O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (sirtqi) yo`nalishi 202-guruh talabasi Bekdurdiyeva Nargizaning parazitologiya fanidan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: Bekdurdiyeva Nargiza
Qabul qildi: Yusupova Ozoda
Urganch-2023
Mavzu: Fitogelmintlar. Muhim vakillari, ularning rivojlanish sikllari. Partenogenez
REJA:
1. Gelmintlarning umumiy tavsifi.
2. Fitonematodalarning ekologik klassifikasiyasi.
3. Fitogelmint guruhlarining umumiy tavsifi.
4. Partenogenez.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.
Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlami o‘rganuvchi fan gelmintologiya deyiladi.
Skoletsidalar, ya’ni chuvalchanglar tabiatda eng ko‘p tarqalgan hayvonlar guruhini tashkil qiladi. Ularning ko‘pchilik turlari suvda va tuproqda erkin holda yashaydi. Shu bilan bir qatorda o‘simliklaming to‘qimalarida, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlaming turli organlarida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham oz emas. Skoletsidalar katta tipi o‘z navbatida yassi chuvalchanglar, tikanboshlilar, to‘garak chuvalchanglar, nemertinlar va halqali chuvalchanglar tiplariga boiinadi.
Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 ta tiplarida uchraydi. Yassi chuvalchanglar tipida 9000 dan ortiq turi, tikanboshlilar tipida 500 ta turi va to‘garak chuvalchanglar tipida 3000 dan ortiq turi parazitlar hisoblanadi. Halqali chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib hayot kechiradi.
Gelmintlar rivojlanish sikliga ko‘ra biogelmintlar va geogelmintlarga boiinadi. Biogelmintlaming rivojlanish siklida oraliq yoki qo‘shimcha xo‘jayinlar ishtirok etadi (barcha so‘rg‘ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar sinflarining vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari).
Geogelmintlar guruhiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq xo‘jayinlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivojlanadi. Askarida, ostritsa, trixotsefala va boshqa nematodalar shular jumlasidandir.
Sabzavot ekinlaridan kamar, sabzi va bulg’or qalampirining vegetativ a’zolari va rizosferasi tuprog’ining 20 sm li qatlamida topilgan nematodalar 58 turdan iborat bo’lib, ularning tarqalishi, oziqasi, oziqlanish usullari hamda o’simliklarga nisbatan munosabatlariga binoan professor A.A. Paramonov (1952-1964) ishlab chiqqan prinsiplarga asosan barcha turlarni 4 ekologik guruh va bir qator kichik guruhlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |