Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Download 445.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XX asr boshlarida musulmon jamiyatlariga G'arb madaniyati ta'sirida dunyoviylikka parallel tushuncha sifati kirib kelgan sekulyarizatsiya so'nggi ikki asrda islom olamida turli qarama-qarshi fikrlar shakllanishiga zamin yaratdi. Ta'kidlash lozimki, mazkur atamaning arab, fors, turk, indonez, urdu, o'zbek kabi tillarda aynan ma'nosini ifodalovchi so'z mavjud emas. Bu esa uning mazmunini aniqlashda murakkabliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, Qur'onda mazkur atamaga ma'no jihatdan yaqin bo'lgan dahr so'zi qo'llanilgan bo'lishiga qaramay keyinroq mazkur so'z semantik evolyutsiya natijasida 102 Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021 materializm va atezim tushunchalariga aynanlashtirib talqin etilganini ta'kidlash joiz. Sekulyarizatsiya so'zi fors tiliga (sekular), indonez tilida sekularisasi(sekularisasi) va urdu tilida (sekularaizeshn) shaklida ingliz tilidan o'zlashtirilgan bo'lsa, mazkur atamaning sinonimi bo'lgan laitsizm so'zi turkcha Laiklestirme(laikleshtirme) shaklida iste'molga kirdi. O'rta Osiyo va Kavkaz xalqlari tillariga esa mazkur atamaning rus tilidagi shakli joriy etildi. Faqat arab va hind tillari G'arb tillaridan o'zlashtirma olmadi. Ba'zilar arab tilshunoslari esa sekulyarizatsiya atamasiga ma'nodosh sifatida dinsizlik, aksildiniy ma'nolarini ifoda etuvchi la diniya so'zini qo'llashni ma'qul topdi [Lewis B. 1988. 17 p.]. Keyingi neologizm mazkur tushunchani arab tilida ba'zan ilm so'zidan nisbiy sifatdosh yasalib ilmiy shaklida, ayrim hollarda olam so'zidan kelib chiqib olamga daxldor tarzida umumiste'moldagi so'zlarga aylandi. Ayni paytda, sekulyarizatsiyaning dinga nisbatan ziddiyatli deb baholanishi keskin muxolif qarashlarga sabab bo'ldi. Oqibatda sekulyarizatsiya tarafdori bo'lish islomdan voz kechish, nafaqat e'tiqod, balki axloqiy me'yorlarni ham butunlay rad etish tarzida talqin etildi [Hashemi N. 2009. 162 p.]. Ta'kidlash joizki, ko'p hollarda muayyan atama bir tildan boshqa tilga to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtirilmasdan mavjud til bazaviy imkoniyatlari doirasida unga yaqin so'z bilan ifodalansa, u hech qachon aynan birlamchi ma'noni ifoda etmaydi va qator tushunmovchiliklarga sabab bo'ladi. Musulmon jamiyatida sekuyarizatsiyani qabul qilishdagi muammo faqatgina atamaning etimologiyasi va tarjimasi bilan bog'liq emas. Sekulyarizatsiyaga nisbatan XX asr boshlarida yuzaga kelgan salbiy munosabatlar u davrda Sharq musulmon jamiyatlarining sekulyarizatsiyaning mohiyati, u joriy bo'lgan hududlarda dinning o'rni va roli borasida yetarli tasavvurga ega emasligi, dunyoviylik va dahriylik o'rtasidagi farqdan bexabarligi bilan izohlanadi. Shuningdek, o'sha davrda G'arb mustamlakachi davlatlarining sekulyarizatsiya tarafdori ekanligi musulmon jamiyatlarini mazkur fenomenga nisbatan qarshi chiqishi uchun alohida omil bo'lganini ham ta'kidlash lozim. Umuman olganda, sekulyarizatsiyaning, asosan, xristianlik dini tarqalgan Yevropa va Shimoliy Amerika mintaqalarida voqelikka aylanishi va sekulyar jamiyat elementlarining musulmon jamiyatlari hayotiga kirib kelishi o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turishini ham alohida ta'kidlash joiz. Tahlillar islom diniga e'tiqod qiluvchilar ko'p bo'lgan mamlakatlarda sekulyarizatsiya jarayoni aholisi boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchi jamiyatlarga nisbatan murakkab kechganini ko'rsatadi. Islomga xos qadriyatlarni musulmonlar hayotiga chuqur singib ketgani musulmon jamiyatlarining dunyoviylashish masalasiga ehtiyotkor munosabatda bo'lishini talab etdi. Shu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling