O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Amaliy mashg’ulot olib borish texnologiyasi


Download 449.9 Kb.
bet26/27
Sana14.08.2023
Hajmi449.9 Kb.
#1666929
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
BMI-4

Amaliy mashg’ulot olib borish texnologiyasi

Talabalar soni 25-30

7-mavzu , 2 soat

Mashg’ulot shakli

Individual topshiriqlarni bajarishga asoslangan amaliy mashg’ulot

Mashg’ulot rejasi

1.Qaytar va qaytmas jarayonlar.
2.Termodinamikaning birinchi qonuni.
3. Ideal gazning issiqlik qonuni.
4.Adiabatik jarayonlar. Puasson qonuni.
5. Karno sikli va uning foydali ish koeffisiyenti.
6.Termodinamikaning 2-qonuni. Entropiya.

O’quv mashg’ulotining maqsadi

Qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamika qonunlari, issiqlik sig’imi, foydali ish koeffisienti hamda o’quv kursi bo’yicha umumiy tasavvurni berish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:

-qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamika qonunlari, ideal gazlarning issiqlik sig’imiga oid tushunchalar beriladi.
-adiabatik jarayonlar, Puasson qonuni, Karno sikli, foydali ish koeffisienti, entropiyaga oid tushunchalar beriladi.

-qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamika qonunlari, ideal gazlarning issiqlik sig’imiga oid tushunchalarga ega bo’ladi.
-adiabatik jarayonlar, Puasson qonuni, Karno sikli, foydali ish koeffisienti, entropiyaga oid tushunchalarga ega bo’ladi.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska, multimedia, proyektor.

O’qitish shakllari

Frontal, kollektiv ish.

O’qitish sharoiti

Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

Kuzatish,og’zaki baholash, savol- javob.




Ish bosqichlari

O’qituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi faoliyatining mazmuni

1-bosqich.
Mavzuga kirish
(10 daqiqa)

1.1.O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.
1.2. Tinglovchilarning mashg’ulotdagi faoliyatini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi. (29-bet, 1-Ilova)

Mavzu nomini yozib oladi.
Tinglaydi.

2-bosqich.

Asosiy bo’lim


(60 daqiqa)





2.1.Guruhlarga ajratadi.
2.2. Har bir guruh a’zosiga topshiriq beradi.(2-Ilova)
2.3. Har bir guruhga to’ldirishi lozim bo’lgan jadval beradi. (2-Ilova blis-o’yin)
2.4. Topshiriqni yakka bajarish kerakligini va yakka javob ustunini to’ldirishni aytadi.
2.5. Topshiriqni endi guruh bo’lib ishlab guruh javobi ustunini to’ldirishni aytadi.
2.6. Yakka va guruh javobi ustunlarining to’g’ri javobini aytadi.

Individual tarzda masalani ishlaydi va yakka baho ustunini to’ldiradi.
Guruh bo’lib topshiriqni bajaradi. Ustunlarni to’ldiradi. Natijani tahlil qiladi
Xatolarini biladi.

3 – bosqich.


Yakunlovchi


(10 daqiqa)



3.1.Yakka va guruh xatolari ustuniga qarab har bir guruh va har bir talabaning bilimini baholaydi.
3.2. Mavzu bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi.
3.3. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qiladi.
3.4. Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun topshiriqlar beradi. (3-Ilova)

Savollar beradi
Tinglaydi.

Yozib oladi.



1 (7.2)-Ilova


Blits-o’yin jadvali






Yakka baho

Yakka xato

Guruh bahosi

Guruh xatosi

To’g’ri javob

1-topshiriq
















2-topshiriq
















3-topshiriq
















4-topshiriq
















3 (7.2)-Ilova

Mustaqil o’rganish uchun savollar

  1. Qaytar va qaytmas jarayonlar.

  2. Termodinamika qonunlari.

  3. Gaz bajaradigan ishlar.

  4. Ideal gaz issiqlik sig’imi.

  5. Adiabatik jarayonlar. Puasson qonuni.


XULOSA

Pedagogik texnologiyalar masalalari muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha pedagogik texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu o’qituvchi va talaba-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz. Ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’qituvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bersa, o’qituvchi esa ularning bunday faolliklari uchun imkoniyat va sharoit yarata oladi. O’qish jarayonning asosi xisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u talaba-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda.


Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish holatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi.
Malakaviy bitiruv ishida bajarilgan ishlarni umumlashtirib quyidagicha xulosalar qilish mumkin:

  • Termodinamika qonunlari mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli va texnologik xaritasi tuzildi.

  • Termodinamika qonunlari mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli va texnologik xaritasi tuzildi.

  • Mavzular bo’yicha talabalar bilimini faollashtiruvchi savollar va uch darajali testlar tayyorlandi.

  • Termodinamika qonunlari mavzusiga tegishli organayzerlar tayyorlandi.




Download 449.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling