valyutalar

2006-2010 yy

2011-2015 yy

AQSH dollari

44

41.9

Yevro

34

37.4

Funt sterling

11

11.3

Yapon iyenasi

11

9.4

1.3. Valyuta siyosatining asosiy usullari
Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog`liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog`liq munosabatlardir. Valyuta munosabatining ayrim elementlari - antik davrda - Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda - qarzga pul to`lashga berilgan tilxat va pul almashtirish shaklida paydo bo`lgan. Keyingi bosqich bo`lib, Yapon, Antverpen va G`arbiy Yevropani boshqa savdo markazlarida “veksel yarmarkalari” rivojlanishi bilan yuzaga chiqqan. Bu davrda hisob-kitoblarni amalga oshirish, valyuta yordamida amalga oshirilgan. Feodalizm davrida va kapitalistik ishlab chiqarish rivojlanishida, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi banklar orqali rivojlandi. O`tgan asrga kelib esa, xalqaro munosabatlar o`zining mutlaqo yangi ko`rinishini boshdan kechirdi. Shunday qilib, xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi, jahon bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, jahon xo`jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo`jalik munosabatlari baynanmilallashuvining natijasidir. Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar (brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar). Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo uyg`unlashib borayotganligini kuzatish mumkin. Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko`rsatish mumkin. Milliy valyuta tizimi deganda ma`lum davlatni, boshqa davlatlar bilan pulli hisob-kitoblarini amalga oshirishda qo`llaydigan usullari, instrumentlari va milliy organlarining umumiy yig`indisi tushuniladi. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va faoliyat doirasi milliy chegaralardan chiqsada, u mamlakat pul-kredit tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy va jahon valyutalar tizimlari aloqasi va rivojlanishi, ularning elementlarida namoyon bo`ladi (1-jadval). Hududiy valyuta tizimi - milliy va jahon valyuta tizimlarining oraliq elementi hisoblanib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqini keltirish mumkin. Jahon valyuta tizimi - bu, alohida olingan milliy iqtisodiyotni jahon xo`jaligi bilan bog`lovchi mexanizmdir. Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko`pyoqlama shartnoma va aktlar, jahon valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi.
Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to`lovlarni, tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni yaratishdan iborat. Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko`chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o`tishi” mumkin. Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga ega va jahon xo`jaligining global maqsadlarini ko`zlasada, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog`langan. Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli bo`lib, u davlatlararo shartnomalar orqali mustahkamlangan. Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi:
1) Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish;
2) Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu valyuta dilingi deyiladi. Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. Bir bankdan boshqasiga pul o`tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) hisobvaraqlari mavjud.
3) Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag`larini jalb qilish va joylashtirish bilan bog`liq operatsiyalari. Bu operatsiyalar - o`zaro kreditlash, o`z va jalb qilingan mablag`larni joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog`liq banklararo operatsiyalardir.
4) Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko`rsatish;
5) Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, ikkilamchi moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida, moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning barchasi investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki xejerlash (sug`urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o`z nomidan yoki mijoz topshirigiga ko`ra amalga oshiradilar;
6) Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq operatsiyalar;
7) Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to`lovi, aliment, hadyalar, sayyohlarga xizmat ko`rsatish va h.k.) amalga oshirish. Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan (axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi.
Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o`ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
• valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o`zgarishi bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi;
• bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat qarzdorligi o`sishi siyosatidan kafolatlovchi ma`lum xalqaro tartibga solish instrumentlarini yaratish. Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o`zgarib, rivojlanib turadi. Bu o`zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish mexanizmlarining doimiy o`zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan qanchalik mos tushishiga bog’liq. Xalqaro valyuta tizimlarining ma’lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, yetakchi mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda.


Download 61.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling