№
|
Amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni
|
Bajarish muddati
|
Mas’ul ijrochi
|
1
|
Ona tili va adabiyot fanlar metod birlashmaning joriy o‘quv yili uchun tuzilgan yillik ish rejasi bilan tanishish va uni tasdiqlash, Metod birlashma a’zolarining yillik ish taqsimotini tuzish
|
2021-yil
avgust
|
Metod birlashma rahbari
|
2
|
O‘tgan 2020-2021-o‘quv yili yakunlari natijalarini tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarni va vazifalarni muhokama qilish
|
2021-yil
17-18-avgust
|
Metod birlashma rahbari
|
3
|
Avgust shu’ba yig‘ilishlarida ishtirok etish va joriy yildagi ta’lim yangiliklarini metodbirlashma yig‘ilishida o‘rganib chiqish, tahliliy tanqidiy ma’lumotlar tayyorlash
|
2021-yil
17-18-avgust
|
Metod birlashma rahbari
|
4
|
DTS, o‘quv daturlari asosida Ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilarining yillik taqvimiy ish rejalarini ko‘rib chiqish, muhokama qilish va eng maqbulini o‘qituvchilar uchun taqdim etish
|
2021-yil
25-avgustga qadar
|
Metod birlashma rahbari
|
5
|
Ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilari bankini yangilash, zamonaviy o‘qituvchi va iqtidorli o‘quvchilar bankini yaratish
|
O‘quv yilining I-choragida
|
Metod birlashma rahbari
|
6
|
Ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilarining savodxonligini oshirish maqsadida har oyda bir marta Tayanch maktablari kesimida o‘z fanlari bo‘yicha “Mahorat darslari”, ya’ni amaliy seminarlar tashkil etish
|
Jadval asosida
|
Metod birlashma rahbari
|
7
|
Fan o‘qituvchilarining dars o‘tish salohiyatini, darslarda ko‘rgazmali materiallar sifatini, fan xonalarining gigiyenik holati va jihozlanishi, o‘qituvchilarning kiyinish va muomala madaniyatini nazorat qilib borish
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma a’zolari
|
8
|
Fan o‘qituvchilarining o‘z vaqtida malaka oshirish kurslariga borishlarini va toifa uchun attestasiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini rejalashtirish
|
Reja asosida
|
Metod birlashma rahbari
|
9
|
Maktabda “Fan oyliklari”ni yuqori saviyada tashkil etish, o‘tkazish va natijalari bo‘yicha fan Ona tili va adabiyot fanlari metod birlashmasida tahlil etish
|
2021-yil
oktabr-noyabr
|
Metod birlashma a’zolari
|
10
|
Umumta’lim fanlari olimpiadasining maktab, tuman, viloyat, respublika bosqichlariga hamda nomdor olimpiadalarga filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili va ingliz tili)fanlaridan o‘quvchilar uchun tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish va natijalarini tahlil qilish
|
2021-yil
sentabr-noyabr
|
Metod birlashma a’zolari
|
11
|
Ona tili va adabiyot fan o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari jarayonida AKT vositalaridan unumli va samarali foydalanishlarini nazorat qilish, kompyuter savodxonligi past bo‘lgan o‘qituvchilarni qo‘shimcha AKT o‘rganish mashg‘ulotlariga jalb etish ishlarini olib borish
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma a’zolari
|
12
|
Ona tili va adabiyot fanlar metod birlashmada “Ustoz-shogird” tavsiyasiga oid ishlarni tashkil etish va yosh, tajribasi kam o‘qituvchilar uchun ijodkor o‘qituvchilarning amaliy yordamlarini tashkil etish hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yig‘ilishlarga tahliliy ma’lumot kiritish.
|
O‘quv yilining
I-choragida
IV-choragida
|
Metod birlashma a’zolari
|
13
|
Ichki monitoring xizmati a’zolari tomonidan choraklar kesimida olingan o‘quvchilarning o‘zlashtirish monitoringi natijalariga ko‘ra, past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilar va mavzularni ro‘yhatga olish va bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish
|
Chorak yakuniga ko‘ra
|
Metod birlashma a’zolari
|
14
|
O‘qituvchilarni va o‘quvchilarni o‘qish savodxonligi bo‘yicha PISA (TIMSS, STEM, PRILS) xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash
|
Reja asosida
|
Metod birlashma a’zolari
|
15
|
Metodik kunlarda amalga oshiriladigan ishlarnini, o‘quvchilarining aylanma va nazorat ishi daftarlarini tartibga solish, fan o‘qituvchilarining kutubxonaga a’zoligi va o‘z ustida ishlashlarini tahlil etib borish
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma a’zolari
|
16
|
O‘qituvchilarning darslarini metod birlashma rahbarlari (haftasiga 2 soatdan), fan o‘qituvchilari haftasiga 1 soatdan dars tahlillari turlariga ko‘ra tahlil etib borish va natijalari asosida amaliy-metodik yordamni tashkil etish
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma a’zolari
|
17
|
Maktabda fanlarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlarni, yangi pedagogik texnologiyalarni aniqlash va ta’lim-tarbiya jarayonidagi natijalarni Tayanch maktablarida targ‘ibot qilish;
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma a’zolari
|
18
|
Umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan respublika fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlaridagi ishtirokini tahlilini metod birlashma yig‘ilishlarida muhokama etish
|
2021-yil
sentabr-oktabr
|
Metod birlashma rahbari
|
19
|
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilari uchun o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash
|
2021-yil
oktabr-dekabr
|
Metod birlashma rahbari
|
20
|
Umumtalim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida barcha fanlardan ijodiy ishlar tanlovini o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish
|
2021-2022-yil
sentabr-may
|
Metod birlashma a’zolari
|
21
|
Fanlardan tashkil etilgan to‘garaklariga o‘quvchilarni jalb etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etish va ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni belgilangan jadval asosida haqqoniy o‘tkazib borilishini nazorat qilish
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma rahbari
|
22
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarorlari va Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2020-yil 13-avgustdagi 183-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma rahbari
|
24
|
Maktabda buyruq asosida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha mas’ul xodim ishini nazorat qilish
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma rahbari
|
25
|
Maktabdagi yuqori samara bergan ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning darslarini va metodik ishlarini belgilangan tartibda o‘rganib, ilg‘or tajribaga ega, pedagogik faoliyatida yuqori sifatli jarayonni tashkil etgan, ijodkor o‘qituvchilarni saralab olish hamda darsini maktab va tuman miqyosida ommalashtirish, ustama haq olishga maktab pedagogika Kengashiga tavsiya berish
|
O’quv yili davomida
|
Metod birlashma rahbari
|
26
|
Fan o‘qituvchilarining mutaxassisliklari bo‘yicha bilim darajalarini oshirib borish maqsadida ichki nazorat sinovlarini tashkil etish hamda tahliliy ma’lumotlarni Metod birlashma va pedagogika kengash yig‘ilishlarga muhokama uchun kiritib borish
|
Har chorak yakunida
|
Metod birlashma rahbari
|
27
|
Yakuniy attestatsiya va sinfdan-sinfga ko‘chirish bosqichli nazorat imtihonlari materiallarini o‘rganib chiqish, o‘quvchilarni imtihon sinovlariga tayyorlash hamda o‘tkazish ishlarini tashkil etish
|
2022-yil
mart-aprel
|
Metod birlashma rahbari
|
28
|
O‘qituvchilarning o‘quv yili davomida olib borgan pedagogik faoliyatining taqdimoti va yakuniy tahlili asosida ko‘rgazma tashkil etish
|
2022-yil
may
|
Metod birlashma rahbari
|
29
|
O‘quv yili davomida o‘qituvchilarni Ommaviy axborot vositalarida yangi innovatsiyalar bilan, maqolalar, metodik tavsiyalar, ish tajribalarini yoritilishini yo‘lga qo‘yish
|
O‘quv yili davomida
|
Metod birlashma rahbari
|
30
|
Metod birlashma yillik rejasi, bayonnomalar daftari va yillik hisobotini maktab arxivida 3 yil saqlanishini ta’minlash maqsadida maktab O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga taqdim etish.
|
202-yil
iyun
|
Metod birlashma rahbari
|