O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakul`teti Pedagogika va psixologiya kafedrasi Dots. Nurjanova R.
«PEDAGOGIKА ТАРИХИ» fani bo`yicha o`quv uslubiy majmuasi (bakalavriat bosqichi talabalari uchun) NUKUS - 2012 MUNDARIJA 1-ma`ruza Kirish. Pedagogika tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Qadimgi Markaziy Osiyoda ta’lim-tarbiyaning paydo bo’lishi.
VI-VII asrlarda turk xalqlarining madaniy turmushi va ta’lim tarbiya
3-ma`ruza VIII asrda Islom madaniyati va Markaziy Osiyoda ta’lim- tarbiyadagi islohatlar.
IX-X asrlarda Samoniylar davrida maktab va ta’lim-tarbiya tarixida uyg’onish davri.
XI-XII asr Qoraqoniylar davridagi maktab va ta’lim-tarbiya
6-ma`ruza XIV-XVI asr Temuriylar davrida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati.
XIV-XV asr Oltin Urda va Nugoyli davridagi qaroqalpoq xalqining ta’lim-tarbiyaviy fikrlari.
8-ma`ruza XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq xalqining ta’lim-tarbiyaviy fikrlari.
9-ma`ruza XX-asr boshidagi O’zbekistondagi maktab va ta’lim- tarbiyaviy fikrlar, Jadidshilik.
10-ma`ruza 1917-1990 yillarda O’zbekistonda maktab va pedagogika fani.
11-ma`ruza O’zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi islohatlar (1991-2003)
12-ma`ruza Qadimgi Yunoniston va RIM davlatlaridagi ta’lim-tarbiya.
13-ma`ruza Garbiy Evropadagi ta’lim-tarbiya
14-ma`ruza XIX-XX asrda Rossiyadagi maktab va pedagogika
15-ma`ruza Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi.
Kirish. Pedagogika tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Markaziy Osiyoda ta’:lim-tarbiyaning paydo bo’lishi.
REJA. 1. Kirish. 2. Pedagogika tarixi fanining maqsadi va vazifalari. 3. Pedagogika tarixi fanining metodologik asoslari va uning xozirgi davr uchchchchun axamiyati. 4. Eng qadimgi davrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy turmush~ tarbiyaning kelib chichqishi. 5. «Avesto»-da ta’:lim-tarbiyaviy fikrlar.
ADABIYOTLAR. 1. K.Xoshiimov, S.Ochil.(tuzuvchi mualliflar)Uzbek pedagogikasi antologiyasi.T. Uqituvchi (w- jild.)
2. K.Xoshimov va boshkalar. Pedagogika tarixi. Ko’llanma., «Uqituvchi». 3. O.Xasanboeva va boshqalar. Pedagogika taixi. Qo’llanma.T., «Ukituvchi». 4. S.Ochil, K.Xoshimov(tuzuvchi mualliflar)Uzbek pedagogikasi antologiyasi.T., «Uqituvchi».
TAYANCH TUShUNCHALARI: Dorilfunun, zardushtiylik dini, nekbin pedagogika, «Avesto», Kutayba ibn Muslim, Ovrupo pedagogikasi, Sharq pedagogikasi, Xerler.
1. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo’lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqietini davrlar talabi asosida o’rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqyoti bilan bevosita bog’liqdir.
Binobarin, mustaqillik tufayli, ko’hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishiga chart-sharoitlar vujudga keldi. Ayni paytda o’zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi rrpppva rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’:lim-tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish nazariyasi bilan amaliyotining qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot kiliingan ilmiy-nazariy, falsafiy- tarbiyaviy haqiqatdir.
O’zbek xalqi tarixan ta’:lim-tarbiya soxasida o’ziga xos dorilfunun yaratgan. Xatto hozirgi o’zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham nekbin pedagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ning bizgacha etib kelgan ayrim saxifalarida o’z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoniyati cheklangan. Chunki, Kutayba rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan janglar, talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o’sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yoqib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik karashlarni, milliy ta’:lim-tarbiyaga oid an:analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o’rganish, puxta tahlil qilish va xayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.
w. Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Ovrupo pedagogikasini asos qilib oldik va o’rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasini o’rganishga e:tiborni qaratmoq lozim. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan, xurfikrlilik bizdan boshlangan. «Shark Evropaning muallimidir» deb bekor ta’riflamagan edi olmon olimi Xerler. Haqiqatdan ham o’zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish lozim.
VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish keskin orta boshladi. O’sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Al-Farg’oniiy, Al-Beruniy, ibn Sino, az-Zamaxshariy siingari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ular bilan yonma-yon dunyviy ilimlar tug’ildi. O’sha ulug’ mutafakkirlar inson ma’:naviy va tafakkur dunyosini boyitishda. Insoniyat ongini, madaniy-ma’:rifiy qarashlarini o’stirishda o’z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o’ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’:limotni yaratdilar. XU-XU asrlarga kelib Turkiston jaxonga Kozizoda Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Xofiz Xorazmiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Abulgozi Baxodirxon singari allomalarni etkazib berdi. Bu davrda Markaziy Oisyo shaxarlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi.
Oktyabr to’ntarishidan keyin, ya:ni 1917 yildan boshlab Turkiston mintaqasida «yachin tezligida» Sho’ro xokimiyati o’rnatila boshladi. Bu tuzum kommunistik firqa mafkurasini targ’ib va tashviq qildi.
Sho’ro xokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda yangi maktablar ochish va ularni mustaxkamlash vazifalari ko’ndalang ko’yiladi. Unda yoshlar ongiga yangi jamiyat g’oyalarni singdirish, shu ishlarni amalga oshiradigan pedagog hodimlar tayerlashga e:tibor berildi. Shu ishlarni amalga oshirishda Rusiya xalq ta’:limi yo’nalishi va tizimi raxbarlik qilgan. Tarixdan ma’:lumki, qaysi davlat eki mamlakat hukmron bo’lsa, u tobe mamlakat va xalqqa o’z mafkurasini, madaniyatini, axloq-odob aqidalarini singdirishga harakat kilingan.
1924 yilda oktyabr oyida Turkistonning parchalanishi oqibatida milliy madaniyat yo’li asta- sekin to’sila boshladi. Asrlar osha amalda ko’llanilib kelingan, qomusiy ilmlar bitilgan yozuv man etildi. Avval lotin grafikasi, keyin rus grafikasi asosiga qurilgan yozuvga o’tildi. Bu tadbir Markaziy Osiyo xalqlarini o’z madaniyat tarixini o’rganish imkoniyatidan maxrum etildi.
Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur,:oni karim, Muxammad alayxissalom xadislari ta’qib ostiga olindi.
1991 yilga kelib, O’zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o’zining yangi milliy Qomusi asosida o’zbek milliy fani va madaniyati, «pedagogika tarixi» ga ham yangicha yondoshish imkoni tug’ildi.
Pedagogika tarixi jamiyat taraqqieti qonunlariga suyangan xolda turli pedagogik nazariyalarni, ta’:lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o’rgatadi. O’tmishning pedagogik sistemalarida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.
Demak, pedagogika tarixi fani ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondashadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo’lganligini ochib beradi.
Pedagogika tarixini o’rganish o’quvchilarning faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik maxoratini egallashshga yordam beradi.
2. Xozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan birnecha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yolni bosib o’tganlar.Dastlabki tosh qurollaridan tortib takomillashgan mexnat qurollari yasashgacha, undan urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo’jalik va madaniy taraqqietda erishilgan yutuqlargacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, Sug’diena, Marg’iena, Parfiya, Zarafshon voxalari, Parkana kabi o’lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular xozirgi o’zbek xalkining «ildizi» xisoblangan sak-massagetlar, sug’diyonlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliiklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o’zaro ko’p qabila va urug’lar bilan birlashib ketib xozirgi Markaziy Osiyodagi xalqlarning ajdodlari xisoblanishadi.
Tarkkiet eramizdan oldinggi IX-UI asrlarda paydo bo’lgan Axamoniylar xukmronligi, keyinroq eramizdan avvalgi a’a’a’ asr o’rtalarida tarkib topgan Grek-Baqtriya davlati, eramizning a’ asrida Kushonlar davlati, U asrda Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nixoyat turk xoqonligi davrlarini o’z ichiga oladi.
Tadqiqotchilar qayd etilgan ma’:lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita etib kelmagan. Qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya», Maxmud Qoshgariyning «Devonu lug’oti turk », O’rxun-Enisey bitiklari va boshqa shu kabi adabiy-tarixiy asarlarda saqlangan va shular orqali bizgacha etib kelgan.
Ma’lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jixatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e,:tikodlar, oddiy ixtirolarlarning takomillashib borishi, inson ongining shakllknib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon ming-ming yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bo’lib xulq-odob qoidalari tarkib topadi.
Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, hislatlari qadimgi eposlarda , ulardagi afsonaviy obrazlar kiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruxga sig’inish, onimizm, ajdodlar ruxiga siginish, totemizm, sehrgarlik kabi diniy e:,tikodlar va marosimlar aks etgan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so’g’dlar, parfiyanlar yashagan davrlarga to’g’ri keladi.
Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini kuramiz:
1.Xalq og’zaki ijodi materiallari.
2.Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. 3.Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar. Tarixchilar va tarixchi-pedagoglarning ko’rsatishicha, kishilarning mexnat faoliyati jixatidan uch guruxga bulingan:
1) bolalar va o’smirlar., 2) xayot va mexnatda to’la ishtirok etuvchilar.,
3) keksalar. Biz bilamizki ibtidoiy jamiyatdan to urug’chilik jamoasigacha bolalar mexnati takomillasha bordi va kasb-xunarga intilish faollashdi. Dalalarni o’lchash, suv toshqinlarning oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish avj oldi. Natijada maktab va yozuvga zaruririyat sezila boshladi. Dastlab suratkashlik rivojlanib keyinroq piktografik xat va nihoyat kushni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo’ladi.
Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida oromiy yozuvi, Makedonskiy istilosidan so’ng yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mihhat ham maa’lum vaqtlargacha ko’llanilib kelgan. O’sha davrda Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (O’rxun-Enisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Xitoyda qogozning ixtiro etilishi, Xindistonda xisoblash unlik sistemaaaaaasining paydo bulishi, Messopotamiyada Er kurrasini graduslarga, sutkani soat, dakika va soniyalarga bulinishi joriy etilishi, M.Osieda Urta dengiz bilan Xindistonni boglovchi karvon yulining vujudga kelishi, keyn M.Osie orkali Xitoydan Urta dengizga «Buyuk ipak yolining ochilishi madaniyatning taraqqiy yotishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ldi.
Demak yuqorida sanab o’tilgan yozuvlar asosida Xorazm, So’g’d, Baqtriya yozuvlari shakllangan.
Eramizdan oldingi 484-431 yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning taa’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma:lumotlar berilgan:
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir,- deydi olim,- shunga kura kuprok ugillariga bulishdan faxrlanishgan. Podshox kimning o’g’li ko’p bo’lsa , unga har yili sovg’a- salomlar yuborgan. O’gil balalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: Otda yurishga, kamondan otish, tug’rilikka o’rgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatishmagan, u ayollar tarbiyasida bo’lishgan. Mobodo vafot etishsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilishgan.
O’g’il bola hech qachon ota-onasini behurmat kilmagan .Ular faqat niqoxsiz yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb xisoblaganlar. Bundan tashqari yolgonchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto yuvmaganlar ham, ular daryoni muqaddas sanashgan.
So’g’d yozma yodgorliklari orasida «Eski xatlar» deb yuritiladigan va V.B.Xenning tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu manbada Dunxuan shaxri (Sharqiy Turkiston) da yashagan so’g’dlik tijorat axl, savdo axlining Samarqandga – o’z ona yurtiga yozgan shaxsiy xatlaridir.
Imperator Yan Di (619-617) ning elchisi Vey Tszi hisobotlarida ham Samarandda ta’lim- tarbiya hakida ma’:lumotlar mavjud. « Axolisi – savdogarlardir, o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o’rgata boshlaydilar; o’qishni o’rganishi bilan savdo ishlariga o’rgata boshlaydilar». Boshqa bir xitoy tarixchisi Syuan:-Tszin esa samarkand axolisini axloqiy va xulq-odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o’rnak bo’lganligi aytib o’tilgan.
Shuning bilan birga eng qadimgi davrlarda ta’:lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’:lumotlarni biz xalq ogzaki ijodi namunalari – afsonalar, kaxramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ko’ramiz. Chunki xalq donishmandlilining ko’zgusi bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo’lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir.
Miflar asosida yaratilgan afsonalar qaxramonlik eposlar uchun zamin tayorladi.Bu kaxramonlik eposlarda vatan va erkinlikka bolgan muxabbat, uz yurti va jonajon qabilasi uchun jonini fido etish, shon-sharaf. Or-nomus uchun kurash tuyg’ulari ifodalanadi. Polienning «Harbiy hiylalar» asari bunga misol bo’la oladi va bu xislatlarning hammasi Saksfar, Omart, To’maris, Shiroklarning qaxramonliklarida erkin o’z ifodasini topgan 4.Ma’lumki, Markaziy Osiyo xududida qadim-qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar bo’ldi. Ularda axolining ijtimoiy-madaniy xayoti, turmush tarzi va an:a’nalari ma’lum o’lchovga solindi va belgilandi. Bunday dinlardan eng qadimiysi va eng mashxuri zardushtlik dini va ta’limotidir. Zardushtlik dinining muqaddas kitobi bo’lmish «Avesto» qadimgi Turon zaminida buyuk madaniyat va ma’rifat hamda xalq pedagogikasi mavjudligiga erkin dalildir. « Eng mo’tabar kadimgi qo’lyozmalar «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo’layapti,-deydi prezident I.Karimov ,- bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosdir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan dalolat beruchi tarixiy xujjatdirki, uni hech inkor etolmaydi».
Zardushtiylik dining asoschisi Zardusht atalmish buyuk tarixiy shaxs hisoblanib sharqning faylasufi, notig’i, shoiri, donishmandi bulgan. U miloddan oldin Ua’a’ asrda yashagan, Xorazm hokimligiga qarashli chorvachilik bilan shug’ullangan Spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurashpa, onasini esa Dugdova deb atashgan. Zardusht bolaligidan ot, tuya boqish bilan shugullangan, favqulodda qobiliyat va qudrat sohibi bo’lgan chorvador qavmlarning urf-odatlarini, dinu- udumlarini o’rgangan.
Maa’lumki ota-bobolarimiz turli dinlarga, ko’p xudolarga topinganlar,ularga bog’liq rasm- rusmlarni bajarganlar. Ana shunday rasmlardan biri qabilaning o’z xudosiga qurbonlik qilish bo’lgan. Zardusht bu qurbonlik natijasida mollarning soni kamayib ketayotganidan aziyat chekadi va buning natijasida qabilalar o’rtasidagi nizolar ko’pxudolikning natijasi ekanligini sezadi Zardusht 20 yoshida o’zining nor tuyasiga minib, (Zardusht – sariq tuya sohibi) qishloqma-qishloq , shaxarma-shaxar kezadi, yakkaxudolik g’oyasini targib kiladi; o’n yildan keyin yagona xudo – Axuramazdani kashf etadi. Zardusht ilgari surgan g’oyaning negizini ikki narsa: mutloq g’oya - Xurmuzning yakkayu-yagonaligini tan olish; yaxshilik bilan yomonlik, rostguylik va elgonchilik; zulmat bilan nur urtasidagi doimiy kurash hakidagi ta:limot va borliqni ikkiga bo’lib qarash dualistik sodiqlik tashkil etadi.
«Avesto» sof diniy kitob bo’lmay, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy qimmatga ega bo’lgan nodir qomusiy yodgorlikdir.
Abu Rayxon Beruniy «Avesto» ning vatani haqida gapirib, uni Ozarbayjonda paydo bo’lgan deydi va «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida zardushtni soxta payg’ambarlar ro’yxatida keltiradi va bu dinni Xuroson, Fors, Iroq, Musul, Balxdan tortib, Suriya erlarigacha tarqalganini aytadi. Asarda tasvirlangan «Ayriana Vayjo» degan mamlakat Xorazm bo’lishi mumkin va «Muqaddas olov» birinichi bo’lib shu o’lkada yoqilgani va Axura Mazda Zardushtga ko’rinish bergani haqida rivoyatlar mavjud. E.E.Bertel:sning fikricha asarda tasvirlangan mamlakatning geografik sharoitlari Xorazm xududiga to’gri kelishini bildiradi.
«Avesto»ning vatani Xorazm ekanligini B.Gofurov, X.Xamidovlar yanada aniqroq va ishonch bilan ta’kidlaydilar. Qabiladoshlariga Zardushtning yakkaxudolikni targ’ib etishi yoqmaydi va uni ta’qib etadilar. Shundan keyin u Rayga (Eron) ga qochadi va o’z dinini o’sha erda targ’ib eta boshlaydi. «Avesto» ni shox Gushtaspga taqdim etadi va u uning homiysiga aylanadi. Gushtaspning farmoniga ko’ra otashxona – ibodatxonalar quriladi hamda a’g’00 bobdan iborat «Avesto»ni oltin taxtachaga yozdirilib,shox otashkadasiga topshiriladi. Adabiyotshunos X.Xamidov Zardushtni shox Gushtasp qizi Havoviga uylangani, undan uch ug’il va uch qiz ko’rgani haqida maa’lumot beradi.
Manbalarda «Avesto»ning kitob shaklidagi matni eramizdan oldin a’g’ ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. Bu nusxasi Iskandar istilosigacha Istaxrda saqlangani va uning tibbiet, nujum, ilmu-hikmat sohalariga oid matnlarini yunon tiliga tarjima qildirib qolganini yoqib yuborishga buyurgan.
Ba’zi tadqiqotchilarning ta’:kidlashicha «Avesto» ning eng qadimgi nusxasi a’qg’4 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopengagen kutubxonasida saqlanishini aytishsa (Mallaev) boshqalari esa (V.A.Livshits) a’g’hh yilda eng kadimgi qo’lyozma nusxasi yaratilganini aytadilar.
«Avesto» kitobi bizgacha g’ nusxada etib kelgan: a’.Duolar to’plamidan iborat «Vendidat» , ya’ni «Pok vendidat» deb ataladi. Bu kitobda «Yasnalar» va «Vispered» ham kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan.g’. «Vendidat» va «Yasna», «Vispered» lar tarjima qilinib sharxlar bilan beriladi. Izohli tarjimasi «Zand» deb ataladi.
Zardushtiylik to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanadi. Ayniqsa «Avesto»da zardushtiylikning insonga, insonning jamiyatda tutgan o’rniga munosabati «Got»larda to’liq yoritilgan. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik va yomonlik dunyosi tushiniladi.
«Avesto» ning eng xajmi katta qismi «Yasna» larda inson kamolini ko’rsatuvchi axloq mezoni ana shu uchlikda Xumata-yaxshi fikr, Xukta-yaxshi so’z, Xvarsha-yaxshi ishlarda ifodalanadi.
Zaratushtra ta’limotida a’o’ yosh balog’at yoshi sanalgan. O’smir balog’at yoshiga etganda Zaratushtra qonunlari o’rgatishgan. Falsafa, axloq-odob, zardushtiylikning axloqiy yoriqlari o’rgatilgan. O’smirlar xudojo’y mexnatkash, adolatli, oyu-niyatlari, so’zlari, ishlarida halollikka alohida e,:tibor berilgan.
Zardushtiylikda ovqatlanish qoidalariga ham qat,:iy rioya etilgan.CHunki inson ovqatlanmasa fuqarolik burchini bajara olmaydi. Insonning ma:naviy xayoti bilan moddiy xayoti bilan bog’liq hal etgan. Aollarga g’amxo’rlik birinchi zarurat sanalgan. Ayniqsa , homilador ayollarga g’amho’rlik qilish asosiy insoniy burch hisoblangan. Tozalikka rioya qilish, kanallar, ko’llar, suv havzalarining tozaligiga alohida e,:tibor berilgan.
Zardushtiylik ilohining 7g’ nomi borligi ma’lum. Ta’:kidlaganimizdek, Zardusht butun xayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal kabi uchlikka rioya qiladi. O’limdan so’ng xum ustidan o’tkazilgan hisob-kitobda Xaqiqat iloxi Roshni ularni taroziga salmoqlab ko’radi.
Xulosa kilib aytganda «Avesto»da insonning barkamol bo’lib etishida uning so’zi, fikri, Ish birligiga katta e,:tibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’:rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling