O‘zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tarix fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi


Download 49.6 Kb.
bet4/4
Sana16.08.2020
Hajmi49.6 Kb.
#126497
1   2   3   4
Bog'liq
Sunat diplom ishi


1-bosqich. Doira stoli mavzusi: “Tarbiyasi qiyin o’smirlar tomonidan darsga qatnashish, o’tiladigan predmetlarga, o’qishni qiziqishlarini orttirish”. Turli nuqtai nazarlardan muammoga qarash. Mazkur mavzuga oid so’rovnomalar o’tkazgan, intervyu olib borgan turli tuman ma’lumotlarni to’plagan o’qituvchilar va boshqa qatnashchilarning chiqishlari.

2-bosqich. Individual ish – “Tarbiyasi qiyin o’smirlarni o’qishga qiziqishini oshirish uchun qanday yondashuvlarni taklif etgan bo’lardingiz?”

3-bosqich. Individual ish muhokamasi: “Kichik guruhlarga birlashing va o’z ro’yxatingiz asosida bitta umumiy ro’yxat tuzing. Ularni o’zingizning aklif va mulohazalaringiz bilan to’ldiring”.

4-bosqich. Doira stolining har bir qatnashchisi ishtirokiga bog’liq bo’lgan birgalikda qaror qabul qilish. Fikrlar, o’xshash muammo bo’yicha o’z ish tajribasi bilan o’rtoqlashish, muammoga o’z nuqtai nazarini bayon qilish. Qo’yilgan vazifani hal qilishga olib keluvchi yo’llarni izlab topish.

5-bosqich. Doira stoli ishi natijasi. Doira stoli ishining natijasi ta’lim muassasalarida o’qitiladigan predmetlar bo’yicha o’qishga qiziqishni orttirish borasidagi birgalikdagi tadbirlar rejasi asosida yaratiladi. Qatnashchilar o’smirlar uchun foydali ma’lumotlarni o’z ichiga olgan qo’llanmalar chiqarishga kelishib oladilar. Unga mutaxassislarning telefon raqamlari va o’quv muassasasi o’smirlari uchun qabul soatlarining vaqti kiritildi, shuningdek, mazkur mutaxassislarga murojaat qilish mumkin bo’lgan taxminiy savollar ham keltiriladi.

Doira stolining umumiy ish jarayonida tarbiyasi qiyin o’smirlarning shaxslilik rivojlanishiga yagona ijobiy ustanovka shakllandi uni amalga oshirish esa turli yo’nalishdagi mutaxassislarning harakatlari to’plami sharoitida yuz berdi. Bularning hammasi pedagogning tarbiyasi qiyin o’smirlardagi “men timsoli”ni 50

korreksiya qilish bo’yicha kasbiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan “Jamoatchilik” modulini qo’llash natijasi o’qituvchining deviant o’smirlar bilan ishiga berilgan urg’uni o’zgartirish, o’zaro ta’sirnin har bir qatnashchisida shaxsiy tashabbuskorlik va ijtimoiy mas’uliyatni dolzarblashtirish bo’ldi. Demak, biz tavsiya etgan mazkur dasturning qo’llanilishi tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlashda pedagoglar uchun muhim yo’llanma sifatida xizmat qiladi. 51

22. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlashda pedagog faoliyatining psixologik samaradorligi
O’tkazilgan tadqiqot va majmuaviy modelni amalga oshirish shuni ko’rsatdiki, pedagogik jamoaga yordam ko’rsatishda psixologning o’qituvchidagi tarbiyasi qiyin o’smirlarning “Men timsoli”ni korreksiya qilish borasidagi psixologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari muhim rol o’ynaydi. O’qituvchilar o’smirlar va hamkasblari bilan ishlashda va muomalada ularga ijodiy yondashuvni amalga oshirishda xalaqit berayotgan o’smirlar tomonidan deviant xulq-atvor shakllarining namoyon bo’lishiga tolerantlik reaksiyalarini namoyish qilish ko’nikmalarini oldilar. Pedagoglar o’z hissiyotlarini tushunishga bo’lgan qobiliyatlarini rivojlantirdilar, ularni aloqani buzmasdan bevosita namoyon qilishga o’rgandilar. Guruh va psixolog qo’llab-quvatlashi ostida o’qituvchilar o’zlarini tabiiy va bemalol tutishni, o’zlarini namoyon qilishda ekspressivroq va ijodiyroq bo’lish ko’nikmalarini oldilar. Shuningdek pedagoglarda o’zgarayotgan vaziyatga tez va adekvat munosabatda bo’lish qobiliyatida namoyon bo’ladigan ulardagi xulq-atvor egiluvchanligi sezilarli ravishda ortdi. Pedagoglarning o’smirlar bilan aloqalari chuqurroq va emosional jihatdan to’laroq bo’lib qoldi, bu esa o’z navbatida sezilarli samaralar beradi. Yuz bergan o’zgarishlarni tasdiqlash uchun psixodiagnostik tadqiqotning to’rtinchi bosqichi o’tkazildi, u o’z ichiga quyidagilarni oldi:

- o’quvchilar va o’qituvchilarda anketa o’tkazish;

- O’qituvchi va o’quvchilarning darsdagi leksikasi semantik maydonini tahlil qilish;

52


- Ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik so’rovnomasi (K.Rodjers va M.Daymond).
Pedagoglarda anketa o’tkazishda “ Sizning o’quv yurtingizda yagona vazifalar, huquqlar va majburiyatlar bilan ishlovchi yagona pedagogik jamoa shakllangan deb ayta olasizmi?” degan savolga 87% o’qituvchilar “Ha, aytish mumkin deb o’ylayman” deb javob berdilar. 73% o’qituvchilar esa o’quvchilar bilan shakllangan munosabatlardan qoniqqanligi ma’lum bo’ldi. Ularning hayotiy rejalari mazkur o’quv yurtida amalga oshirilishidan qoniqqanlar:

- to’la qoniqqan – 17%;

- asosan qoniqqan – 53%;

- aniq aytish qiyin – 20%;

- kam qoniqqan – 10%.
Mazkur modelning o’qituvchini kasbiy kompetentlik mazmuni va tuzilmasiga ta’siri natijalarini taxlil qilish usullaridan biri o’qituvchini darsdagi leksikasi semantik maydonining tadqiq etishdan, shuningdek qatnashchilarning ish tugagandan so’nggi o’z o’ziga hisobotlari va taqrizlaridan iborat.

Ishda ishtirok etgan pedagoglar fikrlaridan bir nechta namunalar keltiramiz:

- “Bu dastur menga kasbiy faoliyatimda yordam berdi. Men o’z o’quvchilarimni yaxshiroq tushuna boshladim. Menda ular bilan yanada iliqroq munosabatlar o’rnatildi. Mening ko’zim ochildi. Nazarimda yaxshiroq dars o’tayotganga o’xshayman”.

53


- “Men juda ko’p qo’rqqandim: boshqa odamlarning bahosidan, tanqididan. Men o’z qo’rquvlarim va o’zimga ishonmasligim sabablarini tushunib yetdim. Men o’z ishimni sevishimni tushundim. Doira stoli menga maktabimiz o’quvchilariga yordam berish xoxishimda yolg’iz emasligimni tushunishimga yordam berdi”.

- “Bizning o’quvchilarimiz bilan ishlashda boshqa mutaxassislarning qatnashishi menga mazkur o’quvchilarimizdan ko’pchiligi maktabni bitirib, o’zlariga yaxshi ish topa olishlari uchun umid bag’ishladi”.


Bu jarayonning eng muhim tarkibi bizning fikrimizcha, o’smirlar hayoti va muvaffaqiyatining eng emosional yoqimli vaziyatini yaratishdan iborat. Buning natijasi sifatida o’smirlardagi dezadaptasiya ko’rsatkichlarining pasayishini ham sanab o’tish mumkin.

Shkalalarning o’rtacha qiymati quyidagi ko’rsatkichlarning sezilar-sezilmas pasayishini ko’rsatdi:

- Sb – o’zini qabul qilmaslik;

- Eb – emosional diskomfort;

- Ib - tashqi nazorat.
O’smirlarning katta asosiy guruhida moslashuvchanlik ko’rsatkichi kattaligi (Aa) norma doirasida ekanligi namoyon bo’ldi, uning pasayishi birorta ham o’smirda kuzatilmadi. Bu ko’rsatkichning ozgina ko’tarilishi faqatgina bitta o’smirda kuzatildi. Dezadaptasiya ko’rsatkichining o’rtacha qiymati (Ab) ham me’yor doirasida ekanligi ma’lum bo’ldi, biroq standart og’ishning ahamiyatli 54
kattaligi guruhlarning bir xil emasligidan dalolat berdi. Haqiqatan ham bir qizda dezadapasiya ko’rsatkichi baland, 15 nafar o’smir va 9 nafar qizlarda esa me’yorga nisbatan ahamiyatsiz past ko’rsatkichga ega bo’ldi (normadagi eng past ko’rsatkich 68 ball bo’lganda uning minimal qiymati 63 ball bo’ldi).

O’zini o’zi qabul qilish (Sa) ning o’rtacha ko’rsatkichi barcha guruhlar uchun umumiy me’yordan tashqariga chiqmadi. O’zini o’zi qabul qilmaslik (Sb) o’rtacha ko’rsatkichi o’g’il bolalarda ham, qizlarda ham me’yordan nisbatan past ekanligi ma’lum bo’ldi. O’zini qabul qilmaslik (Sb) ko’rsatkichining normal qiymati 6 nafar o’g’il bolalarda kuzatildi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha normadan yuqori ko’rsatkichlar qayd etilmadi. Boshqa o’smirlarda bu ko’rsatkich past ekanligi ma’lum bo’ldi. 12 nafar o’smirlarda (3 nafar qizlar va 9 nafar o’g’il bolalar) o’zini qabul qilmaslik (Sb) 5 balldan oshmadi (past ko’rsatkich 22 ball bo’lganda). Emosional komfortning o’rtacha ko’rsatkichi (Yea) normadan tashqariga chiqmadi, bir vaqtda esa emosional diskomfort (Yeb) ko’rsatkichi ham umumiy guruhda ham, o’g’il bolalar guruhlarida ham past ko’rsatkichga ega bo’ldi.

Emosional komfort (Yea) ko’rsatkichi bo’yicha me’yorga nisbatan alohida yuqori ko’rsatkichlar aniqlanmadi, emosional komfort (Yea) ko’rsatkichining norma bilan taqqoslaganda pasayishi 1 nafar o’g’il bola va 1 nafar qizda kuzatildi. Emosional diskomfort (Yeb) ko’rsatkichining normadan yuqori qiymati 1 nafar o’quvchida qayd etildi, bu ko’rsatkichning pasayishi esa 6 nafar qizlar va 15 nafar 55
o’g’il bolalarda kuzatildi, binobarin, ba’zi o’smirlarda bu ko’rsatkich 0 gacha pasaydi.

Ichki nazorat (Ia) bo’yicha ko’rsatkich norma doirasidan chiqmadi. Bu shkala bo’yicha bir maromda yuqori qiymatlar 2 nafar o’g’il bola va 2 nafar qizda kuzatildi, normaga nisbatan past ko’rsatkichlar ushbu parametr bo’yicha qayd etilmadi.

Tashqi nazorat ko’rsatkichining o’rtacha qiymati (Ib) umumiy guruhda va o’smir yigitlar guruhida birmuncha pastroq ko’rsatkichlarga ega. Tashqi nazorat (Ib) qiymatining normaga nisbatan pasayishi 9 nafar qizlar va 14 nafar o’g’il bolalarda kuzatildi, holbuki o’g’il bolalarda uning pasayishi keskin namoyon bo’ldi.

O’quvchilarning darsdagi faolligi semantik doirasining tahlili o’quvchilarning o’quv yurtiga, o’qishga salbiy-befarq munosabatdan qiziqish munosabatiga o’zgarganini qayd qilish imkonini beruvchi so’zlarning ustunlik qilishini aniqladi. Taklif etilgan psixologni pedagoglarning tarbiyasi qiyin o’smirlardagi “men timsoli”ni korreksiyalash doirasidagi psixologik kompetentligini rivojlantirish bo’yicha ish modeli o’qituvchilar bilan ishlashning yangi texnologiyalarini yaratadi, bu esa pedagogning kasbda o’zini o’zi ijodiy amalga oshirishiga imkon yaratadi xamda o’z navbatida tarbiyasi qiyin o’smirlarda mustaqillik, emosional egiluvchanlik, tarix, madaniyat va kelajakdagi kasbida o’zini o’zi aniqlash qobiliyatining rivojlanishini taqozo etadi. 56


Bizning ishimiz shuni ko’rsatdiki, olingan bilimlar interiorizasiyasi va ularning kasbiy faoliyatda faol qo’llanilishi zaruriy shart hisoblanadi. Pedagogning psixologik kompetentlikni oshirish bo’yicha mustaqil ishi bizningcha ko’proq samara beradi, chunki o’qituvchi-o’quvchi o’zaro munosabatlari xarakterini o’zgartirishga ham, pedagoglarning kasbiy kompetentligi darajasiga ham ta’sir ko’rsatish kuchi yuqoridir. Demak, yuqoridagi mulohazalarga asoslanib aytish joizki, tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlashdagi pedagog faoliyatining psixologik samaradorligi muayyan psixologik bilimlarga asoslangan dasturlarning qo’llanilishi bilan bevosita bog’liq ekanligi yaqqol namoyon etildi.

XULOSA

Mazkur ish sharoitida pedagogning tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men» timsolini korreksiya qilish bo’yicha kasbiy faoliyatiga psixologik yondashuv muammosiga bag’ishlanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammo doirasida kasbiy faoliyat psixologik tahliliga ilmiyg’ nazariy yondashuvlar muammolari o’rganildi:



- funksional-subyektlilik yondashuvining rivojlanishi va konkretlashishi sifatida;

- tizimli;

- dinamik;

- dual. 57
Pedagogning kasbiy faoliyati tahliliga zamonaviy yondashuvlarni o’rganish shunday xulosa chiqarish imkonini berdiki, tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men» timsolini korreksiya qilish uchun eng samarali yondashuv dual yondashuv ekanligi yana bir bor isbotlandi. Mazkur yondashuvning asosiy holatlari va o’z ishlarimiz natijalariga tayanib biz pedagognnng tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men» timsolini» korreksiya qilish borasidagi kasbiy faoliyati modelini taklif etdik. U o’z ichiga quyidagilarni oladi:

- o’qituvchining pedagogik faoliyati kontekstida va tarbiyasi qiyin o’smirlar shaxslilik xususiyatlarini hisobga olgan holda mazkur kasbiy faoliyatni samarali bajarish manbalari va obyektiv zarur funksiyalar, maqsadlar, vazifalar tahlili;

- tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men» timsoli korreksiyasi bo’yicha prognostik model ishlab chiqish va uni aprobasiyadan o’tkazish;

- tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men» timsoli korreksiyasini amalga oshirish samarali algoritmi, texnologiyasi va muolajasini qo’llash bo’yicha asoslangan takliflarni tayyorlash ham uning samaradorligi darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish;

Biroq taqdim etilgan funksiyalardan tashqari u shuningdek moslashish va kompensatorlik funksiyasini ham bajaradi, ya’ni maktab o’quvchilarini ta’lim vositalari asosida reabalitasiya qilish bilan shug’ullanadi. Bu bilan mazkur funksiyalarni amalaga oshiruvchi maktab o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo’yiladigan alohida talablar belgilanadi. Ayni paytda o’qituvchining kasbiy kompetentligi psixologik parametrlariga ishda quyidagilar kiritildi:

- pedagogning kasbiy motivasiyasi;

- pedagogning individualg’psixologik xususiyatlari (empatiyaga moyilligi, emosional ziyrakligi, tolerantligi, ta’limda individual yondashuvga tayyorgarligi);

- tarbiyasi qiyin o’smirning shaxslilik xususiyatlarini bilish va uni ta’lim jarayonini tashkil etishda hisobga olish;

- tarbiyasi qiyin o’smirlardagi shaxslilik o’sishiga pozitiv ustanovka.

Tarbiyasi qiyin o’smirlaragi «Men» timsoli korreksiyasi bo’yicha pedagog kasbiy kompetensiyasi mezonlarini empirik tadqiq etish natijasida tadqiqotimizda 58

qo’yilgan ilmiy faraz o’z tasdig’ini topdi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlovchi o’qituvchilar o’rtasida ikki qutbli guruhlar ajratildi:

- kasbiy kompetentlikning yuqori darajadagi psixologik jabxalari mavjud bo’lgan o’qituvchilar guruhi;

-kasbiy kompetentlikning quyi darajadagi psixologik jabhalari mavjud bo’lgan o’qituvchilar guruhi;

Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlovchi pedagoglar kasbiy kompetentligi psixologik jabhalarining mazmuniy xususiyatlariga biz quyidagilarni kiritdik:

Asosiy tafovutlar o’qituvchilarning tanqidga munosabati va psixologik himoya usullarida namoyon bo’ladi. Professional kompetentlikning quyi darajadagi psixologik jabhasiga ega bo’lgan o’qituvchilarda rahbariyat va hamkasblari tomonidan ko’rsatilgan tanqidiy fikrlardan qochishga intilish, shuningdek, bo’lishi mumkin bo’lgan jazolanishlar va noxushliklardan qochish kasbiy kompetentlikning yuqori darajadagi psixologik jabhalari ega bo’lgan o’qituvchilarga nisbatan ular faoliyatining motivasion ta’minlanganligida ko’proq o’rin egallar ekan.

Ichki motivasiya tomonlaridan biri bo’yicha ahamiyatli tafovutlar aniqlandi. Tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men timsoli»ni korreksiya qilish borasidagi kasbiy faoliyatda o’zini o’zi to’la amalga oshirishga bo’lgan yuqori ehtiyoj kasbiy kompetentlikning quyi darajadagi psixologik jabhasiga ega bo’lgan o’qituvchilarga nisbatan kasbiy kompetentlikning yuqori darajadagi psixologik jabhasiga ega bo’lgan o’qituvchilarda kuzatiladi. Kasbiy vazifalarni hal etishda shaxsni kiritish psixologik mexanizmlarini diagnostika qilishda bizning e’tiborimiz pedagoglar manfaatlarining kasbiy faoliyat talablari va sharoitlari bilan mos kelishini aniqlashga yo’naltirildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, biz o’rgangan barcha o’mumta’lim maktablarining o’qituvchilari tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlashga tayyorlar (pedagoglarning faoliyatga ijtimoiy kirishuvi ko’rsatkichi nisbatan yuqori, ya’ni pedagoglar manfaatlari ko’p darajada kasbiy faoliyat tomonidan ularga qo’yiladigan talablar va shartlarga mos keladi). Bu birinchi navbatda shu bilan bog’liqki, pedagoglarning ko’pchiligi – yetarli darajada 59


kasbiy tajribaga ega bo’lgan mutaxassislardir. Shakllangan turmush tarzi, jamoaga, ish joyiga bog’langanlik, - bu omillar ham pedagoglarning ishdagi motivasiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs manfaatlarining kasbiy faoliyat talablari va shartlariga mos kelishini aks ettiruvchi o’zini o’zi amalga oshirish ko’rsatkichi kasbiy kompetentlikning yuqori darajadagi psixologik jabhasiga ega bo’lgan pedagoglar va kasbiy kompetentlikning psixologik jabhasi quyi darajada bo’lgan pedagoglarda ahamiyatli farqlanishini ko’rsatdi. Empirik tadqiqotlarni yakunlab, empirik faktlar, qonuniyatlar va natijalarga tayangan holda shuni qayd etish mumkinki, pedagogning tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men timsoli»ni korreksiya qilish borasidagi faoliyati samaradorligi o’qituvchining psixologik kompetentligi va dezadaptasiya-lashgan o’smirlarning pedagog tomonidan adekvat idrok qilinishiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Bizning empirik tadqiqotlarimiz natijasida ajratilgan kasbiy kompetentlikning yuqori va quyi darajasidagi psixologik jabhasiga ega bo’lgan pedagoglarning qutbli guruhlari o’quvchilarning mazkur toifasi bilan ishlovchi o’qituvchining psixologik kompetentligini rivolantirishga yo’naltirilgan konstruktiv metodik apparatni yaratish zaruratini belgilab berdi. Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan o’qituvchining tarbiyasi qiyin o’smirlar korreksiyasi borasidagi ishiga psixologik hamrohlik qilish konsepsiyasi va uning asosida yaratilgan pedagogda psixologik kompetentlikni rivojlantirish bo’yicha psixolog ishi modelini yaratish o’qituvchilar tomonidan tarbiyasi qiyin o’smirlar va ularning ota-nalarini qo’llab-quvvatlash psixologik vositalari va usullarini qo’llash texnologiyasini ishlab chiqish imkoinini berdi. Taqdim etilgan modelning innovasion moduli «Jamoatchilik» deb shartli nomlangan bo’lib, o’qituvchining tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishiga psixologik hamrohlik qilish yangi vazifalarini prinsipial yangi vazifalarini hal etadi. U psixolog va o’qituvchining o’zaro ta’sir doirasini unga davlat va jamoat tashkilotlari va xizmatlarini kiritish orqali kengaytirishga yo’naltirilgan Bu modulning alohida uhim tarkiblari shaxsiy tashabbusning ijtimoiy mas’uliyat bilan birikmasi bo’lib, o’zaro ta’sirning barcha qatnashchilarini o’smirlarning ma’naviy ongini qayta qurish maqsadida birlashtiradi. O’tkazilgan tadqiqot va kompleks dasturni amalga oshirish ta’lim 60

jarayonining barcha qatnashchilariga psixologik hamrohlik qilish ahamiyatini ko’rsatdi.

Ishda tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men timsoli»ni korreksiyalash bo’yicha pedagog kasbiy faoliyatini psixologik tahlil qilish natijasida pedagogning kasbiy kompetentligi psixologik jabhalari ko’rib chiqildi. Empirik tadqiqot natijalariga yakun yasaldi, ular qo’yilgan ilmiy farazni tasdiqladi va ifodalangan vazifalarni pozitiv hal qilish va quyidagi xulosalarga kelish imkonini berdi:

1. Umumta’lim maktablari pedagoglarining tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishiga psixologik hamrohlik qilish konsepsiyasi mutaxassislar va jamoatchilik xatti-harakatlarini tarbiyasi qiyin o’smirlardagi shaxslilik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning hayot faoliyatlari optimal sharoitlarini mazmuniy va tashkiliyg’metodik jihatdan ta’minlashga kompleks ilmiy asoslangan yondashuvni amalga oshirish uchun koordinasiyalashgan holda birlashtirishdan iborat.

2. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlovchi pedagoglar uchun kasbiy kompetentlikning psixologik jabhalaridagi quyidagi shaxsiy mezonlar alohida ahamiyatli ekanligi namoyon bo’ldi:
- pedagogning kasbiy motivasiyasi;

- pedagogning individual-psixologik xususiyatlari (o’smirlardagi deviasiyalarga tolerantlik, empatiya, emosional ziyraklik, ta’limda individual-psixologik yondashuvga tayyorlik);

- tarbiyasi qiyin o’smirning individual psixologik xususiyatlarini bilish va ta’lim jarayonini tashkil etishda uni hisobga olish;

- o’rta maxsus ta’lim muassasasi o’quvchilarig’tarbiyasi qiyin o’smirlarning shaxslilik o’sishiga nisbatan pozitiv ustanovka va uni ta’lim jarayonini tashkil etishda hisobga olish.

3. Pedagogning dezadaptasiyalashggan o’smirni idrok etish adekvatligi va uning kasbiy kompetentligi psixlogik jabhalari yuqori darajasi o’rtasida korrelyasion o’zaro aloqadorlik mavjudligi aniqlandi.

4. Pedagogning tarbiyasi qiyin o’smirlardagi «Men timsoli»ni korreksiya qilish borasidagi kasbiy faoliyatiga psixologik hamrohlik qilish mualliflik model 61


o’qituvchining kasbiy faoliyati samaradorligini oshiradi, bu esa o’z navbatida o’smirlar readaptasiyasi va ijtimoiylashuviga zamin yaratadi.

5. O’qituvchilar va mutaxassislarning bevosita bolalar va o’smirlar bilan bog’liq ko’p rejali o’zaro ta’sirini tashkil etish texnologiyasi tarbiyasi qiyin o’smirlar muammolarini birgalikda hal qilishga asoslanadi. U o’zaro ta’sirning har bir a’zosini shaxsiy tashabbuskorligi va ijtimoiy mas’uliyatini dolzarblashtiradi va tarbiyasi qiyin o’smirlardagi shaxslilik o’sishiga nisbatan yagona pozitiv ustanovka orqali amalga oshiriladi. 62


ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Toshkent “O’zbekiston”.-2008.

2. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. - T.: Ma’naviyat, 2009.

3. I.A.Karimov. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: 2011.

4. I.A.Karimov. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1988.

5. I.A. Karimov Barkamol avlod orzusi. -T.: Sharq, 1989.

6. A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. -T.: O’qituvchi,1992.

7. Abu Ryxon Beruniy,. Ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida.-T.: 1992.

8. Barotov Sh.R. Sosialno-psixologicheskiye i nauchno-prakticheskiye osnovы sozdaniya psixologicheskoy slujbы v Uzbekistane. Avtoref. Diss. dokt. psixol.nauk. T., 1988.

9. Barotov Sh.R. Ta’limda psixologik xizmat asoslari. Monografiya. Toshkent, 1999.

10. Bexbudiy. Tanlangan asarlar., -T.: “Ma’naviyat”, 1999.

11. Davletshin M.G. Psixologiya texnicheskix sposobnostey. - Tashkent, 1975.

12. Jumayev R.Z., Ubaydullayev U.A., Xo’janov B.A. Konfliktologiya asoslari : O’quv qo’llanma. – T.: Akademiya, 2000.

13. Isokova M.T. Milliy an’analar va ijtimoiy omillar ta’sirida ilk o’spirinlarda ma’naviy tasavvurlarni shakllantirish. Psix. fan. nom. diss. … avtoref. – T.: 1999.

63

14. Karimova V.M. O’zbek yoshlarida oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi: Psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. – T.: 1994.



15. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Universitet va pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T.: O’qituvchi, 1994.

16. Karimova V.M. Sosial psixologiya. Universitet talabalari uchun o’quv qo’llanma. - Farg’ona, 1993.

17. Mamatov M.M. Etnopsixologiya. Ma’ruzalar matni. – T.:1999.

18. Mamatov M.M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari – T.: O’zbekiston, 1980.

19. Matematik statistika. 1-qism. Parametrlarni baholash. Tuzuvchilar: Sh. K. Formanov, A.A. Abdushukurov. – T. 1994.

20. To’laganova G.Q. Tarbiyasi qiyin o’smirlar. – Toshkent. Universitet, 2005.

21. To’raqulov E., Raximov S., Abu Rayxon Beruniy: ruhiyat va ta’lim - tarbiya hakida. -Toshkent: O’qituvchi, 1992.

22. Ubaydullayev A.X. Diagnostika aksidentalnыx sposobnostey v profarentasionnoy rabote sredi molodyoji. Diss. kand. psixol. nauk.- T.: 1999.

23. Xayrullayev M.Farobiy, ruhiy jarayonlar va ta’lim-tarbiya tug’risida.-T.: O’qituvchi, 1966.

24. Xekxauzen X. Motivasiya i deyatelnost// Per.s nem.v 2x t.-M.: 1986.

25. Xoxlova L.P. Talabalar uchun psixologiyadan topshiriklar-T.: O’kituvchi, 1992.-160 b.

64


26. Shoumarov G’.B., Barotov Sh.R. Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat// Xalq ta’limi. Toshkent, 1996.

27. Shoumarov G’.B. Psixologiya fani: yangiliklar, muammolar yechimlar. //Ma’rifat. – Toshkent, 1996.

28. Shoumarov G’.B., Barotov Sh.R. «Psixologik xizmat nizomi»ga qo’shimchalar// Xalq ta’limi. Toshkent, 1997.

29. O’zbekiston respublikasi xalk ta’limi tizimida psixologik xizmat, Xalk ta’limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestasiyasi xakida Nizom. - Toshkent. 1986. G’oziyev E., Xolmuhamedov M., Ibrohimov X. Psixologiya metodologiyasi // Psixolog mutaxassisligi uchun o’quv qo’llanma. – T.: 2002.

30. G’oziyev E. Ta’lim muassasalarida psixologiyaning vazifalari //Xalq ta’limi. – Toshkent, 1995.

31. G’oziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari, Toshkent. Universitet, 1997.

32. G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi: nazariy- eksperemental taxlil /E. G’oziyev; O’z. R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Milliy Universiteti. – Toshkent. : Nochir, 2010.

33. G’oziyev E. Psixologiya: Yosh davrlar psixologiyasi.: Ped. institutlari va universitet talabalari uchun o’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi., 1994.

34. Qodirov B.R. Iste’dodli bolalar va ularni tanlash metodikasi. - T., 1992.

35. Qodirov B.R. Uroven aktivizasii i nekotorыye dinamicheskiye xarakteristiki psixicheskoy aktivnosti // Vopr.psixologii. Moskva. 1976.

65
Qodirov K.B. Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jihatlari va kasbiy tashxis. (9-sinf o’quvchilari ma’lumotlari asosida). Psixol. fan. nom. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. Toshkent.- 2001.- 134 b.

Internet saytlari:

1. www.google.uz

2. www.ziyonet.uz

3. www.native-lib.ru

4. www.psy_test.ru

5. www.doc.uz



6. www.ref.uz


11 Каримов И.А. Баркамол авлод Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т: Шарқ, 1997, Б- 9.




Download 49.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling