- Test sistemani xona haroratida 2-3 soat davomida saqlab turish.
- So‘ngra barcha komponentlarni qutidan chiqaring
- Joylashtirilgandan desikantlarni saqlovchi qutidan chiqarib olmasdan planshetlarni xona haroratida ilitib olish kerak.
- Laboratoriyadagi haroratni har kuni nazorat qiling.
- Suyultirishdan oldin, eritilgan namunani yaxshilab aralashtiring.
- Dozator bilan namunani o‘tkazishda yoki bo‘sh turgan mikrotitroval planshetga reagentni quyishda dozatorni uchi, polistrol bilan kontaktda bo‘lib, chuqurchaning pastki burchagiga tekgan bo‘lsin.
-Har doim yuvish uchun test – sistemada instruksiyasida ko‘rsatilgan ishni bajaring
-Yuvish va reagentlarni qo‘shish jarayonida chuqurchani qurib qolishiga yo‘l qo‘ymang
-Barcha reagentlarni o‘lchash uchun toza va steril idishlardan foydalaning. Test uchun ishlatilayotgan planshetlar uchun kerak bo‘lgan miqdordagisini o‘lchab oling
-Olingan reagentlarni qaytadan flakonlarga quymang
-Rezervuarni qayta ishlatmoqchi bo‘lsangiz, tamomila boshqasidan foydalaning va har bir reagent uchun alohida belgilab chiqing. Ishlatib bo‘lgandan so‘ng yaxshilab distillangan suv bilan yuving
-Inkubatsiyalash jarayoni va vaqti aniq belgilanishi kerak. Nazoratdagi namunani quyishda ma’lum sistemaga amal qiling. Avval nazoratdagi va so‘ngra test o‘tkazilayotgan namunani quying.
-Suvning sifati muhim rol o‘ynaganligi sababli faqat distillangan yoki deionsizlantirilgan suvdan foydalaning.
-Iloji boricha “stop reagent”ni qo‘shgach planshetlarni sanash kerak. Bundan oldin planshetni yumshoq, o‘zidan barmoq izlarini qoldirmaydigan salfetka bilan artiladi va u test natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
-Laboratoriya jihozlari toza va tartibli turishini kuzatib boring. Raxbariyatni jihozlardan foydalanish jadvaliga amal qilinayotganligi va texnik xizmat ko‘rsatilayotganligidan xabardor qilib turing.
- Xizmatga yaroqli, tasdiqlangan spektrofotometr.
- Qurilmani oldindan qizdirish.
- Planshetning vizual bahosini chop etish bilan solishtiring. Optik zichlik ko'payishining sababi quyidagilar bo'lishi mumkin: chuqurcha tubining ifloslanishi, plastik nuqson, eritmadagi begona qo'shimchalar, spektrofotometr linzalarining ifloslanishi.
- Artefaktlarning ta'sirini 620 nm filtrga nisbatan optik zichlikni o'lchash yo'li bilan yo'q qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |