O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi
Prolyuviiy jinslardagi qumli cho’l tuproq, qo’riq yer
Download 1.29 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prolyuvial jinslardagi qumli cho’l tuproq
- Qumli cho’l tuproqnig mexanikaviy tarkibi
- Chuqurligi, sm Zarrachalar o’lchami, mm.
- Qumli cho’l zonalarining fizikaviy xossalari
- Qattiq fazasi zichligi, g/sm 3
- Qumli cho’l tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish.
- 4. Cho’l zonasi tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish
Prolyuviiy jinslardagi qumli cho’l tuproq, qo’riq yer (Qarshi cho’li, A.Rasulov).
0-7 0,48 0,031 0,030 7,5 1,22 212,5 8,6 7-40 0,24 0,017 0,059 5,0 1,25 225,5 8,2 40-80 0,18 0,011 0,051 4,0 1,24 212,5 9,5 80-95 0,10 0,005 0,029 5,0 0,95 50,0 11,6 Eol yotqiziqlardagi qumli cho’l tuproq (Qarshi cho’li, A.Rasulov) 0-20 0,37 0,013 0,055 2,8 1,87 163,0 13,7 20-40 0,37 0,013 0,069 1,8 1,87 163,0 13,7 40-83 0,20 0,007 0,077 2,1 2,01 181,0 16,0 83-125 0,14 0,006 0,073 3,5 1,83 101,0 13,5 Prolyuvial jinslardagi qumli cho’l tuproq (Nurota vodiysi, I.Boboxo’jaev) 0 –7 0,19 0,003 Aniq- 4,46 1,70 30,6 - 7-21 0,50 0,06 lanma- 21,73 1,78 - - 30-40 0,42 0,045 gan - - 151,5 - 50-90 0,40 0,042 8,70 - 147,3 - 110-140 0,23 0,035 1,20 - - Pastqam relg’efli joylarda krabonatli konkretsiyalar uchraydi. Qumli cho’l tuproqlarning singdirish sig’imi juda kichik (3-4 mg. ekv). Singdirilgan asoslar tarkibida kalg’tsiy ko’proq. O’rta Osiyo qumlari tarkibida 50-70 foizgacha kvarts, ko’p miqdorda dala shpatlari, slyudalar va boshqa minerallar bor. Bu qumlarning kam nuraganligini ko’rsatadi. Fizik xossalari. Qumli cho’l tuproqlarning mexanik tarkibida mayda qum (0,25-0,05mm) va yirik chang (0,05-0,01mm) fraktsiyalari ko’p bo’ladi (73-jadval). 2-jadval Qumli cho’l tuproqnig mexanikaviy tarkibi (Janubi-sharqiy Qoraqum M.L.Parxomenko), foiz
Bu tuproqlarning fizikaviy xossalari qattiq fazasi zichligining yuqori (2,6-2,7 g/sm3) va zichligining ancha kamligi bilan xarakterlanadi 3-jadval Qumli cho’l zonalarining fizikaviy xossalari
Zichligi tuproqning yuqori gorizontlarida 1,44-1,47, pastki qatlamlarida 1,58-1,59 g/sm3 gacha oshadi. Shunga ko’ra umumiy kovakligi 44-46 foiz oralig’ida bo’ladi. Maksimal gigroskopikligi kam (0,68-0,75 foiz). Suv o’tkazuvchanligi juda yuqori bo’lib, 10 soatda 180 mm ni tashkil etadi. Qumli cho’l tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish. MDH da qumli yerlar maydoni 64,73 mln. gektar bo’lib, qishloq xo’jaligida shundan 39,28 foizi foydalaniladi. Haydaladigan yerlar 97,3 ming ga (0,15 foiz)ni tashkil etadi. O’zbekistonda qumli cho’llar maydoni 1572 ming gektar bo’lib, kuchsiz ko’chib yuradigan va ko’chmaydigan qumlar maydoni 12,4 mln.ga. Qumli cho’l tuproqlari tarqalgan maydonlar chorvachilikda (qo’ychilikda) keng foydalanib kelinmoqda. Ammo keyingi yillarda O’rta Osiyoning qadimdan sug’orilib kelinadigan zonalarga tutash maydonlarda qumli cho’l tuproqlari intensiv ravishda o’zlashtirilmoqda. Qumli cho’l tuproqlaridan dehqonchilikda foydalanish borasida O’zbekistonning Xorazm vohasi, Qoraqalpog’istonning qator nohiyalarida, Buxoro viloyatida va Turkmanistonning Chorjuy va Murg’ob vohalarida azaldan katta tajribalar to’plangan. Hozirgi vaqtda qumli cho’l tuproqlari Qarshi cho’li, Mirzacho’l, Buxoro vohasi, Farg’ona va Sherobod vodiylarida o’zlashtirilib, ancha maydonlar paxtachilikda foydalanilmoqda. Qumli tuproqlar deflyatsiyaga uchraganligi, relg’efi murakkabligi va unumdorligining ancha past (gumus va oziq moddalar juda kamligi, fizikaviy xossalarining noqulayligi) sababli, ulardan foydalanayotganda qator, o’ziga xos kompleks agromelioratsiya tadbirlari sistemasini qo’llanishni talab etadi. Qumli tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi nihoyatda yuqori va nam sig’imi past bo’lganidan, tuproqning ana shu xossalarini yaxshilashga qaratilgan qator usullardan foydalaniladi. Shu maqsadda, dalalarga sug’orish suvlari bilan birga loyqa yuborish yoki sunhiy ravishda gilli tuproq solish (kalmotaj) yaxshi samara beradi. Bundan tashqari ekinlarni yomg’irlatib sug’orishga alohida ehtibor berish lozim. Shu usulda sug’orilganda o’simliklarning o’sish davrida tuproqda mo’tadil miqdorda nam saqlanib turadi. Tuproqdan suvning filg’trlanib ketishini va bug’lanishini kamaytirish maqsadida, kanallarni betonlash, sug’orish uchun suvni yopiq lotoklar va quvurlar orqali yuborish kerak. Qumli tuproqlar gumusga va turli oziq moddalarga kambag’al bo’lganligidan, organik va mineral o’g’itlardan keng foylanish, ko’p yillik o’tlar ekish zarur. Qumli tuproqlarning shamol ta’sirida to’zg’ishi (deflyatsiya)ga qarshi chora tadbirlarini olib borish ham muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda baland poyali o’tlardan kulislar yaratish, ixota daraxtzorlari barpo qilish, kimyoviy vositalar (KBT, K-4, K-9 kabi preparatlar)dan foydalanib, tuproqni mustahkamlash yaxshi samaralar beradi. Tajribalardan ma’lumki, kompleks tadbir o’tkazilgan qumli cho’l tuproqlari maydonlaridan, ekinlardan yuqori hosil olish mumkin. Qarshi cho’lida o’tkazilgan tajribalardan ma’lumki, o’zlashtirilib g’o’za ekilgan qumli cho’l tuproqlari maydonlarining birinchi yilidayoq 18-19 ts/ga paxta hosili olish mumkin (A.Rasulev). 4. Cho’l zonasi tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 40,5mln gektarga yaqin. Ammo sug’orib dehqonchilik qilinadigan maydonlar juda kam. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling