O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli yo‘l-patrul xizmati xodimlarining


Download 92.43 Kb.
bet1/9
Sana26.10.2023
Hajmi92.43 Kb.
#1724157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-kurs


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2018-YIL 1-DEKABRDAGI 975-SONLI “YO‘L-PATRUL XIZMATI XODIMLARINING
YO‘L HARAKATI QATNASHCHILARI BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI HAMDA MAXSUS MOSLAMALARDAN FOYDALANISHI TARTIBI
TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarini hamda maxsus moslamalardan foydalanishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-dekabr,
975-son

Vazirlar Mahkamasining


2018-yil 1-dekabrdagi
975-son qaroriga
ILOVA


Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar.

1. Ushbu Nizom yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;

Download 92.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling