7. Berilgan yechilishiga qarab masala tuzish
Masalalar yechish malakasini shakllanishiga masala yechilishiga nisbatan
teskari deb atash mumkin. faqat raqamlar bo’lgan mashqlar yordam beradi – bu
masalani uning yechilishiga qarab tiklashdir.
Masalaning yechilishi ixtiyoriy formada berilishi mumkin: aolhida amallar,
ifoda yoki tenglama bilan, bo’lgan tushuntirish yozuvlari bilan va ularsiz berilishi
mumkin. Bunda masalaning yechilishi bitta amalni o’z ichiga olishi mumkin. Bir
nechta amalni ham o’z ichiga olishi mumkin. Faqat raqamlar yordamida emas,
balki harflar bilan ham yozilishi mumkin. masala tuzishni taklif qilayotgan avval
masalani berilgan yechilishini analiz qilish kerak.
Ayrim hollarda bolalarga masala syujetini yoki kattalikning nomini aytib
berish maqsadga muvofiqdir. Masalan o’qituvchi 3-sinf o’quvchilariga berilgan
ushbu ifoda bo’yicha, tezlik, vaqt, masofa kattaliklari qatnashgan masala tuzishni
taklif qiladi. (12:3)*2. Bu yerda qaysi amal birinchi berilgan (bo’lish), so’ngrachi?
(x) Bu ifodaga ko’ra tezlik, vaqt, masofa kattaliklari qatnashgan masala tuzish
kerak. Ko’paytirish amali bajarilgandan so’ng nimani bilamiz. (masofani) Demak
2 soni nimani bildiradi. (harakat vaqtini) 12:3 ifoda nimani bildiradi? (tezlikni)
Agar bu ifoda tezlikni bildirsa, unda har bir son nimani ko’rsatadi? (12 o’tilgan
masofani, 3 esa harakat vaqtini). Masala tuzing. Bolalar masalan quyidagi
masalani tuzishlari mumkin: ,,Yo’lovchi bir xil tezlik bilan yurib 3 soatda 12 km
yo’lni bosdi. Shunday tezlik bilan yursa, yo’lovchi 2 soatda qancha yo’lni bosadi?
Ko’rsatilgan amallar bo’yicha masalalar tuzish taklif qilish ham mumkin. Masalan,
o’qituvchi yechilishida avval ko’paytirish amali bajarilishi lozim bo’lgan masala
yoki yechilishi avval qo’shish amali, so’ngra bo’lish amali bajarish zarur bo’lgan
masala tuzishni taklif qilish mumkin.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |