O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟lim vazirligi yangi namangan tumani xalq ta‟lim muasasalari faoliyatini
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1655298867 dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’tgan mavzuni mustahkamlash
DARSNING BORISHI:
1. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti. O‟quvchilarni darsga tayyorlash. “Do‟stona kelishuv” Intizom O‟zaro hurmat Faollik Ahillik Aniqlik O‟ng qo‟l qoidasi 2. O’tgan mavzuni mustahkamlash O‟tgan dars Tabiat zonalari mavzusida savol-javob mashqlari olib boriladi. 1. Tabiat zonasi nima? 2. Nima uchun cho’larda yashaydigan odamlar ko’chmanchi bo’ladi? 3. Dash zonasida o’t o’simliglar nima sababdan qalin bo’ladi? 4. Dash zonasida dehqonlar nimalar ekadilar? 3. Yangi mavzu bayoni Bugun cho‟llar haqida suhbatlashamiz va o‟rganamiz.Sinf o‟quvchillariga O‟zbekiston cho‟llari tabiati haqida videolavha namoyish etiladi. O‟quvchillar bilan darslik asosida ish olib boriladi. Sinf o‟quvchilari zanjir usulida darslikni o‟qiydillar. Yer yuzining ayrim joylarida juda kam yog„in yog„adi, yillik yog„in miqdori 200 mm dan oshmaydi, oqar suvlar ham yo„q. Bunday joylar qurg„oqchil bo„lib, o„simlik lar yaxshi rivoj lanmaydi. O„simliklar yaxshi rivojlana olmaydigan qurg„oqchil yerlar cho„l deb ataladi. Cho„l qumli, gilli yoki toshli bo„ladi. Qumli cho„lda sha mol qumlarni suradi, ba‟zida do„ngliklarni hosil qiladi. Bunday do„nglik barxan deb ataladi. Shamol tufayli turli shakl lar vujudga keladi. Gilli cho„llarda qotgan va yorilib ketgan joylarda turli shakllarni hosil qilgan taqir yerlar mavjud. Cho„l qurg„oqchil va havosi issiq bo„lgani uchun o„sim liklar kam o„sadi. O„t o„simliklar, asosan, biroz yom g„ir yog„adigan bahor boshlarida o„sib, qurg„oqchil yozda qurib qoladi. Saksovul, yantoq kabi o„simliklar qurg„oqchil sharoitga moslash gan. Bu o„sim liklarning ildizi juda uzun bo„lib, yerosti suvlaridan to„yinadi. O„zbekiston hududining yarmiga yaqinini cho„llar egallagan. O„lkamiz hududida Qizilqum, Ustyurt, Mirzacho„l, Qarnobcho„l, Qarshi cho„llari mavjud. Cho„llarda yoz mavsumi 5–6 oy davom etib, havo harorati soya joyda +50°C gacha ko„tariladi, qum esa +80°C gacha qiziydi. Bu davrda yog„in yog„maydi. Keng cho„llar ustida issiq shamol esib, o„zi bilan qum va changlarni olib keladi. Bunday sharoit o„simlik va hayvonlar uchun halokatlidir. O„lkamiz cho„llarida bahor boshlarida va kuz oxirlarida oz miqdorda yomg„ir yog„adi. Qishda havo harorati −20°C gacha sovuq bo„lib, qor yog„adi. Cho„llarda yantoq, shuvoq, tereskan, jung„or gulsapsari, nashtarbarg, merendera, cho„l yulg„uni, sassiqqavron, saksovul, juzg„un, quyonsuyak, oqtikan kabi o„simliklar o„sadi. Cho„lning ayrim joylarida bahorda boychechak, lola va lolaqiz g„aldoqlar bilan qoplanib, chiroyli manzarani hosil qiladi. Qushlardan so„fi to„rg„ay, turto„rg„ay, yo„rg„atuvaloq, bizg„ildoq, qironqara, tuvaloq, qirg„iy, ilonxo„r burgut, qoraqush kabilar uchraydi. Cho„lda yirik hayvonlar dan jayron, oqquyruq, qulon, tulki, chiyabo„ri, qum mushugi kabilar yashaydi. Mayda hayvonlardan esa qo„shoyoq, toshbaqa, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilonlar ko„p uchraydi. O„lkamiz cho„llarida kaltakesaklar va ilonlarning bir necha turlari yashaydi. O„lkamizdagi cho„llarning katta qismi o„zlashtirilib, vohalarga aylantirildi. Ekinzor va bog„lar, shahar va qishloqlar bunyod etildi. O„zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan o„lkamiz hududidagi cho„l larni ko„rsating va ularning nomlarini aytib bering Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling