O`zbekiston respublikasi xalq talim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (sirtqi) yo`nalishi 202-guruh talabasi Bekdurdiyeva Nargizaning parazitologiya fanidan mustaqil ishi topshirdi: Bekdurdiyeva Nargiza Qabul
I. Pararizobiontlar yoki o’simliklarning rizosferasi tuprog’i qatlamlarida erkin yashovchi nematodalar
Download 0.87 Mb.
|
Nargiza
I. Pararizobiontlar yoki o’simliklarning rizosferasi tuprog’i qatlamlarida erkin yashovchi nematodalar. Tadqiqot olib borilgan hududdagi karam, sabzi, bulg’or qalampirining nematodafaunasi tarkibida erkin yashovchi tuproq nematodalari 17 turni tashkil etdi.
Pararizobiontlar o’zlarining hayot kechirish tarzi, o’simliklarga nisbatan munosabatlari va oziqlanish usullariga binoan 3 ta kichik guruhlarga ajraladi. 1. Turli – tuman o’simliklarning rizosferasi tuprog’ida erkin yashovchi nematodalar. Ushbu kichik pararizobiontlarning aksariyati chuchuk suvlarda va nam tuproqda yashashga moslashgan. Ularning asosiy oziqasi suv tubidagi o’simlik qoldiqlarining chirindisi (detriti) hisoblanadi. Shu xususiyatiga binoan ushbu kichik nematodalari oziqa turi va oziqlanishiga ko’ra detritofaglar deb ham ataladi. Bunday turlar ba’zan nam tuproqda uchrasa, undan o’simlik tanasiga tasodifan kirib qolishi mumkin, lekin uning shirasi yoki to’qimalari bilan oziqlanmaydi, shunga binoan uncha salbiy ta’sir ham ko’rsata olmaydi, chunki ularning asosiy oziqasi o’simlik qoldiqlari ham ushbu oziqa tarkibida uchrovchi turli – tuman mikroorganizmlar hisobida bo’ladi. Materialimizdagi fauna tarkibida pararizobiontlarning 4 turi, ya’ni Monhystera paludicola, Monhystera simplex, Prismatolaimus intermedius va Alaimus primitivus kabilar detritofaglar kichik guruhini tashkil etadi. Ushbu turlar karam, sabzi va bulg’or qalampirining rizosferasi tuprog’ining asosan 0-10 sm li qatlamida va qisman 10-20 sm li qatlamida, qayd qilindi. Detritofaglar orasida ayrim turlar xususan Monhystera simplex faqat bulg’or qalampiri rizosferasi tuprog’ida topildi. 2. Pararizobiontlarning 2-nchi kichik guruhi yirtqichlik bilan oziqlanuvchi turlarni o’z ichiga oladi. Ushbu guruh pararizobiontlarining og’iz bo’shlig’ida nayza yoki xitinlashgan tishlar yoki og’iz kapsulasi shakllangan. Yirtqich pararizobiontlar aksariyat o’simliklarning rizosferasi tuprog’ida tarqalgan bo’ladi. Ularning oziqasi boshqa mayda nematodalar aksariyat o’simliklarning rizosferasi tuprog’ida tarqalgan bo’ladi. Ularning oziqasi boshqa mayda nematodalar yoki ularning lichinkalari hisobida o’tadi. Lekin ko’p hollarda yirtqich turlar parazit fitonematodalarning tuproqdagi lichinkalarini istemol qiladi. Lekin ayrim hollarda yirtqichlarning ayrim a’zolariga ham o’tib, undagi parazitlarning tuxumidan chiqqan lichinkalari bilan oziqlanishga o’tadi. Ularning bunday xususiyati ma’lum darajada foydali hisoblanadi. Chunki o’simlik tanasida parazitlik qiluvchi fitonematodalarni taqqoslashni va ularning sonini kamaytirishda ham o’simlikni himoya qilishda ijobiy rol o’ynaydi. Tadqiqot olib borilgan hududda, sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibida yirtqich pararizobiontlardan 3 ta tur, ya’ni Mononchus truncatus, Mylonchulus cavensis va Nygolaimus brachyuris kabilar topildi. Ushbu turlarning birinchisi karam va bulg’or qalampirining rizosfera tuprog’ining ikkala qatlamida, ikkinchi karam va sabzining rizosferasi tuprog’ining 0-10 sm li qatlamida, bulg’or qalampirining rizosfera tuprog’ining 10-20 sm li qatlamida uchratildi. Uchinchi turi (Nygolaimus brachyuris) esa karam va sabzining rizosfera tuprog’ining ikkala qatlamida ham uchrashi aniqlandi. Ushbu turlarning birontasining ham individlari sabzavot ekinlarining vegetativ a’zolarida uchratilmadi. 3. Pararizobiontlarning uchunchi kichik guruhi erkin yashovchi fitofaglar bo’lib, ular boshqa kichik guruhlardan pararizobiontlariga nisbatan ancha zich va ko’p uchrovchi nematodalar hisoblanadi. Fitofag pararizobiontlarning og’iz bo’shlig’ida kuchli nayza yoki ayrim avlodlari (Tylenchus, Filonchus) ning og’iz bo’shlig’i sanchib so’ruvchi (nayli igna) organga aylangan. Bunday ichi naysimon ignaga stilet deb ataladi. Fitofag pararizobiontlar ham oldingi ikkita kichik guruhlarning vakillari singari asosan rizosfera tuprog’i qatlamlarida yashab, oziqasi tuproq turkibidagi mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir xujayrali suvo’tlar va hayvonlar) bilan oziqlanadi. Lekin fitofag pararizobiontlar ba’zan o’simliklarning ildiz sistemasiga, hatto yer usti vegetativ a’zolariga o’tib, nayzasi yordamida (stileti bilan) o’simlikni to’qima va xujayralarini shikastlab, shira bilan oziqlanishga o’tadi. Fitofag turlarning bunday munosabatidan qat’iy nazar, o’simlikka salbiy ta’sir yetkazaolmaydi. Materialimizda fitofag pararizobiontlar 10 turdan iborat bo’ldi. Bular Paradorilaimus filiformus, Eudorylaimus centrocercus, Eudorylaimus ettersbergensis, Eudorylaimus labiatus, Eudorylaimus monhystera, Eudorylaimus pratensis, Mesodorulaimus penzhikenticus, Tylenchus leptosoma, Filenchus filiformis, Lelenchus discrepans kabilar mansubdir. Ushbu turlarning aksariyati ekinlarning rizosferasi tuprog’i qatlamlarida tarqalgan. Lekin ularning ayrimlari o’simliklarning ildiz sistemasiga o’tganligi qayd qilindi. Masalan, Eudorylaimus monhystera sabzavot ekinlarining tuprog’ini 0-10 va 10-20 sm li qatlamida uchratilishidan tashqari, yana u karam va bulg’or qalampirining ildizida anchagina miqdordagi individlari uchratiladi. Ushbu kichik guruh vakillaridan Tylenchus leptosoma va Lelenchus discrepans lar karamning ildiz sistemasi hamda tuproqning ikkala qatlamlarida bo’lishi aniqlandi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling