O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi A. T. Yusupovga Hurmatli Ahmadbek Tadjiyevich


Download 17.88 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi17.88 Kb.
#1118046
Bog'liq
Йўлланма хати


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi A.T.Yusupovga
Hurmatli Ahmadbek Tadjiyevich

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti sizga 16.00.02- “Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va marfologiyasi, Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga talabgor Tangirov Kayum Jurayevichning attestatsiya ishi hujjatlari elektron tizim orqali yo`llamoqda.


Attestatsiya ishidagi “Ilmiy nashrlar ro`yxati”ga talabgorning jami 27 ta ilmiy ishi kiritilgan. Jumladan: 3 ta o`quv qo`llanma, 1 ta uslubiy qo`llnma, 1ta monografiya, 3 ta mahalliy va 6 ta xorijiy jurnallarda maqola, 7 ta xalqaro Respublika imliy va amaliy anjumanlarda ilmiy maqola va tezislardir. Ular (21ta nashr ishi) asl nusxalari bilan solishtirilib ularning asliga to`g`riligini tasdiqlaymiz. Ro`yxatdagi 21 ta nashr ishidan 3 ta o`quv qo`llanma,1 ta monografiya, 1ta uslubiy qo`llanma hamda 16 ta ilmiy nashrlar. Jumladan 3ta maqola Respublika mahalliy jurnallarda, 6 ta xorijiy jurnallarda, 7 ta xorijiy va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida tezislari veterninariya fanlari nomzodi dissertatsiyasi himoyasidan keyin chop etilgan. Mazkur nashr ishlari faqatgina ushbu ilmiy unvonni olishda foydalanilmoqda. O`quv qo`llanmalarining (tegishli vazirlik) nashr ruhsatnomasini asliga to`g`riligini tasdiqlaymiz.
Talabgorning xo`jalik shartnomasida haqiqatdan ham ishtirok etib ilmiy natijalar olganligini hujjatlar asosida kafolatlaymiz.
Tangirov Kayum Jurayevich 37-38-raqamli shartoma asosida sut yo`nalishidagi simmental zotli qoramollarning sut maxsuldorligini oshirishning innovatsion usullari mavzusida ilmiy texnik muommolarning bajarilishini o`z zimmasiga olgan. Chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muxim qismidir.
O`zbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida 28.01.2022 yilda qabul qilingan PF-60-sonidagi III strategiya Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o`sish sur’atini 6,2 foizga oshirish choralarini ko`rish ko`zda tutilgan. Bu rejani bajarishda axoli xonadonlaridagi 2,4 mln bosh 52 foiz sigir va qochirish yoshidagi tanalarni sun’iy urug`lantirish salmoqli o`rinni egallaydi. Xozirgi kungacha fermer xo`jalikdagi simmental zotli sigirlarning Gidroponika innovatsion usulda sut maxsuldorligini ko`paytirishda 20-25%ga ko`tarilganligi qoramollarda uchraydigan yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olishda o`z vaqtida muddatli ravishda emlash ishlari olib borilmoqda. Sigirlar tuqqandan keyin uchraydigan kasalliklarni davolash va oldini olish chora-tadbirlari sigirlarda jinsiy sikllarning namoyon bo`lishi xamda fenonim bosqichlari o`z vaqtida paydo bo`lishi natijada ovulyatsiya va tuxum xujayralar to`lig`icha o`z vaqtida yetilishi, sigirlarni sun’iy urug`lantirish jinsiy organlarda birorta kasalliklar bo`lmasligi
sigirlarda bug`ozlik davri normada kechish xolatlari kuzatilmoqda. Sog`in sigirlarda ko`p uchraydigan sut bezlari ya’ni mastit kassalliklarini davolash va oldini olish chora tadbirlarini o`tkazishda, yangi tug`ilgan buzoqlarda dispepsiya va dizenteriya kasalliklarini davolash oldini olish chora-tadbirlari, xamda qoramollarda uchraydigan yuqumsiz kassalliklarini davolash, ularni yuqumli kasalliklarni mavsumiy o`z vaqtida emlash va oldini olish chora-tadbirlarini o‘tkazilyapti.
Ushbu gidroponika innovatsion usulda “Toshpulatov Juraniyoz”
fermer xo`jaligiga tadbiq etib ijobiy ko‘rsatgichlar olib keldi, natijada sigirlardan buzoq olishi 96 % ga oshirildi va sog`in sigirlarda sut maxsuldorligi yuqori darajada olinmoqda.
Attestatsiya ishi hujjatlari OAKning “Ilmiy unvonlar kompleks-tahliliy axborot tizimi”ga yuklatilagan.
Ilova: ____ betda.


Hurmat bilan,
Rektor v.b. A.Jurayev


Ijrochi:O‘.Rashidova
Tel: (93)526-69-23
Download 17.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling