O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash konsepsiyasini tasdiklash to‘g‘risida»


Download 19.01 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi19.01 Kb.
#1168981
Bog'liq
Hisobot ChQBT1


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash konsepsiyasini tasdiklash to‘g‘risida»gi 140-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18-dekabr kungi “O’zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’grisida”gi 348-sonli Qarori talablarini bajarish yuzasidan Dehqonobod tumanidagi 62-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021-2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida


H I S O B O T

“Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18-dekabr kungi “O’zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’grisida”gi 348-sonli Qarori, “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” yuzasidan 2021-2022 o’quv yili davomida Dehqonobod tumanidagi 62-umumiy urta ta’lim maktabi quyidagi ishlar amalga oshirildi:


«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq maktabda Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mashgulotlari reja asosida tashkil etildi va muntazam ravishda amalga oshirildi.
O’quvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni, mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligini ta’minlash sohasidagi boshqa qonun hujjatlarining asosiy talablari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asosiy vazifalarini, harbiy xizmatning ahamiyatini, harbiy qasamyodni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari talablarini anglab yetishlari, fuqaro muhofazasi asoslarini, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini amaliy o‘zlashtirib olishlari ta’minlandi.
Harbiy qismlardagi mavjud qurol-aslaha va harbiy texnikaning asosiy taktik va texnik tavsiflari, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati bilan tanishishdi.
Zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika namunalarini qisqa muddatlarda o‘zlashtirib olishga shay bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida nazariy-amaliy o’quv mashgulotlari o’tkazildi.
Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarni chuqur anglab yetishlari va o‘zlashtirishlarini yo’lga qo’yish maqsadida tegishli tadbirlar olib borildi.
2022 yil yanvar oyida vatanparvarlik oyligi davomida o‘quvchilar bilan Dehqonobod tumanidagi
joylashgan harbiy qismga ekskursiya uyushtirildi. 14- yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktabda ommaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish, safda yurish, shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch bellashdilar. Unda 11-sinf o’quvchilari Bozorov Alisher, Xolmatov Nodir, 10-sinf ukuvchilari Eshnazarov Ozodbeklar faol ishtirok etishdi.
10-11-sinf o‘quvchilari bilan o‘quv rejaga asosan Mudofaaga kumaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xodimlari bilan xamkorlikda 2 marotaba pnevmatik quroldan o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Maktabda o’qiyotgan 3 nafar 2004 yilda tugilgan o‘g‘il bolalarni Dehqonobod tumanidagi
Mudofaa ishlari bo‘limiga suhbat va tibbiy ko‘rik uchun olib borish uchun hujjatlari shakllantirildi va Dehqonobod tumanidagi Mudofaa ishlari bulimiga harbiy hisobga qo’yishlik uchun yuborildi. Barcha 3 nafar 2004 yilda tugilgan o’gil bolalar harbiy tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Maktab direktorining “Maktabda fuqaro muxofazasi noxarbiy tuzilmalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan maktabda fuqaro muxofazasi noxarbiy tuzilmalari tashkil etildi. Unga kura Jamoat tartibini saklash guruxi, Radiatsion va kimyoviy post guruxi, boshpana va pana joylarda xizmat ko’rsatish bugini, sanitar bugini, yonginga qarshi kurashish buginlari tashkil etildi.
62-umumiy o’rta ta’lim maktabi Chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik xonasi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangich tayyorlash bo’yicha tavsiyaga asosan plakatlar va ko‘rgazmalar bilan jihozlandi. Shuningdek maktabda mavjud bo’lgan “ Qurol-yaroq saqlash xonasi” jihozlandi.
Maktabda o’quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash maqsadida Saf maydoni normalariga asosan chizib chiqildi va O‘zbekiston Respublikasining Saf nizomiga asosan Saf mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelindi.
2021 yil sentyabr oyida Dehqonobod tumanidagi 62-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarini harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash maqsadida 10-11 sinf o‘quvchilari orasidan jismonan va aqlan yetuk o‘quvchilardan seksiya va guruh komandirlari tayinlandi. Tayinlangan seksiya va guruh komandirlari bilan doimiy ravishda qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O’tgan o’quv yili davomida maktabning yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida muntazam ravishda maktab jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Temurbeklar”, “Vatanparvarlar”, “Yosh qutkaruvchilar” harbiy sport musobaqalari ko’rik tanlovlari o’tkazib borildi.
Maktabning “Qutqaruvchi” jamoasi tumanda o’tkazilgan “Yosh qutqaruvchilar” ko’rik tanlovida faxrli birinchi o’rinni egallab, Biloyat bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Yosh qutqaruvchilar” ko’rik tanlovining Biloyat bosqichida “Eng yaxshi birinchi tibbiy yordam ko’rsatgan jamoa” nominatsiyasi bo’yicha faxrli birinchi o’rinni egallashdi.
18 noyabr davlatimiz ramzi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun, 8-dekabr- Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi.
O’quvchilar o‘rtasida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini va boshlang‘ich harbiy bilimlarini oshirish maqsadida Dehqonobod tuman Mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda AKM rusumli o‘quv avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibini mustaqil bajarishni o‘rgatish bo‘yicha va F-1, RGD – 5 granatasi, Tankka qarshi granata, komposlar orqali ko‘rgazmali dars o‘tkazildi.
“Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash konsepsiyasini tasdikdash to‘g‘risida”gi 140-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Umumxarbiy majburiyat va xarbiy xizmat to‘g‘risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2014 yil 18-dekabrdagi 348-sonli “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori,“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Davlat ta’lim standagrtlarini tasdiqdash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan maktabda doimiy ravishda tegishli ishlar amalga oshirilib borildi.
O’quv yili davomida maktab o‘quvchilari bilan olib borilayotgan CHQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid o‘quv-moddiy bazani yaratish va uni yanada takomillashtirishga doir tegishli tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, reja asosida ishlar amalga oshirildi.
O’quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda Vatanga chuqur muhabbat va vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-ruhiy, faol hayotiy pozitsiya, diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalariga qarshi immunitet hosil qilish, harbiy burchni ongli ravishda bajarishga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning aniq maqsadi va mohiyatini anglab yetish, shuningdek yurt kelajagi va taqdiri uchun yuksak javobgarlik hissi kabi fazilatlarni shakllantirishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Maktab o‘quvchilarida yuksak fuqarolik pozitsiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish maqsadida katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan urush va mehnat faxriylari ishtirokida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib kelindi.
Doimiy ravishda ta’lim muassasasi o‘quvchilarining muddatli harbiy xizmatni a’lo darajada o‘tagan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlari tashkil etildi va o’tkazildi. Ayniqsa bu yunalishda Dehqonobod tumanida joylashgan xarbiy qismlar bilan yaqindan hamkorlik o’rnatildi.
Maktab o‘quvchilarini sport turlari bo‘yicha maktabda joriy etilgan seksiyalarga jalb etish ishlarini tashkil qilindi.
Mamlakatimiz hududi va daxlsizligini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, harbiy xizmat, uningv ijobiy xususiyatlari, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun joriy etilgan imtiyozlar tizimi to‘g‘risida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida tushuntirish ishlari doimiy ravishda o’tkazilib kelindi.
O’quv yili davomida muntazam ravishda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy ravishda tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-sport tadbirlari (yoshlar forumlari, tanlovlar, sport musobaqalari) tashkil etildi va utkazildi.
Hisobot tayyorladi:
62-maktab VRYOTBDO’ N.Mengliyev
Download 19.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling