O`zbekiston respublikasi xalq talim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (sirtqi) yo`nalishi 202-guruh talabasi Bekdurdiyeva Nargizaning parazitologiya fanidan mustaqil ishi topshirdi: Bekdurdiyeva Nargiza Qabul


Download 0.87 Mb.
bet3/5
Sana25.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1398604
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nargiza

II. Eusaprobiontlar. Ushbu ekologik guruhga mansub nematodalar erkin yashovchidir, lekin tuproqning turli qatlamlarida mavjud bo’lgan saprobiotik chirish jarayoni borayotgan manbalarda yashashga moslashgan hamda organik chirindi bilan oziqlanuvchi nematodalar hisoblanadi. Bundan tashqari ular o’simliklarning turli sabablarga ko’ra shikastlanib chirish jarayoni borayotgan qismlariga ham ko’plab uchraydi.
Sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibida eusaprobiontlarning 5 ta turi, jumladan Rhabditis brevispina, Rhabditis filiformis, Rhabditis intermedius, Mesorhabditis monohystera va Diplocapter rhizophylus kabilardan iborat bo’ldi. Ushbu turlarning 1-tasi (Mesorhabditis monohystera) tadqiqot obyektlaridan karam, sabzi va bulg’or qalampirining vegetativ a’zolarida, ayniqsa ildiz sistemalarida, hamda rizosfera tuprog’ining 0-10 sm li qatlamida ancha katta miqdordagi individlari uchratildi. Xudi shunday holatni Rhabditis brevispinaning tarqalishida ham kuzatdik, lekin ushbu tur faqat karamning ildiz va tuproqning 0-10 sm li qatlamida ko’proq to’planganligini qayd qildik. Ehtimol karamning 0-10 sm li tuproq qatlamida joylashgan ildiz sistemasida shikastlanish va u bilan bog’liq bo’lgan chirish jarayoni boshlanganligidan belgi deb atash mumkin. Ushbu qatlamdagi karam ildizida eusaprobiontning 3-nchi turi (Rhabditis intermedius) ham nisbatan ko’p sondagi individlari bilan qayd qilindi. Eusaprobiontlarning qolgan ikki turi sabzavot ekinlari faunasi tarkibida ancha kam uchraydigan nematodalar bo’lsa kerak, chunki ularning biri (Rhabditis filiformis) faqat sabzi nematodafaunasi tarkibida oz miqdordagi individlari bilan joy olgan bo’lsa, boshqa bir turi (D. rhizophylus) karam, va bulg’or qalampirining rizosferasi tuprog’ida oz sondagi individlari bilan qayd etildi.
Umuman, eusaprobiontlar tarqalishi hamda mansub bo’lgan nematodalarni tarqalishi hamda turlar tarkibini tahlil qilar ekanmiz tadqiqot obyektlari orasida ushbu turlar ancha kam tarkibga ega ekanliklarini alohida qayd etib o’tish o’rinlidir.
III. Devisaprobiontlar, ya’ni notipik (yarim) saprobiontlar guruhidir. Ushbu guruhga mansub nematodalar tuproqda erkin yashovchi, ba’zan chirindilar mavjud manbalarda, shuningdek ayrim hollarda o’simliklarning sog’lom vegetativ a’zolarida ham yashovchi turlarni o’z tarkibiga oladi.
Karam, sabzi va bulg’or qalampiri nematodafaunasi tarkibidagi nematodalarning 15 turi notipik saprobiontlarining vakillaridan iborat bo’ladi. Devisaprobiontlarning oziqlanish usuli, oziqaga bo’lgan munosabati va umuman o’simliklarga nisbatan bo’lgan biosenotik munosabatlariga ko’ra 2 ta kichik guruhlarga ajratish mumkin.
1. Ushbu kichik guruh devisaprobiontlari o’simlikning kasallangan qismlarida o’simlik qoldiqlarining tuproqda chiriyotgan manbalarida, haqiqiy saprobiont sifatida hayot kechiradi. Materialimizda bunday xususiyatga ega bo’lgan nematodalar 6 turni tashkil etdi. Ular Proteroplectus assimilis, Proteroplectus tenuis, Cephalobus persegnis, Acrobeloides emarginatus, Acrobeloides nonus va Cervidellus insubricuskabilardan iborat bo’ldi. Ushbu turlarning ko’pchiligi sabzavot ekinlarining rizosferasi tuprog’i qatlamlarida bo’lishi qayd qilindi, lekin ayrim turlarining juda oz miqdordagi individlari ayrim ekinlarning, xususan karam, sabzi va bulg’or qalampirining ildiz sistemasida uchrashi ham aniqlandi. Bunday turlardan Cephalobus persegnis va Cervidellus insubricus larni misol qilib ko’rsatish mumkin. Aslida yarim saprobiontlarning turlari ham eusaprobiontlar singari sabzavot euinlari orasida nisbatan kam uchratildi.
2. Devisaprobiontlarning ikkinchi kichik guruhi 9 turdan, ya’ni Eucephalobus oxyuroides, Eucephalobus striatus, Heterocephalobus elongatus, Heterocephalobus filiformis, Chiloplacus lentus, Chiloplacus propinguus, Chiloplacus symmetricus, Panagrolaimus rigidus va Panagrolaimus subelongatus kabilardan iborat bo’ldi.
Ushbu kichik guruh nematodalarning xarakterli xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularning o’simlik tanasiga kirib olishi va unga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsataolishi mumkin, chunki ularning boshida (og’iz atrofida) bo’rtib chiqib turuvchi xitinlashgan organi (probolasi) shakllangan bo’lib, uning yordamida o’simlik to’qima va xujayralarini mexanik jihatdan o’zgarishlar sodir bo’lib, kasallik alomatlari paydo bo’ladi. Kichik guruhning ayrim turlari, xususan Heterocephalobus elongatus karamning vegetativ a’zolarida ancha katta miqdordagi (21 ta) individlari to’planganligi aniqlandi. Ushbu tur sabzi faunasi tarkibida uchratilmadi, lekin bulg’or qalampirining vegetativ a’zolarida va rizosfera tuprog’ida qayd qilindi. Xudi shuningdek karamning ildizi va tuproqning 0-10 sm li qatlamida Panagrolaimus rididus uchratilgan bo’lsa, ushbu avlodning boshqa turi, ya’ni Panagrolaimus subelongatus bulg’or qalampirining yer usti va yer osti vegetativ a’zolarida qayd qilindi. Ushbu kichik guruhning ayrim turlari jumladan Eucephalobus striatus, Heterocephalobus filiformis sabzining ildiz sistemasida va tuproq qatlamlarida uchrashi qayd qilindi.
Umuman olganda devisaprobiontlarning birinchi guruh turlariga nisbatan fauna tarkibidagi turlar soni bilan hamda o’simliklarning vegetativ a’zolarida ko’proq uchrashi bilan farq qilishi aniqlandi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling