O'zbekiston Respublikasi xalq ta' limi vazirligi A. Avloniy nomidagi xalq ta' limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiytadqiqot institutining


Download 16.34 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi16.34 Kb.
#1060772
Bog'liq
taqriz xulosa


O'zbekiston Respublikasi xalq ta' limi vazirligi A.Avloniy nomidagi xalq ta' limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiytadqiqot institutining Fizika fanini o'qitish huquqini berish bo'yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kursi 256-guruh tinglovchisi Abdiraimova Dilfuza To’xtaboyevnaning "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Mexanika” bo'limini zamonaviy pedagogik tcxnologiyalar asosida o'qitish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

TA Q RIZ


Bitiruv malakaviy ishida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida Umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Mexanika” bo'limini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish metodikasi, o'qituvchining o'tilishi zarur bo'lgan mavzu bo'yicha kerakli ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazishni oldindan rejalashtirish, darsning usulini aniqlash va darsga kerakli vositalarni tayyorlash orqali ta'lim sifatini oshirish. mexanika elementlarini o'qitishning ilmiy-metodik asoslari samarali tashkil etrilgan mashg'ulotlardan kutilgan natijani bersa, o'quvchilar qisqa vaqt ichida katta hajmdagi bilimni o'zlashtirishga erishadilar.
Bituruv malakaviy ishining birinchi bobida "umumiy o'rta ta'lim maktablarida "mexanika” bo' limini o'qitishning hozirgi holati” deb nomlangan bo'lib, unda mexanikaning predmeti, mexanika aksiomlalari, "Mexanika” bo' limi haqida umumiy ma'lumotlar. Mexanika bo' limining o'qitish usullari, Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika ta'limni rivojlantirishning asosiy muammolari, Fizikaning mexanika bo'limini o'qitishda masalalar yechishning o'rni va ahamiyati keltirilgan.
Bitiruv ishining ikkinchi bobi "Mexanika” bo'imini innavatsion pedagogik texnologiyalar orqali o'qitish haqida bo'lib, unda Pedagogik texnologiya va metodika tushunchalari, Mexanika bo'limlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali o'qitish metodikasi, o'quvchilarni fizikadan o'quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o'rgatish, Laboratoriya mashg'ulotlarini AKT va pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish metodikasi keltirilgan. BMI metodik jihatdan pedagogik texnologiyalarga tayangan hołda yuqori saviyada bajarilgan va tugallangan. Ushbu malakaviy bitiruv ishni bitiruv ishlariga qo'yiladigan barcha talablarga mos keladi, uni yakuniy attestatsiyada himoya qilishga tavsiya etaman. Bitiruvchining o'zi esa, bakalavr akademik darajasini olishga to'laqonli salohiyatli deb hisoblayman

Piskent tumani 27-maktab direktori: D.Boboyeva
Oliy toifali informatika o’qituvchisi: A.Salomov


O'zbekiston Respublikasi xalq ta' limi vazirligi A.Avloniy nomidagi xalq ta' limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiytadqiqot institutining Fizika fanini o'qitish huquqini berish bo'yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kursi 256-guruh tinglovchisi Abdiraimova Dilfuza To’xtaboyevnaning "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Mexanika” bo'limini zamonaviy pedagogik tcxnologiyalar asosida o'qitish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

XULOSASI


Bitiruvchi Abdiraimova Dilfuza To’xtaboyevna tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ishda zamon talabiga mos keluvchi darslarni tashkil etish va shu yo'l bilan otquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borishda yangi fizika o'qitish texnologiyalaridan mavjud sharoitlarda unumli foydalanish hozirgi davrning muhim talablaridan biri ekanligi g'oyasi ilgari surilgan.
Yana shuni ta'kidlash lozomki, hozirgi davrda jamiyatga faqat bilimli yoshlar emas, balki Olgan bilimlarini hayotda amaliy qo'llay oladigan, hayotiy muammolarni to'g'ri hal eta oladigan, zamonaviy texnikani idrok eta oladigan va boshqara oladigan ijodkor yoshlar zarur. Yirik pedagog va maktab fizika eksperimentining ustalaridan biri «tajribaning muvafaqqiyati, albatta, birinchi bo'lishi kerak. Agar tajriba chiqmasa «tabiat ovozi» o'miga o'qituvchining ovozi eshitilsa, bunday tajribalardan yomon narsa yo'q. U holda tajriba o'ziga va yengib bolmaydigan ishonchsizlikni, zerikishni va hatto nafratni vujudga keltiradi - degan edi.
BMI da pedagogik texnologiya va metodika tushunchalari ochib berilgan,
Mexanika bo'limini zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali o'qitish metodikasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, o'quvchilarni fizikadan o'quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o'rgatish, laboratoriya mashg'ulotlarini AKT va pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Mexanika elementlarini o’qitishning ilmiy-metodik asoslari namoyishli tajribalar albatta yaxshi tushuntirish bilan birga olib borilishi kerak.Metodik jihatdan pedagogik texnologiyalarga tayangan holda yuqori saviyada bajarilgan va tugallangan. Ushbu malakaviy bitiruv ish bitiruv ishlariga qo'yiladigan barcha talablarga mos keladi, uni yakuniy attestatsiyada himoya qilishga tavsiya etaman. Bitiruvchining o'zini esa, bakalavr akademik darajasini olishga to'laqonli layoqatli
deb hisoblayman.

Ilmiy raxbar: Jumaniyozov E
Download 16.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling