O‘zbekistоn respublikаsi xаlq tа’limi samarqand shahar 81- umumiy oʻrta ta’lim maktabining 2021-2022-oʻquv yili uchun ona tili va adabiyot fanlari metod birlashmasi
Download 1.09 Mb.
|
Metod birlashma Ona tili 81
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metod birlashmaning asosiy vazifalari bo‘yicha ko‘rsatma
O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI Samarqand shahar 81- umumiy oʻrta ta’lim maktabining 2021-2022-oʻquv yili uchun ONA TILI VA ADABIYOT fanlari metod birlashmasi ISH HUJJATLARI TO‘PLAMI Samarqand-2021 Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metod birlashmalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot Metodbirlashma – bu umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib, o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi. Metodbirlashma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-son buyrug‘iga, shuningdek umumta’lim maktabining ustaviga amal qiladi. Metod birlashmaning asosiy vazifalari bo‘yicha ko‘rsatma O‘qituvchilarga fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari ko‘rsatish; O‘qituvchilarni xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS baholash dasturlariga tayyorlash uchun o‘qituvchilarni qo‘shimcha materillar bilan ta’minlash; O‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga ko‘maklashish; “Online metodik kun”da filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) o‘qituvchilarini ishtirok etishini maktab direktori bilan birgalikda ta’minlaydi; Ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish; O‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan tarqatma va nazorat ishi materiallarini muhokamadan o‘tkazish; Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) o‘qituvchilarning yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishtirish; Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish va ularga zamonaviy dars o‘tish usullarini tavsiya etish; Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) o o‘qituvchilarga dars jarayonida ko‘rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish; Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) o‘qituvchilariga sinfdan tashqari va to‘garak ishlarini tashkil etishga ko‘maklashish; Yosh o‘qituvchilarga murabbiy biriktirish va muntazam metodik yordam uyushtirish; Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) o o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni muhokamadan o‘tkazish; Maktabda filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) fanlaridan fan oyligini tashkil etish, maktab miqyosida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish; Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirini belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilish; O‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish bo‘limlarida ishlarni tashkil etish orqali filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili) metod birlashmasining ishlari sifatli tashkil etiladi.
Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling