Ta’lim sohasi va yo’nalishi:
|
110000 – Pedagogika
|
5110500 – Geografiya o’qitish metodikasi
|
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:
|
O’qituvchi M.Usmanov
|
e-mail:
|
Mashrab.@mail.ru
|
Dars vaqti va joyi:
|
1-bino
549 auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
04.09.2019-04.06.2020
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Dushanba, payshanba va shanba kunlari 14.00 dan 18.00 gacha
|
Fanga ajratilgan
soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
46
|
Reyting
38
|
Ma’ruza: 38
|
Amaliy
38
|
Laboratoriya:
-
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi (prerekvizitlari):
|
Tuproqlar geografiyasi 5110500 yo’nalishga kirgan «biogegrafiya», «tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish», «geologiya», «umumiy yer bilimi », «materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» va boshqa fanlar bilan bog’langan. Ularning xulosalariga tayanadi va ularning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
|
Фаннинг мазмуни
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo’lgan tuproqlarni hosil bo’lish jarayoni, rivojlanishi, tarkibi va xossalari, hamda geografik tarqalish qonuniyatlarini o’rganish asosida talabalar tabiiy omillarning o’zaro murakkab aloqadorliklari mohiyati to’g’risida tassavurga ega bo’ladilar. Tuproqda kechadigan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar tufayli uning tarkibi, xossasi, xususiyatlari va unumdorlik darajasini o’zgarib borishi bo’yicha ma’lumot oladilar. Shular asosida bo’lg’usi mutaxassislar tuproq xossa va xususiyatlarini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar tizimini ishlab chiqish, ularni muxofaza qilish vazifalarini bajarishlari lozim. Shuning uchun xam talabalarga tuproqning xosil bo’lishi, rivojlanishi, tarkibi va xossalari, ulardan unumli foydalanish yo’l yo’riqlari, muxofaza qilish masalalari bo’yicha mukammal ma’lumot berish taqazo qilinadi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad: Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi bo’lgan tuproqlarni hosil bo’lish jarayoni, rivojlanishi, tarkibi va hossalari hamda tarqalish qonuniyatlarini o’rganish hamda talabalarga tabiiy omillarning o’zaro murakkab aloqadorliklari mohiyati to’g’risida ma’lumot berishdan iborat.
Fanning vazifasi: Tuproqda kechadigan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar tufayli uning tarkibi, xossa-xususiyatlari va unumdorligini o’zgarib borishi bo’yicha ma’lumot berish. Shular asosida bo’lg’usi mutahassislarda tuproq xossa va xususiyatlarini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish ko’nikmalarini shakllantirish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |