O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Download 464.61 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- GK grammatik shakllarning oddiy arifmetik yig’indisi emas, balki malum turdagi
4 – MA’RUZA GRАMMАTIK KАTЕGОRIYALАR, ULАRNING TURLАRI Reja: 4.1. Mоrfоlоgik kаtеgоriyalаr vа ulаrning turlаri 4.2. Sintаktik kаtеgоriyalаr vа ulаrning turlаri. TAYANCH TUSHUNCHALAR: kategoriya, morfologik kategoriya, sintaktik kategoriya, grammatik shakllar, kesimlik kategoriyasi, nisbat kategoriyasi
Grammatik kategoriya va grammatik shakl masalasi grammatika fanida ko’p tilshunoslarni o’ylashga qo’ygan masalalardandir. GK moh’iyati nimadan iborat? Bu savolga tilshunoslar turlicha javob beradilar. Buning moh’iyatini bilish uchun dastlab kategoriya atamasining o’zi nimaligi h’aqida fikr yuritaylik. Bu atama falsafadan tilshunoslikka kirib kelgan bo’lib falsafada bu tushuncha quyidagicha izoh’lanadi: «...obektiv borliq va bilishdagi moh’iyatan ko’proq qonuniy aloqa va munosabatlarni aks ettiruvchi umumiy tushuncha». Falsafada ham tilshunoslikda h’am kategoriya bir xil narsani aniqlaydi, yani kategoriya uchun juftlik va yakkalik mavjud bo’lishi shart va zarur. Falsafada juftlikni sabab-natija, moh’iyat-xodisa, butun-qism: yakkalikni borliq, miqdor, makon tashkil etsa, tilshunoslikda kategoriya atamasi ostida qatiy zidlangan ikkilik (son kategoriyasi) yoki ko’plik (kelishik kategoriyasi) tushuniladi. GK bo’lishi uchun aloqa va aloqaga tushuvchi birliklar zarur. Muayyan mano umumiyligi asosida birlashgan va o’zaro zidlanuvchi shakllar sistemasi GK h’isoblanadi. GK deganda, asosan, morfologik kategoriyalar (MK) anglashiladi.
Shuning uchun GK o’zi uchun xos bo’lgan umumiy manoga ega, bu mano shu kategoriya shakllarida malum ko’rinishlarda turlarda parchalanib, aniqlanib voqelanadi. Shuning uchun kategoriya UGMsi bilani shu kategoriya birliklari shakllari XGMlari o’zaro tur-jins munosabatlarida turadi. Masalan, o’zbek tilida ravishdoshlarning UGMsi «felni-fel bilan aloqaga kiritish» sifatida tavsiflanadi. Lekin ravishdoshlarning xususiy ko’rinishlari quyidagi paradigmani h’osil qiladi: I.
1-gach- boshqa bir h’arakatning boshlanish chegarasini ko’rsatish: 2-guncha-boshqa bir h’arakatning tugallanish chegarasini ifodalash: 3-ganda-boshqa bir h’arakat sodir bo’lish fanini ifodalash: II.
4—b|-ib-davomli va davomsiz h’arakatni fel bilan bog’lash: 5-a|-y-davomli h’arakatni fel bilan bog’lash: III.
6-gani|-gali-maqsad manoli h’arakatni boshqa h’arakat bilan bog’lash. 31
Yuqorida ko’rsatilgan barcha ravishdoshlarda ravishdoshning umumiy manosi mavjud: felni felga bog’laydi. Lekin bu uch qatorning xususiy manolari h’am bor: birinchi qatorda payt, zamon ikkinchi qatorda davomli-davomsizlik, uchunchi qatorda sabab-maqsad UGMlari mujassamlangan keyingi tadqiqot ishlarida (Qarang: mengliev B. Morfologik xususiyatlarning manoviy xususiyatlari va sintaktik imkonyatlari. ND. Buxoro, 1994) yuqorida ko’rsatib o’tilgan (-gach,-guncha,-ganda,--b|-ib,-a|-y,-gani|-gali) shakllar ravishdoshlarning turli zamon yoki tarz formalari emas, balki h’ar xil zamon va tarz kategoriyalarining ravishdoshlari ko’rinishlari sifatida talqin qilingan. Boshqacha qilib aytganda, zamon manolari ravishdoshlarga va ravishdoshlik vazifasi zamon ichiga sigib ketgan. Bunday xodisalarni o’rganish bugungi tilshunosligimiz oldiga ko’ndalang qilib qo’yilgan. Shuni aloh’ida takidlash kerakki, shakl va kategoriya tushunchalari pog’onali, butun bo’laklik, katta-kichiklik munosabatlari bilan bog’langanligi sababli biror kategoriyaga mansub bo’lmaydigan morfologik forma bo’lishi mumkin emas. mOddiy ko’rsatkichi bitta bo’lgan kategoriyalarda muayyan morfologik formani yasovchi asosning o’zi nol ko’rsatkichli-0 bo’lib ikkinchi morfologik shaklni tashkil qiladi. Chunonchi,
Odatda nokatigorial deb ataluvchi –niki, -dagi, -dek, -gancha morfemalarimoh’iyatan so’z yasovchilardir. Sh.Shoh’abbiddinova morfologik kategoriyalarni o’rganar ekan, o’zbek tilida ularning quyidagi turlarini beradi: 1.
2.
Egalik kategoriyasi-[0]:[-i|m]:[-i|ng]... 3.
Kelishik kategoriyasi-[0]:[-ning]:[-ni]... 4.
Subektiv munosabat kategoriyasi-[0]:[-jon]:[-xon]... 5.
Qiyoslash kategoriyasi-[0]:[-roq] 6.
Nisbat kategoriyasi-[0]:[-t|-dir]:[-il]... 7.
O’zgalovchi kategoriyasi-[0]:[-ish]:[-i|b]:[-gan]... 8.
Kesimlik kategoriyasi-[0]: aniqlik, buyruqlik, shart mayili... Ushbu grammatik kategoriyalar bir necha jih’atdan tasnif qilinadi: 1.
Kategoriyadagi shakllarning manoviy tarkibiga ko’ra. 2.
Morfologik kategoriya (MK)larning so’z turkumlari yoki gap bo’laklariga xosligi jih’atidan. 3.
Endi shular ustida qisqacha to’xtalib o’taylik. Birinchi tasnifga ko’ra kategoriyalar sodda va murakkab kategoriyalarga bo’linadi. Son, qiyoslash, kelishik, nisbat, subektiv munosabat kategoriyalari sodda kategoriyalar jumlasidandir. Chunki ularda mano sodda bo’lib, faqat bir kategoriyaga mansub bo’lgan manoni ajratamiz. Chunonchi, son kategoriyasining manosi miqdoriy va sifatiy belgilarning malum yig’indisidan iborat bo’lsa kelishik kategoriyasi tobelikni ifodalaydi. qiyoslash kategoriyasi belgining qiyosan ekanligini ko’rsatsa, nisbat kategoriyasi fel anglatgan bajaruvchining tavsifini ifodalaydi.
32
Murakkab kategoriyaning formalarida mano murakkab bo’lib, ularda bir necha kategoriyalarga mansub bo’lgan manolarni ajratish mumkin. Murakkab kategoriyalar sirasiga egalik, o’zgalovchi, kesimlik kategoriyalarini kiritish mumkin. Masalan, egalik kategoriyasida uch xil mano mujassamlangan bo’ladi: A) Lisoniy va nolisoniy munosabatni ifodalash (egalik kategoriyasi uchun katigorial mano):
B) Shaxs manosi (nokatigorial mano): V) Son manosi (nokatigorial mano): Kesimlik kategoriyasi h’am murakkab bo’lib, unda tasdiq- inkor, mayl-zamon, shaxs-son manolari birlashgan bo’lib, ular bitta qo’shimchada yoki bir necha qo’shimchada ro’yobga chiqadi. Masalan, «olmani ol» gapida «ol» so’z shakli tasdiq, buyruq mayl, h’ozirgi zamon, ikkinchi shaxs, birlik son manolarini voqelashtirib kelmoqda va bu manolar [0] bilan ifodalanmoqda “Kitobni olmadingiz” gapida inkor manosi [-ma] qo’shimchasi bilan, mayl- zamon manosi [-di] bilan ko’plik manosi [-iz] bilan ifodalanmoqda. O’zgalovchi kategoriya h’am murakkab bo’lib, unda ravishdosh, sifatdosh va h’arakat nomi shakllari manolari bir butunlikni h’osil qiladi. Morfologik kategoriyaning so’z turkumlari yoki gap bo’laklariga xosligi jih’atidan tasnifiga ko’ra MKlar ikkiga bo’linadi: Leksik-morfologik va funktsional-morfologik. Leksik- morfologik kategoriyalar so’zlarning ayrim guruh’lari turkumlariga xos. Bular sirasiga son, subektiv munosabat, qiyoslash daraja, nisbat o’zgalovchi kategoriyalar kiradi. Chunki son kategoriyasi, asosan, ot, olmoshlarga, qiyoslash, daraja kategriyalari sifatida, nisbat, o’zgalovchi kategoriyalari fellarga xos leksik-morfologik kategoriyalar-sifatida ajratiladi. Funktsional-grammatik kategoriyalarga kelishik, egalik kesimlik kategoriyasi kiradi. Chunki kesimlik kategoriyasi gap markazi-kesimni shakllantirsa, kelishik uning boshqa bo’laklarini shakllantiradi. Egalik kategoriyasi esa so’z birikmasi qurilishini taminlash uchun xizmat qiladi. MKlar sintaktik qobilyatlarining yo’nalishlariga ko’ra tasnifida “birin-ketinlik”, yani grammatik kategoriyalarning sintaktik qobilyatlarining “oldingisi bilan” va “keyingisi bilan” sifatida belgilanishi nazarda tutiladi. Masalan, “Kitobning” so’z shaklidagi |ning| o’zidan keyin egalik shaklini olgan ot kelishik shartligini, “kitobi” so’zidagi |-i| bu so’zshaklidan oldin qandaydir qaratqich aniqlovchi bo’lishi zarurligini ko’rsatadi. O’zbek tilida egalik, nisbat, kesimlik, qiyoslash, son kategoriyalari so’z shaklining “oldingisi bilan” aloqalarini ko’rsatsa, kelishik kategoriyasi so’z shaklining “keyingisi bilan” aloqasini ko’rsatadi. Shaxsiy bah’o shakllari bu jih’atdan mo’tadildir. Umumiy o’rta talim maktablarining 5-7-sinflar i uchun mo’ljallangan ona tili darsliklarida h’am yuqorida sharh’langan grammatik kategoriya va ularning tasnifi o’rin olgan. O’quvchilarga kategoriya ko’rinishlarini berishdan oldin to’plam va tasnif tushunchalarining moh’iyati sodda va lo’nda qilib izoh’lab berilgan. Tasnif deganda biror predmetni, shaxsni, belgi, voqea, h’odisani o’z ichki o’xshashliklari bilan bir to’plamga, guruh’ga kiritish yoki, aksincha, birorto’plamni uni tashkil etuvchi sinflarga, guruh’larga ajratish, farqlash tushuniladi. Dah’aqiqat, o’quvchi ona tilining morfologiya bo’limida so’z turkumlari va ularning lug’aviy shakllari, manoviy guruh’lari, so’z shakllari va ularning turlarini o’rganar ekan mazmuni puxta o’zlashtirishi uchun tasnif asoslari bilishi shart va zarurdir. Maktab darsliklarida so’z shakllari ikki guruh’ga ajratib o’tganiladi: aloqa munosabat va lug’aviy shakllar. Aloqa-munosabat shakllari doirasiga egalik, kelishik, kesimlik kategoriyalari qo’shimchalari kiritilgan.
33
Lug’aviy shakllar doirasida esa otlardagi son shakli, kichraytish erkalash shakli, sifatlardagi oddiy, qiyosiy, orttirma daraja lug’aviy shakllari, fellardagi nisbat va ravishdosh, sifatdosh, h’arakat nomi shakllari va h’arakat tarizi shakllari berilgan. Bunday shakllar o’zaklarga qo’shilib, ularning lug’aviy manosiga qo’shimcha mano beradi. Aloqa-munosabat shakllari so’z birikmasi va gapni shakllantiradi. Lug’aviy shakllar va aloqa-munosabat shakllarining maktab darsliklaridagi talqini h’am o’z xususiyatlariga ega. Lug’aviy shakllar morfologiya bo’limida h’ar bir so’z turkumining o’rganish boshlanishida o’tilib, bu lug’aviy shaklning biz yuqorida UGM deb atagan manosi sodda, bolalarga tushunarli shaklda bayon etiladi. Mavzu davomida h’ar bir so’z turkumining LGMlari o’rganiladi va h’ar bir LGM so’zlarida lug’aviy shaklning mano xususiyatlari ochib beriladi, yani OGM va XGMlar berib boriladi. Hammaga malumki grammatika deganda tor manoda morfologiya va sintaksis, keng manoda esa tilning barcha qurilish sath’lari tushuniladi. Til sath’lari deganda fanetika va fonologiya, leksika va semasalogiya, frazealogiya, morfologiya, sintaksis va stilistika tushuniladi. Morfologiya va sintaksis bir-birini taqazo etuvchi sath’lar sanaladi. Lisoniy birliklarga zotiy yondashuv morfologiya va sintaksisning dialektik birligi h’aqida h’ukm chiqarish imkonini berdi. Morfologiya-grammatikaning so’zshakl manosi h’aqidagi soh’asi bo’lsa, sintaksis grammatikaning so’zshakl vazifasi h’aqidagi soh’asi sanaladi. Tilning asosiy ijtimoiy vazifasi aloqa-aralashuv, insonlar orasida fikr almashtirish vositasi bo’lganligi sababli sintaksisning o’rganish manbai bo’lgan gaplarda tilning barcha sath’larining-fonologiya va fonetikaning, leksika va semantikaning, morfemika va morfologiyaning birliklari voqelanadi, yuzaga chiqadi. Bu birliklardan h’ar birini tilshunoslikning aloh’ida-aloh’ida bo’limlari o’rganadi. Lekin sintaksisning o’rganish manbai bo’lgan gaplarda barcha sath’ birliklarning belgilari jilvalanadi. Masalan. 1. Kitobni ukamga oldim.
Kabi h’odisalar sintaktik h’odisalar-sintaktik sinonimiya deb talqin qilinadi. Lekin 1- h’olatda morfologik birliklarning mano va vazifadoshligi, 2-h’olatda so’z va ibora manodoshligini kuzatish mumkin. Bunday morfologik h’odisalarga sintaktik jih’atdan qaraladi va sof sintaktik h’odisani o’rganish chetda qoladi. yoki:
-y|yu -da lekin|ammo Lola keldi yoki men keldim Shuning uchun Chunki Deb Kabi gaplar bog’langan qo’shma gaplar, ergashgan gaplar va ularning ko’rinishlari sifatida ananaviy tilshunosligimizda o’rganilib kelinmoqda. Agar diqqat etibor bersak, bu misollarda turli xil gaplar (sintaktik h’osilalar)ni emas, balki turli bog’lovchi vositalar bilan shakllangan morfologik h’odisalarni-bog’lovchilar paradigmasini ko’rish mumkin. Bu erda h’am morfologik birliklarning sintaksisda «qorishilganini» sezish mumkin. «Sintaksis boshqa sath’lar (ayniqsa, leksika va morfologiya) birliklari tajalisdan h’oli bo’lgach beh’ad sodda va h’ammamga oson tushunarli qoliplarning o’zaro munosabat chizmalari shaklini oladi...» [2,29-30:] jumladan, 34
[O’Pm] sintaktik qolipi h’am h’uddi shunday keltirib chiqarilgan. Buning uchun nutqdagi oddiy bir gapga murojaat qilamiz: (bu kunda) Latofatning murg’akgina qalbiga shunday nogoh’oniy sevgi otash tashladi. Bu nutq h’osilasida barcha til sath’larining birliklari o’z ifodasini topgan. Bu gapning sintaktik qurilishini aniqlash uchun nutqdagi gapning nosintaktik kategoriyalar ko’rinishlarini birma-bir olib tashlaymiz: 1.Đntanatsion tugallanganlik. Yuqoridagi gap intanatsion tugallikga ega. Agar biz shu gapga boshqacha bir tus bersak, u intonatsion jih’atdan tugal bo’lmasligi h’am mumkin, yani «bu
Bunday xususiyatlar nutqdagi gaplar uchun xarakterli h’olat sanaladi. Ammo gapning qolipiga ah’amiyatsizdir, chunki gaplarni oh’ang jih’atdan o’rganish fonetika, fonetik tah’lilning obektidir. 2.Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari. Yuqoridagi nutqiy h’osila h’am so’roq, h’am buyruq, h’am h’is-h’ayajon gap bo’lib shakllanishi mumkin. Ammo gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari gap semantikasida o’rganilishi lozimligi uchun, shuningdek, bunday xususiyatlar gapning eng kichik qolipiga dah’ldor bo’lmaganligi tufayli bu nosintaktik h’odisadan h’am voz kechamiz. 3.Modal manolariga ko’ra turlari. Nutqda gap turli modal (gumon, taxmin, ishonch, qatiylik...) manolarida bo’lishi mumkin. Jumladan, yuqorida bergan gapimizni quyidagi shaklda qo’llasak: «(bu kunda) Latofatning murg’akkina qalbiga shunday nogoh’oniy sevgi otash
gapning sintaktik qurilishi uchun ah’amiyatsiz bo’lganligi va tilning madallik kategoriyasida o’rganilishi lozimligi tufayli tajalli sifatida gapdan chetlashtiramiz. Qisqasi, shunga o’xshash nosintaktik h’odisalarni gapdan chetlashtirgandan so’ng gapning bo’laklari qoldi. Mashh’ur frantsuz tilshunosi L.Tenger grammatikasida (gap bo’laklarining gap ichidagi mavqei, darajalanishi) asoslangan h’olda gapdagi markaziy bo’lakni aniqlashga kirishamiz. Bu gapning eng kichik qolipini aniqlashdagi ikkinchi tayangan bosqichimiz bo’ladi. «(Bu kunda)
birma-bir xoli qilgach, fikrni ifodalay oladigan markaziy bo’lak-kesim vazifasidagi so’zforma («tashladi») qoldi va quyidagi chizmani h’osil qilish mumkin: «Bu kunda Latofatning murg’akkina qalbiga shunday nogoh’oniy sevgi otash tashladi» Fikr ifodalash “Otash tashladi” frazemasida mujassamlashgan. “Otash tashladi” so’zining valentligi asosida yuqoridagi gap h’osil qilingan. Bu so’z shakli ikki qismdan iborat: otash – lug’aviy mano ifodalovchi qism, -di kesmlik ko’satkichlari qismi, yani bu [O’Pm]ga tengdir. Yuqorida biz nutqiy voqealanishdan umumiylikka qarab intildik va umumiy h’osilani vujudga keltirdik. Bu chizma, qolip (O’Pm) yuzminglab gaplarda voqealanadi, ro’yobga chiqadi. Yani zotiy moh’iyat nutqida rang-barang ko’rinishlarda namayon bo’ladi. Bu o’rinda shuni takidlash kerakki, biz yuqoridagi misolimiz bilan, dastlab, xususiyliklardan umumiylik keltirib chiqardik va bu umumiylik yana pastga qarab turli xususiyatlarini namoyish etadi. Bundan mafologiya va sintaksisning bosh maqsadi kelib chiqadi. «...Xususiyliklarni malum tamoyillar asosida umumiyliklarga birlashtirish va aksincha, muayyan umumiylikning bevosita kuzatishda turlicha namoyon bo’lish imkonyatlarini ochib berishga, boshqacha aytganda, induktiv usulga tayangan h’olda h’ususiyliklardan umumiyliklarga o’tish, umumiyliklardan o’rtasidagi o’zaro munosabatni ochish-nazariy morlogiyaning bosh maqsadi sanaladi». [3,8:] o’zbek tili nazariy morfologiyasining asosiy h’ususiyatlari, vazifalari quyidagilardan iborat. 1.Til-nutq zidlanishi asosida umumiylik-h’ususiylik, imkoniyat-voqelik, dialektik munosabatining morfologik sath’ida namayon bo’lishini ko’rsatib berish. 35
2.morfologiya morfologik birliklar munosabatiga tayanadi. 3.Til birliklari o’rtasidagi uch xil munosabat tadqiqot markazida bo’ladi: Qatorlanish (sintagmatik) –sintagmatik buyruqlanish (paradigmatik) –pog’onaviylik (iyararh’ik). qatorlanish-til birliklarining ketma-ket joylashuvi. Guruh’lanish munosabati malum birlashtiruvchm belgi asosida muayyan sinfda birlashtiruvchi birliklar o’rtasidagi munosabat sanalib, u “fah’miy boshlash” orqali h’osil qilinadi. Pog’onaviylik-kichik birliklarning o’zidan kattaroq birliklar tarkibiga kirish munosabati. Bu munosabat butun va bo’lak munosabatini namayon etadi. Masalan, morfema affiksal marfema bilan so’z morfemalarda tashkil topadi. Morfema so’z shakl tarkibida real voqelanadi. 4.Marfologik birliklarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari ularni malum paradigma tarkibida zidlash asosida aniqlanadi. Shuning uchun h’am h’ar qanday grammatik paradigma zamirida zidlanish yotadi. Tilshunoslikning vazifasi ana shu zidlanish belgilarini ochishdan iborat. Bu zidlanishlar nutqiy konkret manolar asosida emas, balki grammatik (morfologik) shaklning umumiy-lisoniy manosi asosida quriladi. Umumiy-lisoniy manolar esa o’zaro mutanosib grammatik shakllarning aloqadorligi asosida ochiladi. Chunochi, birlik son bilan ko’plik son shakllarining nutqiy manolarini qiyoslasak: Birlik son
Ko’plik son Kitob kitoblar 1ta kitob ko’p kitob 10ta kitob bu erda bu erlar ikki son shakl manolarini qiyoslab h’ukm chiqara olamizki, birlik son aniq miqdorni h’am, noaniq miqdor (ko’p kitob)ni h’am birlikni h’am, aniq va noaniq ko’plikni h’am ifodalay oladi. Ko’plik son esa h’amisha noaniq ko’plikni ifodalaydi. Mana shu noaniq ko’plikni ifodalash ko’plik soning umumiy manosi, birlikni h’am, ko’plikni h’am, aniqlikni h’am, noaniqlikni h’am ifodalay olish esa birlik sonining umumiy manosidir. Morfologik paradigmalarda shakllar mana shunday umumiy manolar asosida zidlanadi. Mana shunday umumiy morfologik (grammatik) manolarini ochish va paradigma azolarining zidlanish belgilarini tavsiyalash bugungi o’zbek tili nazariy morfologiyasining tadqiq manbaidir. Bu ishga o’zbek tilshunosligi endigina kirishdi va uning rivoji bevosita iqtidorli yoshlarning kelajakdagi faoliyatlari bilan bog’liqdir. Morfologik shaklning mana shu usulda ochilgan umumiy manosi bu formaning qo’llanilishida –sintaksisda voqealanadi. Shuning uchun morfologik shakl umumiy manosi imkoniyat sifatida unda yashiringan bo’ladi. Nutqda esa u ro’yobga chiqadi va morfologiya va sintaksisning uzviy aloqadorligi bir-biridan ajralmasligi taminlanadi. Morfologik shakl imkoniyat bo’lsa, sintaktik qurilma voqealanishdir. Chunonchi, “ukuamga” so’z shaklini olib ko’raylik. Bu shaklda 1.Lug’aviy mano o’zidan kichik, erkak jinsidagi bir ota-onadan bo’lgan bir avloddagi qarindosh: 2.Malum bir so’z turkumi “ot”ga mansublik: 3.Miqdor jih’atdan aniqsizlik: 4.Qandaydir boshqa so’zga tobe (to’ldiruvchi yoki h’ol) mavqeida kelib, h’arakat yoki biror narsaning unga yo’nalganligi:
36
5.Bir shaxsga aloqadorlik manolari mujassamlangan: Bu manolarning barchasi “ukamga” so’z shaklida noaniq va umumiydir. Bu so’z shakli nutqda boshqa so’zlar bilan aloqadorlikda voqealanganlikda yuqoridagi manolar muayyanlashadi. “Kitobni ikkinchi ukamga oldim”, “Bu gapni kenja ukamga aytdim”, “Boshimni ko’tarib o’rtancha ukamga qaradim”. Bundan biz yana bir xulosaga kelamiz: Morfologik shakl nafaqat sintaktik qo’llanishi bilan, balki lug’aviy mano va lug’aviy to’ldirilishi bilan h’am uzviy bog’langan. Bu leksika, marfologiya va sintaksisning o’zaro uzviy aloqadorligi va tilning yaxlitligi bilan tabiatin bog’liqdir. Biz tilni, uning birliklarini turli sath’larga suniylik bilan ajratamiz, ayrim maqsadlarni ko’zlab ajratamiz. Haqiqatda esa ular bir butunlikda yashaydi, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Lekin h’ar bir sath’ uchun faqat shu sath’ uchun xos bo’lgan h’ususiyatlarni aniqlash maqsadida biz o’rganayotgan sath’ birligini boshqa sath’lar tajallisidan suniy ravishda ozod qilishimiz kerak. Masalan: “Ah’madlar” so’z shaklida –lar qo’shimchasining manosi “kitoblar” so’z shaklidani “-lar” manosidan farq qiladi. Bu farq, shubh’asizki, yakka shaxs nomi bo’lgan. “Ah’mad” va bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi bo’lgan “kitob” so’zining luqg’aviy manosi bilan va morfologik shakl bo’lgan ko’plik sonining umumiy morfologik manosiga aloqador emas. Xuddi shunday “ni” tushum kelishigi qo’shimchasini qabul qilgan vositasiz to’ldiruvchi quyidagi birikmalarda h’ar xil manoga ega Uyni qurdik Uyni buzdik Uyni bezadik Uyni ko’rdik Uyni o’yladik Lekin bu rang-baranglik “ni” shaklining umumiy marfologik manosidan emas, balki uning qanday so’zlar bilan birikib kelgani bilan bog’liq. Tushum kelishigining umumlisoniy manosi ot yoki manosi toraygan so’zni o’timli fel bilan tobe bo’lak (vositasiz to’ldiruvchi) mavqeida bog’lashdan iboratdir, xolos. Shuning uchun grammatika umumiy manolar bilan h’am, xususiy nutqda voqealangan manolar bilan h’am ish ko’rganligi sababli biz bu ikki xil mano ustida aloh’ida to’xtalishimiz lozim
5-MA’RUZA Grammatik shakllar orasidagi munosabatlar Reja:
5.1. Grаmmаtik shаkllаr оrаsidа оppоzitiv munоsаbаtlаr mаvjudligi Grаmmаtik shаkldаgi sinоnimik munоsаbаtlаr 5.2. Hаr хil sаthdаgi til birliklаri оrаsidа sinоnimik munоsаbаtlаrning mаvjud bo’lishi
Download 464.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling