O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Download 464.61 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – MA’RUZA KIRISH. TILNING GRAMMATIK QURILISHI
- TAYANCH TUSHUNCHALAR : grammatika, nazariy grammatika, grammatik qurilish, morfologiya, nazariy morfologiya, nazariy sintaksis, sintaktik nazariyalar.
- 2 – MA’RUZA GRAMMATIK MA’NO VA GRAMMATIK SHAKL TUSHUNCHALARI Reja: 2.1.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Filologiya fakulteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi Xo’janiyozov Eshboy
«O’zbek tilining nazariy grammatikasi» fanidan o’quv uslubiy majmuasi (bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun) NUKUS - 2012 2
1- Mavzu Kirish. Tilning grammatik qurilishi 2 1.1
1.2 1.3
1.4
1.5. O’zbek tilining nazariy grammatikasi faniga kirish O’quv fanining maqsad va vazifalari. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi Tilning grаmmаtik qurilishi, nаzаriy grаmmаtikа, uning bo’limlаri hаqidа mа’lumоt Tilning grаmmаtik qurilishi hаqidаgi nаzаriyalаr. Nаzаriy mоrfоlоgiya.
2-Mavzu
Grammatik ma’no va grammatik shakl tushunchalari 2 2.1 2.2
2.3. Grаmmаtik mа’nо vа grаmmаtik shаkl tushunchаlаrining ilmiy tаlqinlаri. Grаmmаtik shаkllаrning sintеtik, аnаlitik, juft vа tаkrоriy hаmdа nоl ko’rsаtkichli turlаri hаqidаgi qаrаshlаr. Grаmmаtik mа’nоning аffikslаr, yordаmchi so’zlаr, tаrtib, urg’u, оhаng, tаkrоrlаsh, supplеtivizm kаbi vоsitа vа usullаr bilаn ifоdаlаnishi.
3-Mavzu Til birliklаri tizimi 2 3.1 3.2
3.3. Mа’nо ifоdаlаshigа ko’rа til birliklаrining 5 аsоsiy turgа bo’linishi Mоrfеmа, lеksеmа, so’z shаkli, so’z birikmаsi, gаp – umumlаshgаn mа’nоgа egа bo’lgаn til birliklаri sifаtidа. Grаmmаtik mа’nо hаr qаndаy grаmmаtik kаtеgоriyaning аsоsi sifаtidа
4-Mavzu
Grаmmаtik kаtеgоriyalаr, ulаrning turlаri 2 4.1. 4.2 Mоrfоlоgik kаtеgоriyalаr vа ulаrning turlаri. Sintаktik kаtеgоriyalаr vа ulаrning turlаri.
5-Mavzu Grаmmаtik shаkllаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr 2 5.1 5.2 5.3
Grаmmаtik shаkllаr оrаsidа оppоzitiv munоsаbаtlаr mаvjudligi Grаmmаtik shаkldаgi sinоnimik munоsаbаtlаr Hаr хil sаthdаgi til birliklаri оrаsidа sinоnimik munоsаbаtlаrning mаvjud bo’lishi
10
3
KIRISH. TILNING GRAMMATIK QURILISHI Reja:
1.1. O’zbek tilining nazariy grammatikasi faniga kirish 1.2. O’quv fanining maqsad va vazifalari 1.3. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi 1.4. Tilning grаmmаtik qurilishi, nаzаriy grаmmаtikа, uning bo’limlаri hаqidа mа’lumоt 1.5. Tilning grаmmаtik qurilishi hаqidаgi nаzаriyalаr.
morfologiya, nazariy morfologiya, nazariy sintaksis, sintaktik nazariyalar. Inson o’zini qurshab turgan olamni doimo bilishga intiladi. Bilish esa ikki bosqichda olib boriladi:) xissiy, fahmiy bilish yoki amaliy bilish; 2) idrokiy yoki nazariy bilish. Muayyan ob'ekt hagidagi hissiy bilish bevosita ko’zatish yoli bilan sezgi a'zolarimiz bergan ma'lumot asosida vujudga kelsa, idrokiy (nazariy) bilish sezgi a'zolarimiz bergan ma'lumotlarni bir-biriga qiyoslash, umumiylashtirish asosida hosil qilinadi. Bilishning bu ikki bosqichi Markaziy Osiyoda bizning ajdodlarimiz qoldirgan falsafiy meroslarda IX-X asrlardayoq mukammal sharhlangan va har qanday ilmiy xulosalar idrokiy bilishga asoslanmogi lozimligi ta'kidlangan. Xususan, bilisning bevosita ko’zatish bosqichi bilan umumlashtirish bosqichi bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy tomonidan fahmiy va idrokiy bilish sifatida bir-biriga zidlangan. Idrokiy bilishning fahmiy bilish materiallariga tayanishi, uning fahmiy bilishsiz mavjud bo’lmasligi, lekin haqiqiy obektiv ilmiy bilish idrokiy bilish asosidagina vujudga kelishi batafsil bayon qilingan.
Forobiyning ta'kidlashicha, inson o’zini-o’zi bilish orqali eng etuk mavjudodga aylanadi. Bilish insonning mohiyati. Bilishdan maqsad haqiqatga erishmokdir. Har qanday bilish, dastavval, o’zini qurshab turgan olamdagi narsa va hodisalarni ko’zatishdan boshlanadi. Forobiy o’zining gnoseologik ta'limotida konkret borlikdan umumlashmalarga, abstrakt tafakkurga, ideal dunyoga borishni tavsiya etadi. Bilishning ikki bosqichi Alisher Navoiy falsafiy q.arashlarining ham negizini tashkil etadi. Ob’ektni chinakam bilish fahmiy bilish natijalarini umumlashtirish asosida hosil kilingan idrokiy bilishga asoslanishini takror-takror bayon qiladilar. Har qanday fan idrokiy (nazariy) bilish natijalariga tayangandagina o’rganilgan ob'ekt haqida to’gri xulosalarga kela oladi. Bundan tilshunoslik ham mustasno emas. Tilshunoslikning fan sifatida shakllanishdan tortib to asrimizning 20-30-yillariga qadar davom etgan an'anaviy tilshunoslikning o’ziga xos tomoni shundaki, u muayyan til strukturasini bevosita ko’zatish asosida o’rganadi. Bevosita ko’zatishda berilgan lingvistik hodisalar ortida yashiringan, lekin sezgi a'zolari yordamida ko’zatish mumkin bo’lmagan u yoki bu lingvistik qodisalarni bir-biriga taqqoslash asosida tafakkur bosqichida muayyan umumlashmalar qilish yo’li bilan aniqlanuvchi lingvistik mohiyatlarni belgilash esa nazardan chetda qoldi. Bunday vazifa XIX asr oxiri XX asr boshlaridan shakllangan va «xususiyliklardan umumiyliklarga» tamoyiliga amal qiladigan sistemaviy tilhunoslik zimmasiga tushdi. Shunday bo’lshiga haramasdan, an'anaviy tilshunoslikning sistemaviy (nazariy) tilshunoslik oldidagi xizmatlari benihoya katta ekanligini hech qachon unutmaslik kerak. Eng avvalo, muayyan
4 umumlashmalar asosida ish ko’ruvchi, to’grirog’i, xususiyliklarni, alohidaliklarni bevosita ko’zatish, ularni bir-biriga qiyoslash asosida, umumiy jihatlarini namoyon qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan nazariy tilshunoslik bevosita ko’zatish asosida olingan bilimlarsiz ish ko’ra olmaydi. Demaq nazariy tilshunoslik bevosita ko’zatish asosida olingan bilimlarni o’z ichiga olgan amaliy tilshunoslik ma'lumotlariga tayanadi. Agar bu ma'lumotlar mavjud bo’lmasa, u yoki bu ob'ekt haqida hech qanday umumlashmalar ham qilish mumkin bo’lmaydi. O’zbek tilshunosligi asrimizning 70-yillariga qadar berilgan lingvistik materiallarni bevosita tahlil qilish va ana shu asosida muayyan xulosalarga kelish bo’yicha ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Tilning barcha sathlarini o’rganishga bagishlangan yuzlab asarlar maydonga keldi. Bu asarlar, so’zsiz, o’zbek tilshunosligining oltin fondiga aylandi.
Sistem tilshunoslikning an’anaviy tilshunoslikdan farqi nimada? Sistem tilshunoslik tilga tizim sifatida yondashadi, tizim qonuniyatlari asosida til, uning birliklari va hodisalarini talqin etadi. Nutq faoliyati mahsulida umumiylik va xususiylikni, mohiyat va hodisani, imkoniyat va voqelikni farqlaydi. Shu sababli sistem tilshunoslik bilan shug’ullanish, uni tahlil etish uchun dialektikaning qayd etilgan tushunchalari bilan chuqur tanishgan bo’lishimiz shart. Sistem tilshunoslik nutq faoliyatini uchga: «til — me’yor (norma)—nutq»qa ajratadi. Til bevosita ko’zatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo’lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo’lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o’zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig’indisi
sifatida haraladi. Nutq tilning namoyon bo’lishi, ro’yobga chiqish, voqyelanish shakli bo’lib, u bevosita ko’zatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. Me’yor (norma)—til birliklarini nutqning u yoki bu ko’rinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bo’lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir. Bu uchta ta’rifdagi ko’pgina tomonlar muayyan izohni talab qiladi. Shular haqida to’xtab o’tamiz. Dastlab tilga berilgan ta’rifdagi bir qator tushunchalarni aniqlaymiz, izohlaymiz. Bevosita ko’zatishda berilgan (berilmagan)—-dialektik ta’limotda (dialektiklar Ibn Rushd, Abu Alo Almaariy, I. Kant, F. Gegel va boshqalarning asarlari va tasavvuf ta’limotlarida) butun borliq ikkiga — bevosita ko’zatishda berilgan, muayyan moddiy shaklga ega bo’lgan xususiyliklarga (voqeliklar, hodisalarga) va shu xususiyliklarning orqasida to’rgan umumiyliklarga (mohiyat, imkoniyatlarga) ajratiladi. Xususiyliklar moddiy shaklga ega bo’lganligi uchun ularni ko’rish, sezish, yozish, ulchash mumkin. Sezgi a’zolariga ta’sir eta oladigan, ulchash mumkin bo’lgan har qanday narsa «bevosita ko’zatishda berilgan» deyiladi. Masalan, (Men xat yozdim), gapini yozsak yoki talaffuz etsaq imo-ishora bilan tasvirlasaq u bevosita ko’zatishda berilgan, moddiy shakllarga ega bo’lgan hodisa bo’ladi. Uning moddiy shakli har xil bo’lishi mumkin. Yozuvda bu harflar tizmasi, tinish belgilari, katta va kichiq 5 qo’shib yoki ajratib yozish, talaffuzda esa havo to’lqinlari, ohang, birliklar orasida qisqa to’xtash (pao’za), imo-ishorada qo’l, ko’z, yuz, lab va h. q a’zolarining turli xil harakatlaridir. Bularning barchasi bevosita ko’zatishda berilgan, ulchash mumkin bo’lgan hodisalardir (voqyeliklar, xususiyliklardir). Sistem tilshunoslik bularning barchasini, jumladan, (Men xatni
bevosita ko’zatishda berilgan hodisa (voqeliq xususiylik) asosida mohiyat (imkoniyat, umumiylik) yotishi keraq (Men xatni yozdim) gapida qanday umumiylik bor? Dialektika nuqtai nazaridan bu savol noto’g’ri qo’yilgan. Dialektiklar ta’limotiga ko’ra har bir xususiylikda (voqyelikda, hodisalarda) yuzlab umumiyliklarning zarralari (yuzaga chiqish shakllari) birlashadi va bir xususiylikni tashkil etadi. Shuning uchun yuqoridagi savol «qanday umumiylik bor» emas, balki - «qanday umumiyliklarning yuzaga chiqishlari, ko’rinishlari bor?» deb to’zatilishi kerak + .
etilgan), ya’ni nutqiy moddiy hodisa. Lekin bizning ongimizda “Men” tasavvuri va tushunchasi, umumiyligi bor ++ va bu “Men” istagan so’zlovchi uchun uning o’zi, qolgan barchalar uchun muayyan umumiylik sifatida bir tomonidan [“men”] ongimizda [“u”] tushunchalari va umumiyliklariga, ikkinchi tomondan [“biz”]ga harama-harshi turadi. Demaq (men)ning ongimizdagi yashash holati: -jadval
[“men”] : [“biz”] : [“sen”] : [“u”] +++
-jadvalda berilgan holat bevosita kuzatishda berilmagan, bizning ongimizda mavjud bo’lgan umumiyliklarning (mohiyatlarning, imkoniyatlarning) o’zaro munosabatidir. Biz buni aqliy yo’l bilan aniqlashimiz mumkin. [Men] kabi [xat]ning ham ongimizdagi mohiyati uning uzoq va yaqin munosabatlari chizmasidan aqliy tahlil asosida ochiladi. Chunonchi, [xat]ning munosabatlari quyidagi jadvalda berilgan.
6
[xat] : [maktub] : [norma] : [insho]
[kichik hajmda yozilgan asar] [xat]ning mohiyati, umumiy ma’nosi jadvaldagi so’z va tushunchalar orasidagi munosabatlardan ochilishi mumkin. Xuddi shuningdeq [-ni], [yoz], [di], [-m] kabi birliklarning ham o’z umumiyliklari bor va ularning har biri ma’lum bir munosabatlar tizimidan (sistemasidan) aqliy tahlil yo’li bilan ochiladi va bevosita ko’zatishda berilgan bo’lmaydi. (Men xatni yozdim) nutqiy hosilasida (gapida) bulardan tashqari, o’zak va qo’shimchalarning o’zaro birikishlari, gap ko’rilishi, so’z birikmalari hosil qilish bilan bog’liq bo’lgan yana bir qator umumiyliklarning zarralari — yuzaga, ro’yobga chiqish, voqelanish shakllari mujassamlashgan va biz bularning barchasini tahlil etish imkoniyatiga ega emasmiz. Adabiyotlar: 1.
Mengliev B. Morfologik vositalarning manaviy xususiyatlari va sintaktik imkonyatlari. Dissertatsiya avtoreferati. T. 1995. 2.
masalalari. «O’zbek tili va dabiyoti», 1993 yil, 2-son. 3.
Nematov H. Bozorov O. Til va nutq. Toshkent, «O’qituvchi». 1993. 4.
Qurbonov M. Shakl-vazifaviy talqinda substantsiallik omili. «O’zbek tili va adabiyoti», 1998 yil, 5-son. 5.
yil, 5-son 6.
Qurbonov M. Lisoniy tizimda «Oraliq uchunchi»ning mutlaqligi. «O’zbek tili va dabiyoti», 1999 yil, 6-son. Qurbonov M. Hozirgi zamon o’zbek tili. Toshkent, 2002 yil.
7
GRAMMATIK MA’NO VA GRAMMATIK SHAKL TUSHUNCHALARI Reja: 2.1. Grаmmаtik mа’nо vа grаmmаtik shаkl tushunchаlаrining ilmiy tаlqinlаri. 2.2. Grаmmаtik shаkllаrning sintеtik, аnаlitik, juft vа tаkrоriy hаmdа nоl ko’rsаtkichli turlаri hаqidаgi qаrаshlаr. 2.3. Grаmmаtik mа’nоning аffikslаr, yordаmchi so’zlаr, tаrtib, urg’u, оhаng, tаkrоrlаsh, supplеtivizm kаbi vоsitа vа usullаr bilаn ifоdаlаnishi. TAYANCH TUSHUNCHALAR: grammatik shakl, sintetik shakl, analitik shakl, grammatik ma’no, umumiylik,
majburiy deb talab etadigan turli xil shakliy ko’rinishlar bilan beriladigan umumlashgan manolar tushuniladi. Chunonchi, «Bolalar qiqarli kitobni o’qiydilar» gapini olsak, «bolalar» so’zida ikki xil mano ajralib turadi: 1. Lug’aviy mano-yani bu so’zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo’lgan, yosh jih’atdan voyaga etmagan shaxsni yoki voyaga etgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish: 2. Ko’plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot bu manolardan birinchisi lug’aviy, leksik mano bo’lsa ikkinchisi grammatik umumlashgan manodir. Grammatik manolar h’ar bir til uchun o’ziga xos bo’ladi va rang-barang shakliy usullar bilan (biz bularni navbatdagi mavzuda ko’rib o’tamiz) ifodalanadi. Grammatik manoni yangicha talqin qilishda h’am til va nutq farqlanishi mezoniga yondashiladi. Zoh’iriy narsa tez-tez yo’qolib o’zgarib turadi. Lekin u moh’iyatning yashash usuli sifatida ah’amiyatlidir. Nutq h’ech qachon til h’aqida to’liq malumot beraolmaydi. Bizning til h’aqida nutq orqali olgan malumotlarimiz h’amisha noto’liq. Nazariyatchi ularni umumlashtirar ekan til h’aqida malumotga ega bo’ladi. Grammatik mano (GM)ning ananaviy talqini nutqiy xodisalarga tayanadigan empirik talqindir. Ananaviy talqindagi |GM|-ni|QGM|-desak to’g’ri bo’ladi. UGM XGMga qarama-qarshi turadi. UGM XGM orqali voqealanadi. UGM h’amma XGMlarni o’z ichiga oladi. UGM va XGMlar h’aqida gapirishdan oldin, biz umumiylik va xususiylik nima, umumiy va xususiy manoning o’zi nima shular h’aqida bah’s yuritaylik. Biz ko’ra oladigan, seza oladigan, o’lchay oladigan, kuzata oladigan narsa, belgi, voqea xodisa xususiylikdir. Masalan: Daraxtni biz ko’ra olamiz, paypaslaymiz, shoxlari va barglarini, mevasini sanay olamiz. Daraxtning moddiyligi uchun ildizi, tanasi, shox shabbasida. Har bir daraxt takrorlanmas, chunki bir yilda ekilgan ikkita olma daraxti ikkita aloh’idalikdir-mevasi, tanasi bir xil bo’lsada, barglar miqdori bilan farqlanishi mumkin. Demak, er yuzida nechta daraxt bo’lsa, shuncha xususiy daraxt bor. Ularning h’isobi nisbiy, chunki sanaguncha nechtasi quriydi, nechtasi yonib ketadi. Bir ashulani sanatkor ikki marta aytar ekan u bir emas, ikki xususiylikdir. “men maruza o’qiyapman” gapini ikki marta takrorlasak, bunda ikki xususiylik voqelangan bo’ladi. Chunki bu ikki gap h’ech bo’lmaganda zamonda farqlanadi. Umumiylik nima? Xoxlagan xususiylikda umumiylikning belgisi yotadi. Minglab daraxtlar uchun (olma, anjir, chinor... daraxtlari) umumiy bo’lgan tomon-tanasi, shoxi bor o’simlik. Bizning ongimizda daraxt xuddi shu mano bilan yashaydi. “Umumiylik-bevosita kuzatishda berilgan aloh’ida xususiyliklardagi belgilarning ongimizdagi obrazi” [5,8:]. 8 Umumiyliklar mayda-chuyda belgilarni o’z ichchga olmaydi, umumiylik xususiyliklarda takrorlanib turadi. Demak, xulosa shuki: xususiylik-takrorlanmas, chegaralangan: umumiylik-takroriy, chegaralanmagan. Đ stalgan butunlik shakl va mano tomonidan iborat bo’ladi. Yana daraxt misoliga qaytamiz. Daraxtning shakl tomoni bizga malum: qattiq tanali o’simlik. Daraxt nima uchun kerak? A) soya soladi. b) meva beradi. V) yog’och beradi... mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, yani vazifasi. Nutqiy xosilalarning mazmuni turlar nutqiy sharoitda qanchalik xilma-xil bo’lmasin, malum bir lisoniy umumiylik manosining tajallisidir. Masalan, bir oddiy piyola h’am ichish quroli, h’am o’lchov andazasi, h’am aylana chizish mumkin... lekin piyolaning umumiy mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish uchun mo’ljallangan o’zbek milliy ro’zg’or buyumi. Ongimizda piyola mana shunday yashaydi. Chunki «nutqdagi xususiy manolar lisondagi umumiy manolarni tajallislar» [1,1:]. Umumiy mano malum bir fanema, marfema, leksemaning paradigmadagi o’rni, mavqeida ochiladi. Masalan, leksemalardagi umumiy mano shu leksemaning o’zi munosabatdosh bo’lgan leksemalar qatoridan anglashiladi. “Ota” leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va UGMS o’shandan ochiladi: |bobo|:|buvi| |ona|:|ota| |bola|
|nevara| Ushbu paradigmadan “ota” so’zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi avlod, bevosita qon- qarindosh, katta erkak. Leksemalardagi UGMni semema deyishadi. Demak, umumiylikning moh’iyati malum bir umumiylikni o’ziga o’xshash va farqli umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin. Sh.Shoh’obiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan. Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari. [-lar]ning XGMlari: a) ko’plik-unda shirin-shirin bananlar bor (Sh.Yul.): b) jamlik-ishchilar sinfi-ishchi sinfi: v) bog’liqliq va o’xshashlik-avvalgi sarvigullar o’qishni tugatishdi.(Sh.Yul): g) taxmin-soat beshlardan keldi: d) kuchaytirilgan mano-tillarimga ko’cholmaydi bo’g’zimdagi azobim...(U.Azimov). [o] shakl XGMlari: a) jamlik-Gadoning dushmani gado bo’ladi (A.O): b) ko’plik-Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko’plik): U qishloqda uch to’rt kun qoldi. (Noaniq ko’plik):
9 v) Birlik ifodalash-bunda ko’rsatish olmoshlari, “bir” so’zi ko’proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening maqsadim bitta... (O.Matjon). Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko’rsatish mumkin: [-lar] UGMsi-bo’linuvchan bo’linmas sifat va noaniq miqdor ifodalash. [o] UGMsi- bo’linmas va aniq-noaniq miqdor ifodalash. Bo’linuvchanlik-bo’linmaslik deganda quyidagini tushunish kerak: Har bir xususiylik aloh’idalik ekanligini ko’rib o’tdik. “Qovunlar” degan so’z shakli bir necha qovunlarni atab keladi. “Qovunlar” so’z shakli bir to’plamni ifodalaydi va u bir necha aloh’idaliklarga bo’linadi. “Ah’madlar” deganda Ah’mad va uning o’rtoqlari, oilasi... tushuniladi. Yani Ah’madlar bir to’plamni ifodalaydi va bu to’plam bo’linuvchan. “Suvlarni stolga qo’ydi” deganda kola, meneral suvlar... tushuniladi. “Toshkentlarni kezib chiqdi” so’zshakli Toshkent bo’lib beryapti, tumanlari h’isobga olingan. “Tillarimga ko’chatmaydi bog’imizdagi azobim” misrasida til, gap, so’z, og’iz ajratib berilgan. Shuning uchun “Đshchi sinfi” va “Đshchilar sinfi”, “O’qituvchi odati” va “O’qituvchilar odati” kabi so’z birikmalarida birlik va ko’plik son manolari yaqinlashsa h’am, orasida nozik farq bor. “Đshchilar”da sifatiy bo’linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda yaxlitlik manosi ko’proqdir. Demak, bir jih’atdan birlik va ko’plik son ko’plik sonning bo’linuvchanlikni takidlashi, birlik sonning esa yaxlitlikni ko’rsatishi bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jih’atdan esa birlik son birlik aniq-noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan h’amisha noaniq, miqdoriy ko’plikni ifodalovchi ko’plik son shaklida qarama-qarshi turadi. Shuning uchun “Bu kitobni ol”, “Stol ustida to’rt kitob bor”, “Kitob-bilim manbai” gaplarida 3 xil mano voqelangan: kitoblar so’z shakli h’ech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang:
Download 464.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling