O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 299.92 Kb.
bet2/7
Sana07.05.2023
Hajmi299.92 Kb.
#1436747
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduqayumova Feruza (2)

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmik mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish omillarini o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
- Tegishli falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
- Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar psixologik xususiyatlarini o‘rganish;
- logoritmika mashg‘ulotlarini tashkil etish va rejalashtirishda eng maqbul usullarini o‘rganish.
Kurs ishining obyekti: maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmik mashg‘ulotlarida olib boriladigan korreksion pedagogik jarayon
Kurs ishining metodologik asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim tog‘risida” gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmon va qarorlari, Sikorskiy I.A. duduqlanish ko‘pincha erta yoshda namoyon bo‘lishi va psixologik xususiyatlari erta yoshda ham namoyon bo‘lishi haqidagi qarashlari va monografiyasi, Gilyarovskiy V.A. duduqlangan bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish asarlari, Drapkin B, Volkova G.A, Belyakova L.I. Dyakova E. A, Rau E.Yu, Karpova N.L kabi olimlarning qarashlari, logoritmika va logopediyaga oid maxsus metodikalar, shu yo‘nalishda yozilgan ishlar metodologik asosni tashkil etadi.

Kurs ishi 2ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.



I Bob. Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmik mashg‘ulotlari muammosini o‘rganishning ilmiy- nazariy asoslari

    1. Muammoni pedagogik psixologik va metodik adabiyotlarda yoritilishi

V.M.Bexterev musiqaning kichik yoshdagi bolalarni estetik, ma’naviy tarbiyalashdagi ahamiyatini ko‘rsatdi. U kichik yoshda tarbiyaning muhimligini ta’kidladi, chunki rivojlanayotgan shaxsning ilk qadamlari birmuncha qiyin va ayni damda birmuncha muhimdir. Barvaqt egallangan narsa kechroq egallanganlaridan mustahkamroq ushlanadi. Chunki kechroq egallanganlari asabiy-psixik faoliyatning bo‘linishi yoki buzilishida tez yo‘qotiladi. V.M.Bexterev bolaning eshitish qobiliyatiga muvofiq bolaning diqqatini musiqaga jamlagan holda musiqiy piesalarni tinglash yo‘li bilan bolada musiqaviylikni sekin-asta rivojlantirish muhimligini ta’kidlaydi.


Bolalar musiqaga, qo‘shiq ovoziga ekspressiv nutq rivojlanishiga qadar reaktsiya qiladilar. Bu yerda so‘z emas, mashhur ritm rol o‘ynaydi. Yoshi kattalashgan sari bolaga tonlar balandligidagi u yoki bu o‘zgarish ta’sir qila boshlaydi, bola bir musiqaga diqqat va tinchlanish bilan, boshqasiga esa yig‘i bilan reaktsiya qiladi. Biroq kechroq tembr yoki musiqiy bezak ta’sir qilishni boshlaydi, chunki bu vaqtda bola nutq tonini farqlaydi. Biroq bolaning musiqiy piesaga diqqatini qaratishga amal qilish yetarli emas.
V.M.Bexterev musiqaning bolalar eshitish qobiliyatining rivojlanishidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratdi. Bolalar juda erta ritmni eslab qoladilar, hatto nutqqa qobiliyati bo‘lmagan bolalar ham qo‘shiqning ohangini kuylashlari mumkin.
V.M.Bexterev bolalarda musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish tarbiya jarayonida kam emas, aksincha, tasviriy san’atdan ko‘ra ko‘proq rol o‘ynaydi sababi musiqa kichik yoshdan boshlab estetik hissiyotni uyg‘otishga qodir.
Musiqaning bolalarga ta’siri, uning estetik, aqliy, jismoniy tarbiyadagi ahamiyati haqida M.Ya.Basov, N.G.Aleksandrova, N.A.Vetlugina, A.V.Keneman, Ye.I.Zotkina va boshqalar yozganlar.
M.Ya.Basovning ko‘rsatishicha, bola shaxsini o‘rganish agar u ma’lum ma’noda musiqa orqali oshiriladigan maxsus shakl bo‘lmish harakat faoliyatiga qo‘llanilmasa to‘liq bo‘lmaydi. Nafaqat harakatni o‘rganishda, balki boshqaruv jarayonlarida ham oraliqlar yuzaga kelgan bo‘lardi, ular esa musiqa ta’siri ostida juda yaqqol yuzaga chiqadi. Insonda bolalik yoshidan umumiy musiqaviylikni tarbiyalash zarur. Uning belgilari quyidagilar hisoblanadi:
1. Musiqiy ko‘rinishni tinglash, taqqoslash, baholash qobiliyati. Bu elementar musiqiy-eshitish madaniyatini, ixtiyoriy eshitish diqqatini talab qiladi. Masalan, bolalar sodda musiqiy tovushlar (yuqori va past tonlar, royal va skripkaning jaranglash tembri) ni taqqoslaydilar, oddiy musiqiy asarlar tuzilmasini (qo‘shiq va naqoratni xirgoyi qilib, pyesadagi qismlar miqdori va h.k.) farqlaydilar, kontrast bo‘lgan badiiy obrazlar (xirgoyining erkalovchi, cho‘ziq xarakteri, naqoratning energiyasi, harakatchanligi) ni belgilaydilar.
2. Ijodga iqtidor. Masalan, bola yurayotgan odamning qadami, og’ir odimlayotgan ayiq, sakrayotgan quyonning harakatlarini berish uchun harakatlarni izlaydi.
Musiqa bolalarning aqliy qobiliyatlarini faollashtirish vositasi hisoblanadi, chunki uni anglash diqqatni, kuzatuvchanlik, onglilikni talab qiladi. Bolalar musiqani tinglaydilar, tovushlarni o‘zaro solishtiradilar, badiiy obrazlarning xarakterli mazmunli xususiyatlarni belgilaydilar, asar tuzilmasini farqlashni o‘rganadilar. Tinglangan musiqa haqidagi suhbatlar dastlabki umumlashtirishlar va qiyoslashlar qilishga o‘rgatadi: bolalar piesalarning umumiy xarakterini aniqlaydilar, adabiy matn musiqiy vositalarda qanday aks etganini anglaydilar. Musiqa san’atning boshqa turlari kabi hayotiy ko‘rinishlarni aks ettirarkan, u ma’rifiy ahamiyatga ham ega.
Musiqa bolaning ma’naviy siymosining shakllanishiga ko‘maklashadi. Masalan, Vatan, O‘zbekiston haqidagi qo‘shiqlar vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otadi; xorovodlar, turli xalqlarning qo‘shiqlari dunyoqarashni kengaytiradi, baynalminal tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Jamoaviy qo‘shiqlar, o‘yinlar, raqslar bolalarni umumiy kayfiyat qamrab olganda do‘stona, umumiylik, hamdardlik tuyg‘usini mustahkamlaydi.
Musiqa harakat bilan izchil bog‘langan. Musiqa va harakat – harakatlanuvchan malakalar, ritmik mashg‘ulotlarni shakllantirishning asosiy vositasidir. Badiiy obraz musiqiy ma’noli vositalarning uyg‘unligi va ketma-ketligi yordamida beriladi. Harakat ham vaqtda joylashadi: uning xarakteri, yo‘nalishi o‘zgaradi, rasm qurilishi avj oladi. Musiqada kontrastlik va takrorlanish harakatda aynan o‘xshash xususiyatlar uyg‘otadi. Murakkab bo‘lmagan ritmlar, chapak chalish, oyoq bilan dukillatish orqali yuzaga chiqariladi. Dinamik templi belgilar kuchlanish, tezlik, amplitudalar va harakat yo‘nalishi o‘zgarishi orqali beriladi. Harakat, o‘z navbatida, harakatga aloqida aniqlik beradigan musiqiy asarni to‘laroq anglashga yordamlashadi. Musiqa va harakatning bu o‘zaro harakatida musiqa yetakchi o‘rinni egallaydi. Musiqa bilan boyigan harakat badiiy obrazlarni aks ettirishda o‘ziga xos bo‘ladi.
B.M.Teplov musiqani har qanday to‘laqonli anglash faol jarayon turli-tuman jismoniy ko‘rinishlarni o‘z ichiga oluvchi “yumushlarni” ko‘zda tutishini ta’kidlaydi.
Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar logopedik yordamga murojaat qilgan lahzada u yoki bu darajada musiqiy madaniyatga va musiqa xarakterini bera olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun logoritmik mashg‘ulotlar pedagogning tushuntirishi va ko‘rsatishidan keyin ular eshitish orqali anglangan musiqani jismoniy harakatga aylantirishni uddalaydilar, ya’ni musiqiy kuzatuvning o‘zgaruvchan tempiga bog‘liq ravishda qadamni tezlatish yoki sekinlatish bilan musiqa ostida yura oladi. Bu shaxslar yetarlicha o‘zlarining vujud(badan)larini boshqaradilar, chapak, qadamlar bilan ijro etilgan piesaning ritmik suratini birmuncha ko‘proq yoki kamroq darajada aniq yuzaga chiqara oladilar. Badanni boshqarishning kamchiliklari yuzaga chiqishi mumkin: o‘ta zo‘riqish yoki lanjlikning va motor apparatini boshqara olmaslik. Yetarlicha sezgir eshitish qobiliyati bo‘lgan, epchil harakatlanuvchan apparatga, ijodiy qobiliyatga va ba’zi artistlikka ega bo‘lgan odamlar temp almashinuvi, metr va dinamik farqlanuvchi musiqa ostida ancha murakkab harakatlarni (masalan, koptok bilan) bajarishi mumkin.
Musiqa bolalar harakat muhitining rivojlanishida ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Ular musiqa ostida harakatlarni bajararkanlar u yoki bu obrazni tasavvur qiladilar, uni o‘zlaricha yangi, noan’anaviy aloqalar, raqsning elementlarini uyg‘unlashtirgan, personajning xarakterli harakatlarini bergan holda yuzaga chiqaradilar. Ijodiy tasavvur musiqa mazmunini boshdan kechirishga majbur qiladi, bu esa ijro sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa ostida ritmik harakatlar tashqi qo‘zqatuvchiga o‘z vaqtida, anglagan reaktsiyani, bir harakatdan boshqasiga o‘z vaqtida o‘tishni, tez va aniq to‘xtay olish malakasini talab qiladi. Shunday qilib, harakatda turli xarakterdagi mavzularda o‘zgaruvchan ritmni berish –bolalarning ritmik mashq qilishida asosiy usul, ritm tuyg‘usini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lidir.
Bolalar bilan musiqiy ritm (temp, xarakter, shakl) ning tavsifnomasi, musiqiy bo‘lakning dinamik to‘liqligi, shundan keyin frazirovkaning o‘ziga xosligi, ritmik rasmning detallari, taktlar o‘lchovi o‘rganiladi. Mashg‘ulotlarda musiqiy asar tempining namunalari tez, sekin va o‘ta sekin, o‘rtamiyona va ularning belgilari (italyan tilida) beriladi: lagro – o‘ta sekin, keng, davomli; adagio – sekin, mayin, sokin; lento – sekin; andante – yetarlicha sekin, shoshmasdan; vivace – tez, chaqqon; presto – juda tez, shoshqin. Tempda turqunlik tarbiyalanadi (ayniqsa, o‘quvchilarda), chunki bu malaka anchagina qiyin o‘zlashtiriladi – musiqa tugaganidan keyin shuqullanuvchilarda harakatni tezlashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Bir tempdan boshqasiga o‘tishni, sekin-asta tezlashuvchi va sekinlashuvchi harakatlar ustida ishlashni ham tarbiyalash zarur. So‘ng bemorlar musiqaning dinamik ohangi va muvofiq atamalarni o‘zlashtiradilar: forte – baland, kuchli; mezzo-forte – o‘rtacha balandlik; piano – sekin, zaif; fortissimo – o‘ta baland va h.k
Logoritmik mashg‘ulotlarda tinglash uchun o‘z ichida bo‘linishi bo‘lmagan musiqiy namunalar beriladi. Vazifa o‘z harakatining boshi va oxirini musiqiy namunaning boshi va oxiri bilan aniq boqlash, musiqiy fikrning oqimi bilan cheklangan vaqt oraliqida ulgurishdir. Keyin muddat ichida aniq ifodalangan bo‘laklar bilan namunalar beriladi. harakatda musiqiy fikr ichidagi bo‘laklarni shunday aks ettirish talab qilinadiki, unda qar bir gap yoki frazaga ushbu musiqiy bo‘lakning boshi hamda oxiriga mos tushuvchi qaysidir harakat javob qilsin. Musiqiy shakl va ibora ustida ishlash musiqaning qismi va frazalarini vaqtli tarqatish orasida aloqani va maydon bo‘yicha shaxs yoki shaxslar guruhining harakatlanishida makoniy taqsimlashni belgilab makonda harakatlarni rejalashtirish imkonini beradi
Yuqorida bayon etilgan fikrlarni tahlil etib, kurs ishining muammosi aniqlandi. Bizning har tomonlama izchil psixologik-pedagogik tekshiruvlar asosida korreksion ta’lim tizimini ishlab chiqish va bolalarning potensional imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish mumkin.

Download 299.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling