O’zbekiston respublikasi xalq ta ’limi vazirligi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
OCHIQ DARS ISHLANMASI 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bir oyoqda jang” o`yini. O`yin qoidasi
Y A N G I M A V Z U B A Y O N I : O`quvchilar bir qatorga saflanadi va yangi mavzu bayoni o`quvchilarga tushuntiriladi. Yangi mavzu: Harakatli va milliy o`yinlar. “Kim kuchliroq?”, “Bir oyoqda jang”, “To`pchani ko`tar”, “Uchlik” o`yinlarini o`rganish va o`ynash. Eng avvalo o`quvchilarga o`yin qoidalari ko`rgazmali tarzda tushuntiriladi va birin- ketin milliy va harakatli o`yinlar o`ynaladi. A M A L I Y M A S H G ` U L O T L A R O R Q A L I Y A N G I M A V Z U N I M U S T A H K A M L A S H : “Kim kuchliroq?” o`yini. O`yin qoidasi: Raqiblar bir-biriga ro`parama-ro`para o`tirib, kattaroq tayoqchani ushlab turishadi. Ikkovlari oyoq tovonlarini bir-birlarinikiga tirab tayanishadi. Buyruqqa binoan, ishtirokchilar tayoqni ikki tomonidan ushlab, o`z tomonlariga torta boshlaydilar. Tabiiyki, kim raqibini yerdan biroz ko`tara olsa yoki o`zi tomoniga og`dira olsa o`sha g`olib bo`ladi. Ishtirokchilar buyruq bo`lganidan so`ng harakatlanishlari kerak. Tayoqni tortayotganda oyoqni uzib yuborish mumkin emas. “Bir oyoqda jang” o`yini. O`yin qoidasi: Aylanaga ikki nafar o`quvchi (bahs ishtirokchilari) kiradi. Ular dastlabki holatda turishadi: bir oyoqqa ko`tarilgan , u oyoqni chap qo`l bilan bolder tomonidan ushlanadi, o`ng qo`l esa orqaga bukilgan bo`lib, belni orqasida turadi. Ishoraga binoan ishtirokchilar sakrab turgan holatda, bir-birlarini yelkalari bilan aylanadan tashqariga chiqarib yuborishga harakat qilishadi. Raqibini tashqariga chiqarib yuborgan o`quvchi (ishtirokchi) g`olib chiqadi. Ko`tarib turgan oyog`ini yerga tushirib yuborish mutlaqo ta`qiqlanadi, oyog`ini tushirib yuborgan o`quvchhi (ishtirokchi) mag`lubiyatga uchragan hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling