Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Download 445.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523
MATERIALLAR VA METODLAR
Sekulyarlashuv jarayonlari turli adabiyotlarda modernizatsiya nomi ostida jadallik bilan tarqalib borar ekan mazkur holat unga bo'lgan munosabatlarni shakllantirishi taqazo etdi. Islomiy konservativ qarash tarafdorlari va ba'zi radikal guruh vakillari doimo shariatni barcha jabhalarni o'z ichiga qamrab 100 Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021 olgan zamon va makon tanlamaydigan tizim sifatida mutlaqlashtirib, demokratik tuzumning har qanday shakli va ko'rinishini rad etadilar. Xususan, Muhammad Rashod Abdulaziz o'z asarida Ibn Xaldun, G'azzoliy va Faxriddin Roziylarning din va dunyo bir butunligi haqidagi fikrlarini keltirib, quyidagicha xulosa qiladi: Shunday ekan, islom din va dunyo hamda davlat va qonunlarni o'z ichiga olgan mukammal tuzum va keng qamrovli universal falsafadir [Muhammad Roshid Abdulaziz. 2010. 226 s.]. U o'z fikrini Karlo Alfonso Nallino, Emil Dyurkgeym, Robert Jorj kabi G'arb olimlarining islom va siyosat haqidagi mulohazalari bilan tasdiqlashga harakat qiladi. Biroq muallif tomonidan mukammal va universal deb ta'riflangan ta'limot nima uchun davlat boshqaruvi borasidagi zamonaviy me'yorlarga moslashayotgani izohlanmagan. Shuningdek, Yusuf Qarzoviy ham sekulyarizatsiyani Qur'on ko'rsatmalariga zid ekanligini quyidagicha bayon etdi: Islom aqida, shariat va mukammal hayotiy dasturni o'zida mujassam etadi. Shu tufayli sekulyarlikni qabul qilish Allohning shariatini uloqtirish, uning hukmlaridan yuz burish, uni zamonga nomuvofiqlikda gumon qilishga olib keladi va insonlar o'z aqliy salohiyatlari bilan turli qonunlar ishlab chiqaradi. Go'yoki o'z aqllarini Allohning ilmidan, chegaralangan malakalarini uning hidoyatidan ustun hisoblaydilar: Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi? [ Qarzoviy Y. 1971. 18 s.] . Yangi voqea va jarayonlarni sifat va maqsad ko'rsatkichlaridan qat'iy nazar yod unsur (bid'at) sifatida baholash odatiy konservativ qarashlarining ifodasi ekanini inobatga olsak Y. Qarzoviyning bunday qarashi uning an'anaviylik tarafdorlaridan biri ekanini anglatadi. Biroq sekulyarizatsiya borasida muqobil fikr egalari bo'lgan musulmon ziyolilari ham mavjud. Xususan Sh. Nobulusiy, Y. Qarzoviy va boshqa konservativ qarash tarafdorlarining sekulyarizatsiya borasidagi bir yoqlama munosabatlarini tanqid qildi. U Biz dunyoviy siyosiy islohotni tanlar ekanmiz, uni tashqaridan emas, islomning ichidan izlash lozim. Sekulyarizatsiya islohotlarga yuz tutish. Birinchi dunyoviy xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon joriy qilgan islomiy sekulyarlikdan boshqa yo'l yo'q [Noblusiy Sh. 2006. 2 s.], deb ta'kidladi. Olim mazkur fikri bilan islomdagi sekulyarizatsiya jarayonlari Ummaviylar davridan boshlanganiga ishora qildi. Bizning fikrimizcha, Ummaviylar davrida diniy qoidalarga asoslanmagan holda amalga oshirilgan islohotlarni sekulyarizatsiya, deb nomlash noo'rin. Ammo mazkur hodisa islom o'zining muqaddas manbalarida keltirilmagan barcha yangiliklarga qarshi, degan mulohazani inkor etish uchun dalil bo'ladi. Pokistonlik islomshunos Taqiy Usmoniy islomning sekulyarizatsiyaga munosabatini tahlil qilib quyidagi mulohazani bildiradi: Muxtasar qilib aytganda, sekulyar ong, tom ma'noda, yaxshi va yomonni ajrata olmaydi. Shunday ekan, inson xudoning yo'li va u yuborgan vahiyga ergashishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling