O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 126.68 Kb.
|
Yuksak va tuban o’simliklar
2.2 Tuban o’simliklar
Suvo‘tlar, bakteriyalar, shilimshiqlar, zamburug‘lar, lishayniklar kabi gruppa o‘simliklari juda sodda (ildizsiz, poyasiz, bargsiz) tuzilishga ega bo‘lib, ularning tanasi tallom (qattona) yoki mitseliy deb ataladi. Bu xildagi o‘simliklarga tuban o‘simliklar deyiladi. Moxlar, plaunlar, bo‘g‘imlilar, paporotniklar, ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilar (yoki gulli o‘simliklar) — yuksak o‘simliklar deb ataladi. Barcha yuksak o‘simliklarning tanasi (ba’zi bir boshlang‘ich yuksak o‘simliklardan mustasno) ildiz, poya, barg kabi organlarga ega. Ular vegetativ (o‘sishni ta’minlovchi) organlar hisoblanadi. Vegetativ organlardan tashqari ko‘payish vazifasini o‘taydigan organlar ham mavjud. Moxlar, paporotniklar, plaunlar, qirqbo‘g‘imlar kabi o‘simliklar sporalar yordamida ko‘payadi. Shuning uchun ham ular ba’zan sporali o‘simliklar deb ham yuritiladi. Ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklarda ko‘payish vazifasini urug‘dan tashqari vegetativ organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak, piyoz, barg va h. k.) ham bajaradi. Yer yuzidagi barcha o‘simliklar (tuban va yuksak o‘simliklar) ovqatlanishga ko‘ra uch gruppaga: avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi), geterotrof va simbioz organizmlarga bo‘linadi. Avtotrof organizmlarga suvo‘tlarining barchasi, moxlar, paporotniklar, plaunlar, bo‘g‘imlilar, ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar kiradi. Avtotrof ovqatlanuvchi organizmlar quyosh nuridan foydalangan holda havodagi karbonat angidrid (CO2) gazini qabul qiladi va o‘z tanasidagi (yoki tallomidagi) bu gaz suv bilan birikadi. Murakkab ximiyaviy reaktsiya sodir bo‘lishi natijasida o‘simlik tanasida (bargida, tallomida) organik modda hosil bo‘ladi. Bu organik modda kraxmal shaklida to‘planadi va keyinchalik o‘simlik hayoti uchun zarur bo‘lgan protsesslarda sarf bo‘ladi. Bunday murakkab ximiyaviy protsess fotosintez deb nomlanadi. Fotosintez protsessi tuban o‘simliklar hujayrasidagi xromatofor tarkibiga kiruvchi pigmentlar (xlorofill, karotin, fikotsian, fikoeritrin, fukosantin), yuksak o‘simliklarda esa ularning barg hujayralaridagi xlorofill — yashil tanachalar ishtirokida sodir bo‘ladi. Fotosintez protsessining formulasini quyidagicha ifodadalash mumkin: 6СО2 + 6Н2О = С6Н12О6 + 6О2 + 624 Boshqacha qilib aytganda, o‘simlik 6 molekula, ya’ni 264 g karbonat angidrid, 6 molekula (180 g) suv va 674 kkal quyosh energiyasi yutganda 1 molekula (180 g) uglevod hosil bo‘lib, 6 molekula (192 g) kislorod ajraladi. Fotosintez natijasida xloroplastda hosil bo‘lgan uglevod (shakar) fermentlar yordamida polimerlanib, xloroplastlarda kraxmalga aylanadi. Bu kraxmal molekulalari diastaza deb ataluvchi ferment ta’sirida yana shakarga aylanadi va so‘ngra o‘simlik organlariga tarqaladi. Bu hodisa ko‘proq qulay temperaturada, ya’ni tungi soatlarda sodir bo‘ladi. Geterotrof organizmlarga bakteriyalar, shilimshiqlar va zamburug‘lar kiradi. Ular tayyor ovqat (organik modda) hisobiga yashaydi.Uchinchi gruppaga esa zamburug‘lar bilan suvo‘tlarning birgalikda xamkor bo‘lib yashashidan tashkil topgan lishayniklar va zamburug‘larning ba’zi yuksak o‘simliklar ildizida hamkor bo‘lib yashovchi vakillari kiradi. Geterotrof organizmlarning o‘zi parazit va saprofit kenja gruppachalarga bo‘linadi. Parazit deb boshqa biror tirik organizm (xo‘jayin) hisobiga yashovchi organizmlarga aytiladi. Saprofit deb boshqa biror o‘lik (xo‘jayin) organizmda yashovchi organizmlarga aytiladi. Endi biz yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tuban va yuksak o‘simlik gruppalari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Download 126.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling