O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
II bob. Duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan vositalar va ularning korreksion ish
Download 299.92 Kb.
|
Abduqayumova Feruza (2)
II bob. Duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan vositalar va ularning korreksion ish
2.1.Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan psixologik - pedagogik korreksion ish mazmuni Duduqlanuvchi bolalarga to‘g‘ri korreksion ta’sirni tanlash, logopedik ishning samarasini ko‘rish uchun bolani psixolog va pedagogik o‘rganish katta axamiyat kasb etadi. Logopedik ish amalda psixologo-pedagogik o‘rganishdan boshlanadi, bu ish davomida foydalaniladigan vosita va yo‘llarni tanlashga va ish samarasini oshirishga yordam beradi va o‘rgangandan so‘ng tavsiyalar berishga yordam beradi. Maktabacha bo‘lgan duduqlanuvchi bolalarning talaffuzini shakllantirish bo‘yicha ishlar bolalarning bog‘chadagi butun davrini qamrab olish kerak, logoped, tarbiyachi, musiqa raxbarining va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida amalga oshirilishi kerak. Bu ishlar bola uyiga ketganidan so‘ng davom etishi shart. U yerda bu ishlarni ota-onalari o‘z qo‘liga olishi kerak. Mazkur bobda bu ishlarni aloxida yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. 1.Nutqiy nafas olish ustida ishlash. To‘g‘ri nutqning eng muxim shartlaridan biri bu yumshoq va uzoq nafas chiqarish va yumshoq artikulyatsiya. To‘g‘ri nafas olish va aniq artikulyatsiya jarangdor ovoz uchun asos bo‘ladi. Nafas olish ovoz shaklanishi va artikulyatsiya bir butun jarayon bo‘lganligi sababli ularni ustidan ishlash bir vaqtda olib boriladi. Mashqlar asta-sekinlik bilan qiyinlashib boradi; nafas ustida ishlashdan oldin aloxida tavsiyalar, so‘ngra so‘zlar keyin qisqa jumlalar va she’rlar ustida ishlanadi. Har bir mashqda bolalar e’tibori xotirjam va yumshoq nafas chiqarishga aytilayotgan tovushlar balandligi va uzoq muddatligiga qaratiladi. Nutq nafasini va artikulyatsiya yaxshilashda boshlang‘ich paytlarda “so‘zsiz saxna”lar yordam beradi. Bunda logoped bolalarda xotirjam va boy nutq misollarini ko‘rsatadi. Shuning uchun boshlang‘ich paytlarda ko‘proq o‘zi gapiradi. “So‘zsiz saxna”larda elimentlari qatnashmaydi. Nutq materiali esa minimallashtirilgan bunda bolalarga nutq texnikasi asoslari beriladi va noto‘g‘ri nutqdan chegaralanadi. Bunday saxnalarda faqat ovoz o‘xshatishlar aloxida so‘zlar (ismlar), keyinchalik qisqa gaplardan foydalaniladi. Asta sekinlik bilan nutqiy material murakkablashadi. Qisqa yoki uzun ritmli jumlalar paydo bo‘ladi. Bunda tarbiyalanuvchilarni e’tibori so‘zlarni qanday talaffuz qilinishiga, qanday imo-ishoralardan foydalanishga qaratiladi. Ish jarayonida bolalarning tasavur qilish, yangi imo-ishoralardan foydlanish qobilyatlari rag‘batlantiriladi. 2.Qo‘g‘irchoqlar. Bolalarning faol nutqi barmoqlarining mayda xarakatlari rivojlanishi bilan bog‘liq. Duduqlanuvchi bolaning nutqiy matorikasi tartibliligini qo‘l barmoqlarini xir xil mayda xarakatlari yordam beradi. Qo‘g‘irchoq bilan ishlaganda uning uchun gapirganda bolalar o‘z nutqiga boshqacha qarashadi. O‘yinchoq butunlay bolaga bo‘ysunadi. Lekin shu vaqtning o‘zida bolani ma’lum bir xoldagi gapirishga va faolyatga undaydi. Qo‘g‘irchoqlar logopedga bildirmay bolalarning nutqiy buzilishlarini to‘g‘rilash imkonini beradi.Chunki tanbex bevosita bolaga emas, uning qo‘g‘richog‘iga beriladi. Masalan; “Lolaxon sen juda tez gapirding, biz xech nimani tushunmadik. Guli, unga xotirjam va tushunarli qilib gapirishni o‘rgatib qo‘y”. Bundan keyin bola tezligini pasaytirishga majbur bo‘ladi. Bundan bilvosita murojat bolalarni to‘g‘ri gapirishga undaydi. 3.Sahna ko‘rinishlar. Ma’lumki bola, ma’lum bir obrazga kirganda xotirjam va o‘sh gapirishi mumkin. Odamlarning asosan bolalarning boshqa “rol”ga kirish qobilyati maktabgacha bo‘lgan duduqlanadigan bolalar bilan ishlashda keng foydalaniladi. Boshqa “rol”ga kirish imkoniyati turlicha o‘yinlarda beriladi. Bunday o‘yinlarda bolalar to‘g‘i gapirishni va jamoada erkin muloqat qilishni o‘rganadilar, keyinchalik saxna ko‘rinishlar bayram dasturlariga kiritiladi. Bunday bolalarga qiyinroq sharoitda o‘zining ko‘rsatish imkoni beriladi. Sahna ko‘rinishlar logoped bolalarga aktiyorlik san’atini o‘rgatmaydi. Bunda bolalar uchun, quvonchi, erkin sharoit yaratib beriladi. Bunday bolalar ijodiy o‘yinlarga va erkin nutqga undaladi. Barcha saxna ko‘rinishlar tomoshabin xuzurida bo‘lishi kerak. U bolalarda ma’suliyat, o‘z rolini yaxshi o‘ynash va aniq nutq bilan so‘zlash xoxishini uyg‘otadi. Duduqlanuvchi bolalarning logoped guruxi sharoitida saxna ko‘rinilari qo‘yidagi rejasidan foydalanishi tavsiya etiladi; tayyorgarlik, qismlarni tanlab olish, rollarni bo‘lib berish, saxna ko‘rinishi. Tayyorgarlik ishlari bolalarni saxna matni bilan tanishtirish uchun muxim. Logoped matni rollarda beradi (matn katta bo‘lmagan xolda). Matn katta bo‘lsa uning ma’lum bir qismi beriladi xolos. Bolalar logoped ketidan so‘zlarni takrorlaydilar. Keyinchalik savol-javob suhbatidan nutqi, imo-ishoralari qanday bo‘lishi kerakligi aniqlanadi. Bunday tayyorgarlik bolalarni ijodga undaydi. Saxna ko‘rinishlarda turlicha qismlar kerak bo‘ladi. Niqoblar, kiyimlar bo‘lishi mumkin. Bunda logoped bolalardan u yoki bu qismni qanday tayyorlanganligini ularni gapirishga undaydi. Rollarni bo‘lib berishda logoped bolalarning imkoniyatlarini xisobga olishi shart. Bunda bolaga boshqalar bilan bir darajada o‘zini ko‘rsatish imkoni berilishi muxim axamiyatga ega. Bolaga rolning katta, kichikligining axamiyati yo‘q. Bola nutqiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishi, o‘ziga xos bo‘lmagan obraz yaratayotganligi muximdir. Rivojlanishda yosh va o‘ziga xoslikning birligi. Bu bolaga uning yoshiga qarab rivojlanishida individual yondoshishni bildiradi. Korreksion ish bola shaxsi shakllanishi uchun ketma-ket keladigan yosh bosqichlari ahamiyatini tushunish, psixik rivojlanishning asosiy qonuniyalarini bilishni ko‘zda tutadi. Normal rivojlanishning yoshga ko‘ra orienterlari mavjud. Normal rivojlanish deganda bolaning yoshiga mos ravishda uyg‘un ruhiy rivojlanishi tushuniladi. Rivojlanishni korreksiyalashning birligi. Korreksion ishning vazifalari faqat to‘liq diagnozlash va rivojlantirishning eng yaqin prognozlarini baholash asosidagina qo‘yilishi va tushunarli bo‘lishi mumkin. Bu bolaning eng yaqin rivojlanish zonasidan kelib chiqib belgilanadi. Korresiya va rivojlantirish o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Psixologik koreksiya vazifalarini hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatni diagnostik korreksion yoki diagnostik-rivojlantiruvchi ish deb aytish mumkin. D.B.Elkonin maxsus diagnostika zarurligini va bolalarni tanlab olishga emas, balki ularning ruhiy rivojlanishidagi aniqlanadigan nuqsonlarni to‘g‘rilash maqsadida nazorat qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. U ta’kidlaganidek, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni imkon qadar ertaroq to‘g‘irlash uchun rivojlanish jarayonini juda jiddiy nazorat qilish zarur. Psixodiagnostika bolalarning individual va psixologik xususiyatlari, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘qishdagi qiyinchiliklari, bolalardagi individual farqlarning yosh dinamikasi. Shu jumladan jinsiy dimorfizmning namoyon bo‘lishi to‘g‘risida axborot olish imkonini beradi. Ontogenezda rivojlanish murakkab tizimli harakterga ega. Diagnostik tekshiruv aynan shu sabab-oqibat aloqalarining yaxlit tizimli ko‘rinishini , ayrim buzilishlarning aniqlangan belgilari, og‘ishishlar va ularning sabablari o‘rtasidagi mohiyat munosabatlarini ochib berish imkonini beradi. Psixologik diagnoz faqat psixologik tekshiruvlar asosida o‘tkazilmay, balki olingan ma’lumotlarni aniqlangan xususiyatlar hayotiy vaziyatlarda qanday namoyon bo‘lishi bilan taqqoslashni ko‘zda tutadi psixologik diagnozni qo‘yishda olingan ma’lumotlarni muayyan bolaning eng yaqin rivojlanish zonasini hisobga olgan holda yosh bo‘yicha taxlil qilish katta axamiyatga ega. Korreksiyani amalga oshirish jarayonida turli faoliyatlarga tayanilsa, bu tamoyil quyidagi maqsadga erishishning vositalari, yo‘llari va usullarini belgilab beradi. Faoliyat tamoyili bolani o‘zining aynan faol faoliyatini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi ekanligini, har bir bosqichida ontogenezning ushbu davrida bolaning rivojlanishiga eng ko‘p yordam beradigan yetakchi faoliyat mavjudligini, har qanday inson faoliyatini (bizning xolatda o‘yin va o‘qishning) rivojlanishi maxsus shakllantirishni talab etishini tan olishga asoslangan (A.N.Leontev, P.Ya.Galperin, S.L.Rubinshteyn va boshqalar). Bu tamoyil bolaning o‘zining kattalar bilan xamkorlikdagi faoliyatining tegishli turlarini tashkil etish orqali psixologik pedagogik ish olib borishni ko‘zda tutadi. Masalan, o‘quv faoliyatida bolaning qiziquvchanlik, intiluvchanlik, bilim va kashfiyotlarini bilishga, qidirishga chanqoqligiga asoslangan o‘z faolligi muvafaqiyatga olib keladi. Barcha bolalarga tabiatan rivojlanish qonuniyati: atrof dunyoni xis qilish va idrok etish, o‘ylash, gapirish, muloxaza yuritish, tasavvur etish, eslab qolish, hoxlash, xis qilish, qayg‘urish, zo‘r berish, erishish va boshqa qobiliyatlar ato etilgan bo‘ladi. Lekin bu qobiliyatlarni bola tug‘ilgan vaqtdan boshlab rivojlantirib borish kerak. Bolalar bog‘chasida va maktabda kattalarning koreksion xarakatlari bolalarni tarbiyalanishi va o‘qishi uchun aynan shunday sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarurki, bu sharoitlar bola xayotining oldingi yillaridagi rivojlanishida yuzaga kelgan kamchiliklar va xatolarni bartaraf etishga yordam bersin. Download 299.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling