Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
Download 445.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523
104
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021 G'arb mustamlakachiligi va sivilizatsiyasi ta'sirida sekulyarizatsiya jarayoni asta-sekin Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Mavritaniya kabi aholisining aksariyat qismini musulmonlar tashkil etuvchi mamlakatlarda ham namoyon bo'ldi. Xususan, 1956-1957 yillarda Tunis qirolligi bosh vaziri bo'lgan Xabib Burqiba sekulyar dasturini amalga tatbiq etdi. Unga ko'ra, mamlakatda yagona huquqiy tizim va dunyoviy ta'lim joriy etildi, poligamiya hamda hijob kabi islomga xos ba'zi elementlar taqiqlandi [Rumeysa Dursun. 2017. 133 s.]. Shubhasiz, Xabib Burqibaning amalga oshirgan islohatlari Sharq musulmon jamiyatlarining jahon ilg'or tamaddunidan orta qolmaslikka qaratilgan harakat edi. Sharq musulmon mamalakatlari siyosatida dunyoviylik me`yorlari aksariyat inqilobiy tarzda kiritilgani ma`lum. Muayyan tadrijiy ijtimoy evrilishga uchramasdan bosim ostida shakllantirilgan dunyoviy standartlar o`z navbatida salbiy stereotiplarni keltirib chiqardi. Bu o'rinda ko'p hollarda Mustafo Kamol Otaturkning Turkiyadagi, Rizo Pahlaviyning Erondagi din va dindorlikka qarshi qaratilgan keskin inqilobiy shakldagi islohotlarini eslab o'tish yetarli bo'ladi. Ta'kidlash joizki, sekulyarizatsiya nomi ostidagi aynan mana shu siyosiy-mafkuraviy ta'qib islom olamida sekulyarizatsiya borasida salbiy munosabat hamda tanqidiy yondashuvlarni vujudga keltirgan asosiy omillardan biri bo'ldi. Bu qrama-qarshiliklar musulmon jamiyatlarda sekulyarizatsiya tarafdorlarining aksariyatiga nafaqat g'oyaviy qarshiliklarga uchrashiga, balki jismoniy tajovvuzlarga ham olib kelgan. Misol tariqasida, radikal guruhlar tomonidan 1993 yil 2 iyulda Turkiyaning Sivas shahrida sekulyarizatsiya tarfdorlari joylashgan mehmonxonaga o't qo'yilgani , 1994 yil 14 oktyabr kuni Misrda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Najib Mahfuzga suyuqasd uyushtirilganini eslab o`tish mumkin [Gabriele Marranci. 2010. 83 p.]. Bundan tashqari, 1992 yil 8 iyulda professor va jurnalist Faraj Faudaning ikki islom jihodchilar tomonidan o'ldirilishi bilan bog'liq voqea eng ko'p munozaralarni yuzaga keltirdi. Mazkur jinoyat ishining mahkamasida mo`tadil musulmon ulamolaridan biri sifatida baholanadigan Shayx Muxammad G'azzoliy gumondorlarni himoya qilib, sekulyarlik o'lim bilan jazolanishi kerak bo'lgan katta gunoh ekanligini aytib o'tadi. M.G'azzoliyning fikricha, sekulyarlik tarafdori bo'lgan odam murtad (islomdan yuz o'girgan shaxs) hisoblanadi va davlatdan dinni ajratilishi aniq kufr sanaladi [Jehl Douglas. 1996. 4 p.]. Bizning fikrimizcha, M.G'azzoliyning bildirilgan fikri yagona qat'iy hukm emas, balki sub'ektiv mulohaza o'rnida qabul qilish maqsadga muvofiq. Boshqa tomondan, Sekulyarizatsiya bu aniq kufrmi?, deb berilgan savolga shayx Jobir Alvaniy Ma'lumki, sekulyarizatsiya turli ma'nolarga ega bo'lib, dinlarni davlatdan ajratish ham shular jumlasidandir. Biz buni kufr deb baholamaymiz. Qolaversa musulmonlar o'zi yashayotgan davlat qonunlarini himoya qilishi kerak [Jobir Alvaniy fatvosi], deb javob berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling