O`zbekiston respublikasi xalq talim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (sirtqi) yo`nalishi 202-guruh talabasi Bekdurdiyeva Nargizaning parazitologiya fanidan mustaqil ishi topshirdi: Bekdurdiyeva Nargiza Qabul


IV. Fitogelmintlar yoki o’simliklarning parazit nematodalari


Download 0.87 Mb.
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1398604
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nargiza

IV. Fitogelmintlar yoki o’simliklarning parazit nematodalari. Fitogelmintlar o’zlarining hayotini yoki uning ma’lum bir davrini o’simliklar bilan yaqin munosabatda bo’lishi hamda uning hisobidan oziqlanishi va ma’lum bir nematodoz kasalligini paydo bo’lishida asosiy sababchi bilan boshqa ekologik guruh nematodalaridan farq qiladi.
Tadqiqot ishlari olib borilgan hududda sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibidagi turlarning 21 tasi fitogelmintlarga mansub bo’ldi. Fitogelmintlar o’zlarining oziqlanish usuli, oziqa turi va yashash joyiga ko’ra 3-ta kichik guruhlarga, ya’ni zamburug’ miseliylari bilan oziqlanuvchilar yoki mikogelmintlar, ektoparazit fitogelmintlar va endoparazit fitonemtodalarga ajratiladi;
1. Parazit mikogelmintlar turli – tumanliligi va nisbatan keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Ular eng avvalo politrof nematodalardir. Karam, sabzi va bulg’or qalampiri nematodafaunasi tarkibida ushbu kichik guruh 7 ta turdan, ya’ni Aphelenchus avenae, Aphelenchus cylindricaudatus, Aphelenchoides bicaudatus, Aphelenchoides kühnii, Aphelenchoides limberi, Aphelenchoides zeraphschanicus va Ditylenchus intermedius kabilardan iborat bo’ldi. Masalan, javdar nematodasi (Aphelenchus avenae) mikogelmintlar orasidan eng ko’p uchraydigan tur hisoblanmoqda. Ushbu turni sabzining barcha vegetativ a’zolarida va rizosfera tuprog’ining ikkala qatlamida, karam va bulg’or qalampirining ildiz sistemalarida va rizosfera tuprog’i qatlamlarida tarqalganligi aniqlandi.
Mikogelmintlardan Aphelenchoides bicaudatus ham keng tarqalgan turlar qatoriga kiradi. Ushbu tur karam, sabzi va bulg’or qalampirining rizosferalari tuprog’i qatlamlaridan hamda sabzi va bulg’or qalampirining ildiz sistemalarida qayd qilindi. Ditylenchus intermedius esa sabzavot ekinlarining faqat rizosferalari tuprog’i qatlamlarida uchratilgan bo’lsa, qolgan mikogelmintlar esa faqat ma’lum bir sabzavot ekini faunasi uchun xos tur hisoblandi. Masalan, Aphelenchoides limberi karamning ildizi va rizosfera tuprog’ida; Aphelenchoides zeraphschanicus – bulg’or qalampirining rizosferasi tuprog’i qatlamlarida; Aphelenchoides kühnii – sabzi ildizida va rizosfera tuprog’ining 0-10 sm li qatlamida, Aphelenchus cylindricaudatus esa karamning rizosfera tuprog’i qatlamlarida uchrashi qayd qilindi. Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki parazit mikogelmintlarning aksariyati individlari rizosfera tuprog’i qatlamlarida tarqalganligi ma’lum bo’lmoqda.
2. Ektoparazit fitonematodalar kichik guruhiga ham 7 tur, ya’ni Tylenchus davainei, Aglenchus agricola, Helicotylenchus multicinctus, Rotylenchus robustus, Tylenchorhynchus bucharicus, Merlinins dubius va Paratylenchus macrophallus kabilar mansub bo’lib, ularning og’iz bo’shlig’i kuchli va yirik sanchib – so’ruvchi organi (stiletga) aylangan. Ushbu organ yordamida nematoda ildiz atrofida joylashib olib, o’simlik ildizini teshib, shirani so’rib oladi. Ayrim hollarda o’simlikning ichki to’qimalariga kirib, parazitlik bilan oziqlanishini davom ettiradi.
Karam, sabzi va bulg’or qalampiri nematodafaunasi tarkibidan joy olgan ektoparazit fitonematodalarning deyarli barchasi rizosfera tuprog’i qatlamlarida uchratildi, lekin ayrim turlari ma’lum bir sabzavot ekinining ildiz sistemasiga kirib borganligi ham qayd etildi. Bunday turlarga Paratylenchus macrophallus ni ko’rsatish mumkn, chunki uning ayrim individlari bulg’or qalampirining ildizida va sabzining yer usti vegetativ a’zolarida qayd etildi.
Ektoparazit fitonematodalarning sabzavot ekinlari maydonlarida ham tarqalish darajasi turlicha bo’ldi. Ular orasida eng ko’p tarqalgan va sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibida mavjud bo’lgan tur Helicotylenchus multicinctus bo’ldi. Eng siyrak tarqalgan turlardan esa Tylenchorhynchus bucharicus hisoblanadi. Qolgan turlari sabzavot ekinlari faunasi tarkibidagi turlarning o’rtacha darajada uchrovchi nematodalar guruhiga qo’shiladi.
3. Endoparazit fitonematodalar kichik guruhini tashkil etuvchi nematodalar ham 7 turdan, ya’ni Paraphelenchus pseudoparietinus, Aphelenchoides parietinus, Ditylenchus destructor, Ditylenchus dipsaci, Paratylenchus pratensis, Paratylenchus tumidiceps, Meloidogyne hapla kabilardan iborat bo’ldi.
Endoparazit fitonematodalarning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, ular haqiqiy parazitlar sifatida o’simliklarning turli vegetativ va generativ a’zolarida o’rnashib, «Xo’jayinlari» hisobida oziqlanib, uning tanasida ancha chuqur va sezilarli o’zgarishlarni paydo bo’lishiga sababchi bo’ladilar, ham boshqa guruhlarning vakillari singari karam, sabzi va bulg’or qalampirida turlicha tarqalish xarakteriga ega bo’lishi aniqlandi. Lekin ushbu kichik guruhning shunday vakillari ham qayd qilindiki barcha sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibida asosiy va keng tarqalgan hamda o’simlik bilan juda yaqin biosenotik bog’langan parazitlardan Paraphelenchus pseudoparietinus (soxta afelenx), Aphelenchoides parietinus (oddiy afelenx), Ditylenchus dipsaci (poya nematodasi) va Paratylenchus pratensis (maysa pratilenxi) kabilar obyekt qilib olingan sabzavot ekinlarining deyarli barchasining vegetativ a’zolarida va rizosfera tuprog’i qatlamlarida uchrashi aniqlandi. Hatto ushbu turlarning individlari rizosfera tuprog’idagi nisbatan ildiz sistemasida ikki – uch barovar ko’p bo’lishi ham qayd qilindi. Masalan, sabzining ildiz sistemasida oddiy afelenxning individlari tuproq qatlamlaridan 2-3 barobar ko’p bo’lganligini ko’rsatish mumkin. Bunday tarqalish holatini soxta afelenx va poya nematodasining tarqalishida ham ko’rish mumkin. Parazit orasida faqat 1 tur (Paratylenchus tumidiceps) haddan tashqari siyrak va kamyob turlardan biri hisoblanadi, chunki uning 2 ta individi topilib, biri karamning rizosfera tuprog’ining 10-20 sm li qatlamida va yana biri sabzining ildiz sistemasida yashashi aniqlandi. Siyrak tarqalgan parazit turlar qatoriga yana shimol bo’rtma nematodasini ham qo’shish mumkin, chunki tadqiqot ishi uchun olingan 30 ta sabzavot ekinining faqat 2 tasini ildiz sistemasi bo’rtma nematodasi bilan kuchsiz zararlanganligi qayd qilindi.
Shunga qaramasdan tadqiqot ishlari olib borilgan hududdagi sabzavot (karam, sabzi va bulg’or qalampiri) ekinlari orasida endoparazit (chin) fitonematodalarining aksariyati ancha keng tarqalganligi aniqlandi.
Shunday qilib, sabzavot ekinlaridan karam, sabzi va bulg’or qalampirining nematodafaunasi tarkibidagi turlarni ekologik va biosenotik xususiyatlari bo’yicha tahlil qilganimizda, 58 turning 17 tasi pararizobiontlar, 5 turi eusaprobiontlar, 15 turi devisaprobiontlar va 21 turi fitogelmintlardan iborat bo’ldi. Ekologik gurahlardagi nematodalarni o’simliklar bilan biosenotik yaqin munosabatda bo’luvchi turlariga e’tibor beriladigan bo’lsa, ushbu munosabatlar turlicha darajada bo’lishi ma’lum bo’ldi. Xususan karam, sabzi va bulg’or qalampirining vegetativ a’zolarida hammasi bo’lib 27 turi topilib, ularning 2 turi pararizobiontlar, 4 turi eusaprobiontlar, 8 turi devisaprobiontlar va 13 turi fitogelmintlardan iborat bo’ldi. O’simliklar bilan yaqin munosabatda bo’luvchi, lekin ularning tanasiga kirmasdan, rizosferada joylashib shirani so’rib oluvchi ektoparazitlarni ham hisobga oladigan bo’lsak, jami 32 tur nematodalar o’z xo’jayinlari (sabzavot ekinlari) bilan oziqaviy munosabatda bo’lishi ma’lum bo’ldi.
Sabzavot ekinlarining nematodafaunasi tarkibidagi turlarning ekologik xususiyatlari va ularning ma’lum biotoplarda tarqalishi tahlil qilinar ekan, shu narsaga e’tibor berib o’tish lozimki. Har bir ekin maydoni o’ziga xos ekologik muhit sifatida o’zining xarakterli turlariga ham ega bo’ldiki, bunday turlar faqat bir xil muhitda bo’lishi qayd etildi. Shu xususiyatga binoan, karam yetishtiriladigan maydon uchun xarakterli turlar. Alaimus primitivus, Eudorylaimus centrocercus, Acrobeloides nonus, Chiloplacus propinguus, Panagrolaimus rigidus, Aphelenchus cylindricaudatus, Aphelenchoides limberi, Tylenchus leptosoma, Lelenchus discrepans – jami 9 turdan iborat bo’lsa, sabzi yetishtiriladigan maydon uchun xarakterli turlar Eucephalobus striatus, Heterocephalobus filiformis, Cervidellus insubricus, Chiloplacus symmetricus, Aphelenchoides kühnii – jami 5 tur va bulg’or qalampiri yetishtiriladigan maydon uchun xarakterli turlar Proteroplectus tenuis, Monhystera simplex, Eucephalobus oxyuroides, Chiloplacus lentus, Aphelenchoides zeraphschanicus – jami 5 turdan iborat ekanligi ma’lum bo’ldi.(1-jadval).
1-jadval
Partenogenez (yun. parthenos — bokiralik, qizlik va ...genez), bokira koʻpayish — jinsiy koʻpayish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi. Ginogenezning ahamiyati har xil jinslarning oʻzaro uchrashuvi qiyin boʻlgan sharoitda jinsiy koʻpayishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur nayeli individlari sonini tez orttirishdan iborat.
Bunday xrlat nayeli koʻplab qirilib ketadigan turlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ginogenez umurtqasiz hayvonlarning deyarli barcha tiplarida va koʻpchilik umurtqalilarda (sut emizuvchilardan tashqari) uchraydi. Sut emizuvchilarning partenogenetik embrioni embriogenezning ilk davrlaridayoq halok boʻladi. Tuxum faqat Ginogenez orqali koʻpayganida obligat Ginogenez, tuxum urugʻlanib va urugʻlanmasdan koʻpayish xususiyatiga ega boʻlganida esa fakultativ Ginogenez deyiladi. Erkagi boʻlmaydigan turlarning faqat Ginogenez orqali koʻpayishi konsta’nt Ginogenez deb ataladi. Koʻpincha Ginogenez orqali koʻpayish ikki jinsli koʻpa-yish bilan almashinib turganida siklik Ginogenez roʻy beradi. Partenogenetik nayelning genotipi, jinsi va gomozigotaligi Ginogenez koʻpayishning mitoz orqali oʻtishi yoki oʻtmasligi hamda diploidlikning qanday usulda tiklanishi bilan bogʻliq. Naslning jinsiga binoan, amfitopiya (urugʻlanmagan tuxumdan urgʻochi va erkak individlar rivojlanishi), arrenotokiya (tuxumdan faqat erkaklari rivojlanishi) yoki telitokiya (tuxumdan faqat urgʻochilarning rivojlanishi) farq qilinadi. Pedogenez Ginogenez shakllaridan biri hisoblanadi. Koʻpayishning oʻziga xos shakllari hisoblangan ginoge-nez va androgenez ham Ginogenezga misol boʻla oladi.
Sunʼiy Ginogenezda, odatda, organizm rivojlanishning dastlabki davrlaridayoq halok boʻladi. Tut ipak qurtining urugʻlanmagan tuxumlariga yuqori va past harorat taʼsir ettirish orqali 90% tuxumlarning partenogenetik rivojlanishiga erishilgan (Astaurov, 1936). Ana shu omillarning kichik miqdori tut ipak qurtida mitotik Ginogenezni tezlashtirgan va faqat erkak gomozigot formalarning rivojlanishiga imkon bergan. Tut ipak qurtida Ginogenez orqali jinsni boshqarish katta amaliy ahamiyatga ega.
Urugʻli va sporali oʻsimliklarda konstant Ginogenez koʻproq uchraydi. Ikki uyli oʻsimliklarda Ginogenez koʻpincha erkak indi-vidlarning uchramasligi, bir uyli oʻsimliklarda esa changchilik gullarning degeneratsiyasi, changlarning xreil boʻlmasligi yoki abortivligi bilan bogʻliq. Oʻsimliklarda sunʼiy Ginogenez har xil kimyoviy va fizik omillar taʼsir ettirib xreil qilingan.
Partenogenez: urugʻlanmagan hujayradan yangi organizmning rivojlanishi. Umurtqasizlarda va baʼzi baliqlarda, amfibiya hamda sudralib yuruvchilarda uchraydi.


XULOSA
Xulosam shuki, Fitogelmintlar o‘simliklaming yer usti va yer osti qismidagi turli organlarida parazitlik qilib, zararlangan o‘simliklar o‘sishdan qoladi, so‘liydi, zararlangan o‘rganlarida har xil bo‘rtmalar (shishlar) hosil bo‘ladi, to‘qimalari yemirilib, nekrozga uchraydi.
Parazitlar haqidagi malumotlar qadim zamonlardan beri fanga ma’lum. Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida haqida qo‘lyozmalar saqlangan. Eramizdan awalgi 460-375-yillarda yashagan atoqli olim va shifokor Gippokrat birinchi boiib fanga “askaridoz” degan tushunchani kiritgan. U odamlarda uchraydigan askarida, ostritsa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlami invazion kasalliklaming qo‘zg‘atuvchisi emas, balki o‘z-o‘zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto‘g‘ri tushuncha bergan.
Ó‘zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanishida, ayniqsa, 0 ‘zR FA akademiklari A.T. To‘laganov, M.A. Sultonov, E.X. Ergashev, J.A. Azimov, N.A. Dehqonxo‘jayeva, M. Aminjonov; professorlar N.B. Badanin, S.N. Bobojonov, N.M. Matchonov, Sh.A. Azimov, B.S. Salimov, G.S. Poiatov, A.O. Oripov, L.M. Isayev, R.X. Hayitov, E.I. Gan, M.K. Qodirova, I.H. Rasulov, S.O. Osmanov, V.M. Sodiqov, 0 ‘. Uzoqov, Z.N. Norboyev, O.M. Maylonov, Sh. Xurramov, T.Q. Qobilov, A.R. Ro‘zimurodov, O. Davronov, S. Dadayev va boshqalaming hissasi kattadir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling