O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Tallomli tuban o‘simliklar — Thallophyta
Download 126.68 Kb.
|
Yuksak va tuban o’simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘k-yashil suvo‘tlar — Cyanophyta.
- Diatom suvo‘tlar — Dtatomeae.
Tallomli tuban o‘simliklar — Thallophyta
Suvo‘tlar.Suvo‘tlar nomi bilan ataladigan organizmlar ko‘k-yashil, yashil, diatom, qo‘ng‘ir, qizil, xrizomonad, pirrofit suvo‘tlar kabi truppalarga (toifalar) bo‘linadi. Ularning hayoti doimo suvda yoki suvli muhitda o‘tadi. Shu sababli suvo‘tlar deb ataladi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar — Cyanophyta.Ko‘k-yashil suvo‘tlar tipiga eng sodda tuzilgan bir hujayrali, ko‘p hujayrali va kolonial organizmlarning 1’400 vakili kiradi. Ularning hujayrasida yashil rang beruvchi xlorofill, ko‘k rang beruvchi va qizil rang beruvchi fikotsian, fikoeritrin pigmentlar mavjud bo‘lib, ular birgalikda o‘simlikni ko‘k-yashil rangga bo‘yab turadi. Shunga ko‘ra ular ko‘k-yashil suvo‘tlar deb atalgan. Ko‘k-yashil suvo‘tlar hujayralarining shakli sharsimon, uzunchoq va boshqa xillarda bo‘lib, tashqi tomonidan shilimshiq pektinli parda bilan o‘ralgan. Hujayra yadro, pirenoid, xromatofor kabi qismlarga bo‘linmagan. Bu esa ko‘k-yashil suvo‘tlarni eng tuban bosqichdagi sodda organizmlardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Bunday organizmlarning paydo bo‘lishi va Yer sharida keng tarqala boshlashi proterozoy erasidan boshlangan. Ko‘k-yashil suvo‘tlar hujayraning ikki yoki bir necha bo‘lakka bo‘linishi bilan ko‘payadi va bir-biridan ajralib mustaqil holda yashay boshlaydi. Buni vegetativ yo‘l bilan ko‘payish deyiladi. Diatom suvo‘tlar — Dtatomeae. Diatom suvo‘tlar tipiga bir hujayrali va koloniya bo‘lib yashovchi organizmlarning 10–15’000 tacha turi kiradi. Hammasi mikroskopik organizmlardir. Diatom suvo‘tlar yumaloq, tayoqchasimon, qutichasimon va h. k. shaklda bo‘lib, hujayralarining po‘sti pektin moddasidan tashkil topgan va tashqi tomondan qumtuproq (SiO2) bilan qoplangan. Diatom suvo‘tlar hujayrasida xlorofill pigmentidan tashqari karotin pigmenti ham mavjud. Shuning uchun bu xildagi suvo‘tlarning rangi sariq yoki qo‘ng‘ir-sariqdir. Diatom suvo‘tlar hujayrasining ichida yadro, vakuol, xromatofor va protoplazma kabi qismlar bor. Ko‘pchilik vakillari dengizlarda, ba’zilari esa ko‘lmak suvlarda, zax yoki nam tuproqlarda yashaydi. Diatom suvo‘tlar hujayraning ikki bo‘lakka bo‘linishi bilan ko‘payadi. Bunda hujayraning epiteka (katta) va gipoteka (kichik) pallalari ikki tomonga ajralib, bir-biridan uzoqlashadi va har biri o‘z navbatida o‘ziga yangi gipoteka hosil qiladi. Hujayra yil davomida bir necha marta bo‘linib ko‘payib turadi. Shunday ketma-ket bo‘linishlardan keyin yilning ma’lum bir davrida organizmning hajmi shunchalik kichrayib qoladiki, endi navbatdagi bo‘linishga imkon bo‘lmay qoladi. Shunda ulardan 2 tasi o‘zaro qo‘shilib, auksospora deb ataluvchi sporaga aylanadi. Auksospora tinim davrini kechirgach, o‘sa boshlaydi va dastlabki kattalikka yetadi. Shundan keyin yana navbatdagi bo‘linish boshlanadi.Diatom suvo‘tlarning pinnulyariya, tsiklotella, navikula, melozira, asterionella, surirella, tabellariya, xetotseros kabi turlari tabiatda keng tarqalgan. Diatom suvo‘tlar hujayrasidan tashqariga shilimshiq modda chiqib turadi va shu yordamida organizm tanasi sekin harakatlanadi. Dengizlarda yashovchi diatom suvo‘tlar halok bo‘lgach, tanasini qoplab turgan qumtuproq yoki diatomit deb atalgan tog‘ jinsi dengiz tagiga cho‘kib, bir necha million yillar davomida qalin qatlam hosil qiladi. Diatomit g‘ovak va yengil bo‘lganligidan undan termoizolyatsion materiallar, g‘ovak g‘ishtlar va portlovchi modda — dinamit tayyorlashda ishlatiladi. Download 126.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling