O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 464.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.02.2017
Hajmi464.61 Kb.
#527
  1   2   3   4   5

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT  PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

 

 

Filologiya  fakulteti 

 

 

O’zbek  tilshunosligi  kafedrasi 

 

 

 

 

Xo’janiyozov Eshboy  

 

 



 

 

 

«O’zbek tilining nazariy grammatikasi»  

fanidan o’quv uslubiy majmuasi 

(bakalavr  ta’lim yo’nalishi talabalari uchun) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

NUKUS - 2012 

 

 

 

 



1- Mavzu 

Kirish. Tilning grammatik qurilishi 

1.1 


1.2 

1.3 


1.4 

 

1.5. 



O’zbek tilining nazariy grammatikasi faniga kirish 

O’quv fanining maqsad va vazifalari. 

Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi 

Tilning grаmmаtik qurilishi, nаzаriy grаmmаtikа, uning bo’limlаri hаqidа 

mа’lumоt 

Tilning grаmmаtik qurilishi hаqidаgi nаzаriyalаr. Nаzаriy mоrfоlоgiya. 

 

2-Mavzu 


Grammatik ma’no va grammatik shakl tushunchalari 

2.1 



2.2 

 

2.3. 



Grаmmаtik mа’nо vа grаmmаtik shаkl tushunchаlаrining ilmiy tаlqinlаri. 

Grаmmаtik  shаkllаrning  sintеtik,  аnаlitik,  juft  vа  tаkrоriy  hаmdа  nоl 

ko’rsаtkichli turlаri hаqidаgi qаrаshlаr. 

Grаmmаtik  mа’nоning  аffikslаr,  yordаmchi  so’zlаr,  tаrtib,  urg’u,  оhаng, 

tаkrоrlаsh, supplеtivizm kаbi vоsitа vа usullаr bilаn ifоdаlаnishi. 

 

3-Mavzu 



Til birliklаri tizimi 

3.1 



3.2 

 

3.3. 



Mа’nо  ifоdаlаshigа  ko’rа  til  birliklаrining  5  аsоsiy  turgа  bo’linishi 

Mоrfеmа,  lеksеmа,  so’z  shаkli,  so’z  birikmаsi,  gаp  –  umumlаshgаn 

mа’nоgа egа bo’lgаn til birliklаri sifаtidа. 

Grаmmаtik mа’nо hаr qаndаy grаmmаtik kаtеgоriyaning аsоsi sifаtidа 

 

4-Mavzu 


Grаmmаtik kаtеgоriyalаr, ulаrning turlаri 

4.1. 



4.2 

Mоrfоlоgik kаtеgоriyalаr vа ulаrning turlаri. 

Sintаktik  kаtеgоriyalаr vа ulаrning turlаri. 

 

5-Mavzu 



Grаmmаtik shаkllаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr 

5.1 



5.2 

5.3 


Grаmmаtik  shаkllаr  оrаsidа  оppоzitiv    munоsаbаtlаr  mаvjudligi 

Grаmmаtik shаkldаgi sinоnimik munоsаbаtlаr 

Hаr хil sаthdаgi til birliklаri оrаsidа sinоnimik munоsаbаtlаrning mаvjud 

bo’lishi 

 

 

JAMI: 



10 

 

 



 

 

 



 



1 – MA’RUZA 



KIRISH. TILNING GRAMMATIK QURILISHI 

Reja: 


1.1. O’zbek tilining nazariy grammatikasi faniga kirish 

1.2. O’quv fanining maqsad va vazifalari 

1.3. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi 

1.4. Tilning grаmmаtik qurilishi, nаzаriy grаmmаtikа, uning bo’limlаri hаqidа mа’lumоt 

1.5. Tilning grаmmаtik qurilishi hаqidаgi nаzаriyalаr. 

 

TAYANCH  TUSHUNCHALAR:  grammatika,  nazariy  grammatika,  grammatik  qurilish, 



morfologiya, nazariy  morfologiya, nazariy sintaksis, sintaktik nazariyalar.  

Inson o’zini qurshab turgan olamni doimo bilishga intiladi. Bilish esa ikki bosqichda olib boriladi:) 

xissiy, fahmiy bilish yoki amaliy bilish; 2) idrokiy yoki nazariy bilish. 

Muayyan  ob'ekt  hagidagi  hissiy  bilish  bevosita  ko’zatish  yoli  bilan  sezgi  a'zolarimiz  bergan 

ma'lumot asosida vujudga kelsa, idrokiy (nazariy) bilish sezgi a'zolarimiz bergan ma'lumotlarni bir-biriga 

qiyoslash, umumiylashtirish asosida hosil qilinadi. 

Bilishning  bu ikki bosqichi Markaziy  Osiyoda bizning  ajdodlarimiz qoldirgan falsafiy meroslarda 

IX-X  asrlardayoq  mukammal  sharhlangan  va  har  qanday  ilmiy  xulosalar  idrokiy  bilishga  asoslanmogi 

lozimligi ta'kidlangan. 

Xususan, bilisning bevosita ko’zatish bosqichi  bilan  umumlashtirish bosqichi  bobokalonimiz  Abu 

Nasr Forobiy tomonidan fahmiy va idrokiy bilish sifatida bir-biriga zidlangan.  

Idrokiy bilishning fahmiy bilish materiallariga tayanishi, uning fahmiy bilishsiz mavjud bo’lmasligi, 

lekin haqiqiy obektiv ilmiy bilish idrokiy bilish asosidagina vujudga kelishi batafsil bayon qilingan. 

 

Forobiyning  ta'kidlashicha,  inson  o’zini-o’zi  bilish  orqali  eng  etuk  mavjudodga  aylanadi.  Bilish 



insonning  mohiyati.  Bilishdan  maqsad  haqiqatga  erishmokdir.  Har  qanday  bilish,  dastavval,  o’zini 

qurshab turgan olamdagi narsa va hodisalarni ko’zatishdan boshlanadi. 

Forobiy o’zining gnoseologik ta'limotida konkret borlikdan umumlashmalarga, abstrakt tafakkurga, 

ideal dunyoga borishni tavsiya etadi. 

Bilishning ikki bosqichi Alisher Navoiy falsafiy q.arashlarining ham negizini tashkil etadi. Ob’ektni 

chinakam  bilish  fahmiy  bilish  natijalarini  umumlashtirish  asosida  hosil  kilingan  idrokiy  bilishga 

asoslanishini takror-takror bayon qiladilar. 

Har qanday fan idrokiy (nazariy) bilish natijalariga tayangandagina o’rganilgan ob'ekt haqida to’gri 

xulosalarga kela oladi. Bundan tilshunoslik ham mustasno emas. 

Tilshunoslikning fan sifatida shakllanishdan tortib to asrimizning 20-30-yillariga qadar davom etgan 

an'anaviy  tilshunoslikning  o’ziga  xos  tomoni  shundaki,  u  muayyan  til  strukturasini  bevosita  ko’zatish 

asosida o’rganadi. Bevosita ko’zatishda berilgan lingvistik hodisalar ortida yashiringan, lekin sezgi a'zolari 

yordamida  ko’zatish  mumkin  bo’lmagan  u  yoki  bu  lingvistik  qodisalarni  bir-biriga  taqqoslash  asosida 

tafakkur  bosqichida  muayyan  umumlashmalar  qilish  yo’li  bilan  aniqlanuvchi  lingvistik  mohiyatlarni 

belgilash esa nazardan chetda qoldi. 

Bunday vazifa XIX asr oxiri XX asr boshlaridan shakllangan va «xususiyliklardan umumiyliklarga» 

tamoyiliga amal qiladigan sistemaviy tilhunoslik zimmasiga tushdi. 

Shunday bo’lshiga haramasdan, an'anaviy tilshunoslikning sistemaviy (nazariy) tilshunoslik oldidagi 

xizmatlari  benihoya  katta  ekanligini  hech  qachon  unutmaslik  kerak.  Eng  avvalo,  muayyan 


 

umumlashmalar  asosida  ish  ko’ruvchi,  to’grirog’i,  xususiyliklarni,  alohidaliklarni  bevosita  ko’zatish, 



ularni bir-biriga qiyoslash asosida, umumiy jihatlarini namoyon qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan 

nazariy tilshunoslik bevosita ko’zatish asosida olingan bilimlarsiz ish ko’ra olmaydi. 

Demaq  nazariy  tilshunoslik  bevosita  ko’zatish  asosida  olingan  bilimlarni  o’z  ichiga  olgan  amaliy 

tilshunoslik ma'lumotlariga tayanadi. Agar bu ma'lumotlar mavjud bo’lmasa, u yoki bu ob'ekt haqida hech 

qanday umumlashmalar ham qilish mumkin bo’lmaydi. 

O’zbek  tilshunosligi  asrimizning  70-yillariga  qadar  berilgan  lingvistik  materiallarni  bevosita  tahlil 

qilish  va  ana  shu  asosida  muayyan  xulosalarga  kelish  bo’yicha  ulkan  yutuqlarni  qo’lga  kiritdi.  Tilning 

barcha  sathlarini  o’rganishga  bagishlangan  yuzlab  asarlar  maydonga  keldi.  Bu  asarlar,  so’zsiz,  o’zbek 

tilshunosligining oltin fondiga aylandi.

 

Sistem  tilshunoslikning  an’anaviy  tilshunoslikdan  farqi  nimada?  Sistem  tilshunoslik  tilga 



tizim  sifatida  yondashadi,  tizim  qonuniyatlari  asosida  til,  uning  birliklari  va  hodisalarini  talqin 

etadi.  Nutq  faoliyati  mahsulida  umumiylik  va  xususiylikni,  mohiyat  va  hodisani,  imkoniyat  va 

voqelikni  farqlaydi.  Shu  sababli  sistem  tilshunoslik  bilan  shug’ullanish,  uni  tahlil  etish  uchun 

dialektikaning  qayd  etilgan  tushunchalari  bilan  chuqur  tanishgan  bo’lishimiz  shart.  Sistem 

tilshunoslik nutq faoliyatini uchga: «til — me’yor (norma)—nutq»qa ajratadi. 

Til bevosita ko’zatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo’lib, ularning 

barchasi  uchun  tayyor,  umumiy,  majburiy  bo’lgan,  fikrni  shakllantirish  va  uni  ifodalashga 

xizmat  qiladigan  birliklar  va  ularning  o’zaro  munosabatlari  haqidagi  tasavvurlar  yig’indisi

 

sifatida haraladi. 



Nutq  tilning  namoyon  bo’lishi,  ro’yobga  chiqish,  voqyelanish  shakli  bo’lib,  u  bevosita 

ko’zatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. 

Me’yor (norma)—til birliklarini nutqning u yoki bu ko’rinishida ishlatish qonuniyatlari va 

imkoniyatlari  bo’lib,  ular  jamiyat  tomonidan  belgilangan  va  aniqlangandir.  Bu  uchta  ta’rifdagi 

ko’pgina  tomonlar  muayyan  izohni  talab  qiladi.  Shular  haqida  to’xtab  o’tamiz.  Dastlab  tilga 

berilgan ta’rifdagi bir qator tushunchalarni aniqlaymiz, izohlaymiz. 

 Bevosita ko’zatishda berilgan (berilmagan)—-dialektik ta’limotda (dialektiklar Ibn Rushd, 

Abu Alo Almaariy, I. Kant, F. Gegel va boshqalarning asarlari va tasavvuf ta’limotlarida) butun 

borliq  ikkiga  —  bevosita  ko’zatishda  berilgan,  muayyan  moddiy  shaklga  ega  bo’lgan 

xususiyliklarga  (voqeliklar,  hodisalarga)  va  shu  xususiyliklarning  orqasida  to’rgan 

umumiyliklarga  (mohiyat,  imkoniyatlarga)  ajratiladi.  Xususiyliklar  moddiy  shaklga  ega 

bo’lganligi  uchun  ularni  ko’rish,  sezish,  yozish,  ulchash  mumkin.  Sezgi  a’zolariga  ta’sir  eta 

oladigan,  ulchash  mumkin  bo’lgan  har  qanday  narsa  «bevosita  ko’zatishda  berilgan»  deyiladi. 

Masalan,  (Men  xat  yozdim),  gapini  yozsak  yoki  talaffuz  etsaq  imo-ishora  bilan  tasvirlasaq  u 

bevosita  ko’zatishda  berilgan,  moddiy  shakllarga  ega  bo’lgan  hodisa  bo’ladi.  Uning  moddiy 

shakli  har  xil  bo’lishi  mumkin.  Yozuvda  bu  harflar  tizmasi,  tinish  belgilari,  katta  va  kichiq 



 

qo’shib  yoki  ajratib  yozish,  talaffuzda  esa  havo  to’lqinlari,  ohang,  birliklar  orasida  qisqa 



to’xtash  (pao’za),  imo-ishorada  qo’l,  ko’z,  yuz,  lab  va  h.  q  a’zolarining  turli  xil  harakatlaridir. 

Bularning  barchasi  bevosita  ko’zatishda  berilgan,  ulchash  mumkin  bo’lgan  hodisalardir 

(voqyeliklar,  xususiyliklardir).  Sistem  tilshunoslik  bularning  barchasini,  jumladan,  (Men  xatni 

yozdim)  gapini  ham  nutqqa,  nutqiy  hodisalarga  kiritadi.  Lekin  dialektiklar  ta’limotiga  ko’ra 

bevosita  ko’zatishda  berilgan  hodisa  (voqeliq  xususiylik)  asosida  mohiyat  (imkoniyat, 

umumiylik) yotishi keraq (Men xatni yozdim) gapida qanday umumiylik bor? 

Dialektika nuqtai nazaridan bu savol noto’g’ri qo’yilgan. Dialektiklar ta’limotiga ko’ra har 

bir  xususiylikda  (voqyelikda,  hodisalarda)  yuzlab  umumiyliklarning  zarralari  (yuzaga  chiqish 

shakllari) birlashadi va bir xususiylikni tashkil etadi. Shuning uchun  yuqoridagi savol  «qanday 

umumiylik bor» emas, balki - «qanday umumiyliklarning yuzaga chiqishlari, ko’rinishlari bor?» 

deb to’zatilishi kerak

+



(Men  xatni  yozdim)  misoliga  qaytamiz.  (Men)  so’zini  olamiz.  Bu  yozilgan  (yoki  talaffuz 



etilgan), ya’ni  nutqiy moddiy hodisa. Lekin bizning ongimizda “Men” tasavvuri va tushunchasi, 

umumiyligi  bor

++

  va  bu  “Men”  istagan  so’zlovchi  uchun  uning  o’zi,  qolgan  barchalar  uchun 



muayyan  umumiylik  sifatida  bir  tomonidan  [“men”]  ongimizda  [“u”]  tushunchalari  va 

umumiyliklariga, ikkinchi tomondan [“biz”]ga harama-harshi turadi.  

Demaq (men)ning ongimizdagi yashash holati: 

-jadval 


[“men”]                  :                   [“biz”] 

       : 

[“sen”]                     

       : 

[“u”]          

+++


 

-jadvalda  berilgan  holat  bevosita  kuzatishda  berilmagan,  bizning  ongimizda  mavjud 

bo’lgan  umumiyliklarning  (mohiyatlarning,  imkoniyatlarning)  o’zaro  munosabatidir.  Biz  buni 

aqliy yo’l bilan aniqlashimiz mumkin.  

[Men]    kabi  [xat]ning  ham  ongimizdagi  mohiyati  uning  uzoq  va  yaqin  munosabatlari 

chizmasidan aqliy tahlil asosida ochiladi. Chunonchi, [xat]ning munosabatlari quyidagi jadvalda 

berilgan. 

                                                           

  

 

 



 

 

 



[xat]             :          [maktub]          :          [norma]       :          [insho] 

   


 

 

[kichik hajmda yozilgan asar] 



[xat]ning  mohiyati,  umumiy  ma’nosi  jadvaldagi  so’z  va  tushunchalar  orasidagi 

munosabatlardan ochilishi mumkin. Xuddi shuningdeq [-ni],  [yoz], [di], [-m] kabi birliklarning 

ham  o’z  umumiyliklari  bor  va  ularning  har  biri  ma’lum  bir  munosabatlar  tizimidan 

(sistemasidan) aqliy tahlil yo’li bilan ochiladi va bevosita ko’zatishda berilgan bo’lmaydi. (Men 



xatni  yozdim)  nutqiy  hosilasida  (gapida)  bulardan  tashqari,  o’zak  va  qo’shimchalarning  o’zaro 

birikishlari,  gap  ko’rilishi,  so’z  birikmalari  hosil  qilish  bilan  bog’liq  bo’lgan  yana  bir  qator 

umumiyliklarning zarralari — yuzaga, ro’yobga chiqish, voqelanish shakllari mujassamlashgan 

va biz bularning barchasini tahlil etish imkoniyatiga ega emasmiz. 



 

 

 

Adabiyotlar: 

1.

 



Mengliev B. Morfologik vositalarning manaviy xususiyatlari va sintaktik imkonyatlari. 

Dissertatsiya avtoreferati. T. 1995. 

2.

 

Nematov  H.  Tajalli  tasavvuf  bilish  nazariyasi  va  tilshunoslikda  sintaksisni  o’rganish 



masalalari. «O’zbek tili va dabiyoti», 1993 yil, 2-son. 

3.

 



Nematov H. Bozorov O. Til va nutq. Toshkent, «O’qituvchi». 1993. 

4.

 



Qurbonov M. Shakl-vazifaviy talqinda substantsiallik omili. «O’zbek tili va adabiyoti», 

1998 yil, 5-son. 

5.

 

Qurbonov  M.  Shakl-vazifaviy  tadqiq  usullariga  doir.  «O’zbek  tili  va  adabiyoti»,  1998 



yil, 5-son 

6.

 



Qurbonov  M.  Lisoniy  tizimda  «Oraliq  uchunchi»ning  mutlaqligi.  «O’zbek  tili  va 

dabiyoti», 1999 yil, 6-son. 

Qurbonov M. Hozirgi zamon o’zbek tili. Toshkent, 2002 yil. 

 


 



2 – MA’RUZA 



GRAMMATIK MA’NO VA GRAMMATIK SHAKL TUSHUNCHALARI 

Reja: 

2.1. Grаmmаtik mа’nо vа grаmmаtik shаkl tushunchаlаrining ilmiy tаlqinlаri.  

2.2.  Grаmmаtik  shаkllаrning  sintеtik,  аnаlitik,  juft  vа  tаkrоriy  hаmdа  nоl  ko’rsаtkichli  turlаri 

hаqidаgi qаrаshlаr. 



2.3.  Grаmmаtik  mа’nоning  аffikslаr,  yordаmchi  so’zlаr,  tаrtib,  urg’u,  оhаng,  tаkrоrlаsh, 

supplеtivizm kаbi vоsitа vа usullаr bilаn ifоdаlаnishi. 



 

TAYANCH  TUSHUNCHALAR:  grammatik  shakl,  sintetik  shakl,  analitik  shakl,  grammatik 

ma’no, umumiylik,  

 

 

Grammatik  mano  deganda  h’ar  bir  tilning  qurilish  tizimi  nutqda  ifodalanishini  zaruriy  va 



majburiy  deb  talab  etadigan  turli  xil  shakliy  ko’rinishlar  bilan  beriladigan  umumlashgan 

manolar  tushuniladi.  Chunonchi,  «Bolalar  qiqarli  kitobni  o’qiydilar»  gapini  olsak,  «bolalar» 

so’zida ikki xil mano ajralib turadi: 1. Lug’aviy mano-yani bu so’zning borliqdagi odam jinsiga 

mansub bo’lgan, yosh jih’atdan voyaga etmagan shaxsni yoki voyaga etgan kimsaning farzandi, 

avlodini atab kelish: 2. Ko’plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot 

bu  manolardan  birinchisi  lug’aviy,  leksik  mano  bo’lsa  ikkinchisi  grammatik  umumlashgan 

manodir.  Grammatik  manolar  h’ar  bir  til  uchun  o’ziga  xos  bo’ladi  va  rang-barang  shakliy 

usullar bilan (biz bularni navbatdagi mavzuda ko’rib o’tamiz) ifodalanadi. 

Grammatik  manoni  yangicha  talqin  qilishda  h’am  til  va  nutq  farqlanishi  mezoniga 

yondashiladi.  Zoh’iriy  narsa  tez-tez  yo’qolib  o’zgarib  turadi.  Lekin  u  moh’iyatning  yashash 

usuli sifatida ah’amiyatlidir. Nutq h’ech qachon til h’aqida to’liq malumot beraolmaydi. Bizning 

til  h’aqida  nutq  orqali  olgan  malumotlarimiz  h’amisha  noto’liq.  Nazariyatchi  ularni 

umumlashtirar ekan til h’aqida malumotga ega bo’ladi. 

Grammatik  mano  (GM)ning  ananaviy  talqini  nutqiy  xodisalarga  tayanadigan  empirik 

talqindir. Ananaviy talqindagi |GM|-ni|QGM|-desak to’g’ri bo’ladi. 

UGM  XGMga  qarama-qarshi  turadi.  UGM  XGM  orqali  voqealanadi.  UGM  h’amma 

XGMlarni o’z ichiga oladi. 

UGM  va  XGMlar  h’aqida  gapirishdan  oldin,  biz  umumiylik  va  xususiylik  nima,  umumiy 

va xususiy manoning o’zi nima shular h’aqida bah’s yuritaylik. 

Biz  ko’ra  oladigan,  seza  oladigan,  o’lchay  oladigan,  kuzata  oladigan  narsa,  belgi,  voqea 

xodisa xususiylikdir. Masalan: Daraxtni biz ko’ra olamiz, paypaslaymiz, shoxlari va barglarini, 

mevasini  sanay  olamiz.  Daraxtning  moddiyligi  uchun  ildizi,  tanasi,  shox  shabbasida.  Har  bir 

daraxt  takrorlanmas,  chunki  bir  yilda  ekilgan  ikkita  olma  daraxti  ikkita  aloh’idalikdir-mevasi, 

tanasi  bir  xil  bo’lsada,  barglar  miqdori  bilan  farqlanishi  mumkin.  Demak,  er  yuzida  nechta 

daraxt bo’lsa, shuncha xususiy daraxt bor. Ularning h’isobi nisbiy, chunki sanaguncha nechtasi 

quriydi, nechtasi yonib ketadi. 

Bir  ashulani  sanatkor  ikki  marta  aytar  ekan  u  bir  emas,  ikki  xususiylikdir.  “men  maruza 

o’qiyapman”  gapini  ikki  marta  takrorlasak,  bunda  ikki  xususiylik  voqelangan  bo’ladi.  Chunki 

bu ikki gap h’ech bo’lmaganda zamonda farqlanadi. 

Umumiylik nima? 

Xoxlagan  xususiylikda  umumiylikning  belgisi  yotadi.  Minglab  daraxtlar  uchun  (olma, 

anjir, chinor... daraxtlari) umumiy bo’lgan tomon-tanasi, shoxi bor o’simlik. Bizning ongimizda 

daraxt  xuddi  shu  mano  bilan  yashaydi.  “Umumiylik-bevosita  kuzatishda  berilgan  aloh’ida 

xususiyliklardagi belgilarning ongimizdagi obrazi” [5,8:]. 



 

Umumiyliklar  mayda-chuyda  belgilarni  o’z  ichchga  olmaydi,  umumiylik  xususiyliklarda 



takrorlanib turadi. 

Demak,  xulosa  shuki:  xususiylik-takrorlanmas,  chegaralangan:  umumiylik-takroriy, 

chegaralanmagan. 

Đ

stalgan butunlik shakl va mano tomonidan iborat bo’ladi. Yana daraxt misoliga qaytamiz. 



Daraxtning shakl tomoni bizga malum: qattiq tanali o’simlik. 

Daraxt nima uchun kerak? 

A) soya soladi. 

b) meva beradi. 

V) yog’och beradi... mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, yani vazifasi. 

Nutqiy  xosilalarning  mazmuni  turlar  nutqiy  sharoitda  qanchalik  xilma-xil  bo’lmasin, 

malum  bir  lisoniy  umumiylik  manosining  tajallisidir.  Masalan,  bir  oddiy  piyola  h’am  ichish 

quroli,  h’am  o’lchov  andazasi,  h’am  aylana  chizish  mumkin...  lekin  piyolaning  umumiy 

mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish uchun mo’ljallangan o’zbek milliy ro’zg’or buyumi. 

Ongimizda  piyola  mana  shunday  yashaydi.  Chunki  «nutqdagi  xususiy  manolar  lisondagi 

umumiy manolarni tajallislar» [1,1:]. 

Umumiy mano malum bir fanema, marfema, leksemaning paradigmadagi  o’rni, mavqeida 

ochiladi. Masalan, leksemalardagi umumiy mano shu leksemaning o’zi munosabatdosh bo’lgan 

leksemalar qatoridan anglashiladi. 

“Ota” leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va UGMS o’shandan ochiladi: 

|bobo|:|buvi| 

|ona|:|ota| 

|bola| 


|nevara| 

Ushbu  paradigmadan  “ota”  so’zining  UGMsi  kelib  chiqadi:  birinchi  avlod,  bevosita  qon-

qarindosh, katta erkak. Leksemalardagi UGMni semema deyishadi. 

Demak,  umumiylikning  moh’iyati  malum  bir  umumiylikni  o’ziga  o’xshash  va  farqli 

umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin. 

Sh.Shoh’obiddinova  ishida  XGM  va  UGMlar  atroflicha  talqin  qilingan.  Jumladan,  son 

kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari. 

[-lar]ning XGMlari: 

a) ko’plik-unda shirin-shirin bananlar bor (Sh.Yul.): 

b) jamlik-ishchilar sinfi-ishchi sinfi: 

v) bog’liqliq va o’xshashlik-avvalgi sarvigullar o’qishni tugatishdi.(Sh.Yul): 

g) taxmin-soat beshlardan keldi: 

d) kuchaytirilgan mano-tillarimga ko’cholmaydi bo’g’zimdagi azobim...(U.Azimov). 

[o] shakl XGMlari: 

a) jamlik-Gadoning dushmani gado bo’ladi (A.O): 

b)  ko’plik-Majlisga  yigirma  kishi  keldi  (aniq  ko’plik):  U  qishloqda  uch  to’rt  kun  qoldi. 

(Noaniq ko’plik): 


 

v)  Birlik  ifodalash-bunda  ko’rsatish  olmoshlari,  “bir”  so’zi  ko’proq  ishtirok  etadi:  Ushbu 



yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening maqsadim bitta... (O.Matjon). 

Demak,  son  kategoriyasi  shakllari  uchun  quyidagi  UGMlarni  ko’rsatish  mumkin:  [-lar] 

UGMsi-bo’linuvchan  bo’linmas  sifat  va  noaniq  miqdor  ifodalash.  [o]  UGMsi-  bo’linmas  va 

aniq-noaniq miqdor ifodalash. 

Bo’linuvchanlik-bo’linmaslik  deganda  quyidagini  tushunish  kerak:  Har  bir  xususiylik 

aloh’idalik  ekanligini  ko’rib  o’tdik.  “Qovunlar”  degan  so’z  shakli  bir  necha  qovunlarni  atab 

keladi.  “Qovunlar”  so’z  shakli  bir  to’plamni  ifodalaydi  va  u  bir  necha  aloh’idaliklarga 

bo’linadi.  “Ah’madlar”  deganda  Ah’mad  va  uning  o’rtoqlari,  oilasi...  tushuniladi.  Yani 



Ah’madlar  bir  to’plamni  ifodalaydi  va  bu  to’plam  bo’linuvchan.  “Suvlarni  stolga  qo’ydi” 

deganda  kola,  meneral  suvlar...  tushuniladi.  “Toshkentlarni  kezib  chiqdi”  so’zshakli  Toshkent 

bo’lib  beryapti,  tumanlari  h’isobga  olingan.  “Tillarimga  ko’chatmaydi  bog’imizdagi  azobim” 

misrasida til, gap, so’z, og’iz ajratib berilgan. Shuning uchun “Đshchi sinfi” va “Đshchilar sinfi”, 

O’qituvchi  odati”  va  “O’qituvchilar  odati”  kabi  so’z  birikmalarida  birlik  va  ko’plik  son 

manolari yaqinlashsa h’am, orasida nozik farq bor. “Đshchilar”da sifatiy bo’linuvchanlik sezilib 

turadi.  Birlik  sonda  yaxlitlik  manosi  ko’proqdir.  Demak,  bir  jih’atdan  birlik  va  ko’plik  son 

ko’plik  sonning  bo’linuvchanlikni  takidlashi,  birlik  sonning  esa  yaxlitlikni  ko’rsatishi  bilan 

qarama-qarshi  turadi.  Miqdoriy  jih’atdan  esa  birlik  son  birlik  aniq-noaniq  miqdorni  ifodalay 

olishi bilan h’amisha noaniq, miqdoriy ko’plikni ifodalovchi ko’plik son shaklida qarama-qarshi 

turadi.  Shuning  uchun  “Bu  kitobni  ol”,  “Stol  ustida  to’rt  kitob  bor”,  “Kitob-bilim  manbai” 

gaplarida  3  xil  mano  voqelangan:  kitoblar  so’z  shakli  h’ech  qachon  aniq  miqdorni  ifodalay 

olmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang: 


Download 464.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling