O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakul`teti


Download 359.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana26.11.2020
Hajmi359.35 Kb.
#153074
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi davr geosiyosiy nazariyalari va maktablar


 

                                                            

55

 



Дугин А. Основы евразийства. - 82-84, 98-100-бетлар.

 


57 

 

 



XULOSA 

Tadqiqot  davomida  mintaqaviy  xavfsizlikning  asrlardan  beri  shakllanib 

kelayotgan  geosiyosiy  qoidalarga  tayangan  taqdirda  mustahkam  asosga  ega 

bo`lishiga  amin  bo`ldik.  Chunki  har  bir  mintaqa  o`zining  geosiyosiy  mavqeiga 

bog`liq  holda  juda  jadal  yoki  nistabatan  sust  geosiyosiy  ta`sirlashuvlar  doirasida 

bo`ladi.  Shu  jumladan,  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  ham  o`zining  geosiyosiy 

ahamiyatigia  ko`ra  qadimdan  u  yoki  bu  strategik  kuchlarning  geosiyosiy  raqobati 

doirasida bo`lib kelgan. Mintaqa geosiyosiy ahamiyatining  yuksalish davrlarida bu 

erda urush harakatlari avjiga chiqqan. Bunga Buyuk Iskandarning yurishlari, Arab 

xalifaligi  davridagi  yurishlar,  Chingizxonning  bosqinini  misol  keltirish  mumkin. 

Mintaqa  ulkan  saltanat  markaziga  aylangan  davrlarda  esa  boshqa  o`lkalarni 

o`zining  geosiyosiy  ta`sir  doirasiga  tortgan.  Bunga  qadimgi  davrlarda  Chingiz 

bosqini  va  Jaloliddin  Manguberdining  ozodlik  uchun  kurashlari,  Temur 

saltanatining butun evroosiyo qit`asiga yoyilishi natijasida butun mintaqalarni o`z 

tarkibiga  tortib  borishini  hamda  Bobur  saltatanatini  misol  keltirish  mumkin. 

Markaziy  Osiyoning  XIX  asrda  Chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib  olinishi,  o`tgan 

asrda  esa  abadiy  o`zaro  ziddiyatlar  botqog`ida  qolishlari  uchun  sho`rolar 

tomonidan  parchalab  yuborilishi,  ular  orasida  murakkab  chegaralar  tortilishi  va 

nihoyat  70  yil  davomida  boshqa  davlat  tarkibida  bo`lganligi  mintaqaning 

to`lig`icha tashqi ta`sir doirasida qolganligini yaqqol ko`rsatib berdi.    

Yangi asr bo`sag`asida ro`y bergan siyosiy jarayonlar dunyo xaritasida o`nlab 

yangi  davlatlarni  yuzaga  keltirdi.  evroosiyo  qit`asida  yangidan  boshlangan 

geosiyosiy  kurash  Markaziy  Osiyo  hududini  ham  to`lig`icha  qamrab  oldi. 

Murakkab  geosiyosiy  jarayonlar  kechayotgan  bugungi  davrda  mintaqaviy 

xavfsizlikni  ta`minlash  birinchi  navbatda  bir  davlat  yoki  davlatlar  birligi  asosida 

milliy  manfaatlar  mutanosibligini  shakllantirishni  taqozo  etadi.  Hech  bir  davlat 

mintaqadagi  boshqa  davlatlardan  ajragan  holda  yakka  o`zi  o`z  xavfsizligini  to`liq 

ta`minlay  olmasligi  tarixda  ro`y  bergan  geosiyosiy  jarayonlardan  ko`p  marotaba 

isbotlangan.    


58 

 

Geosiyosiy  ta`limotning  mumtoz  tadqiqotlariga  nazar  tashlansa  er  yuzidagi 



strategik  raqobat  asos  e`tibori  bilan  ervoosiyo  qit`asining  qirg`oq  hududlaridan 

uning markaziy hududini egallashga qaratilgan. Bu xartland va rimland o`rtasidagi 

kurash,  tellurokratiya  va  talassokratiya  o`rtasidagi  raqobat  shaklida  ro`y  berib 

kelgan.  Markaziy  Osiyo  «xartland»  uchun  olib  boriladigan  kurashda  Janubiy 

Osiyodan  kirib  boriladigan  yoki  «rimland»ning  Janubiy  Osiyodagi  qirg`oqlarini 

egallash uchun eng qulay yo`l hisoblanadi. G`arbiy evropa, Rossiya hamda AQSh 

geosiyosatchilarining  tadqiqotlarida  ko`rsatilishicha  Markaziy  Osiyo  hududi 

albatta  u  yoki  bu  geosiyosiy  etakchi  davlatning  milliy  va  iqtisodiy  manfaatlari 

doirasiga kirgan. Shu nuqtai nazardan ushbu mintaqada ro`y berayotgan geosiyosiy 

jarayonlar,  davlatlarning  tashqi  siyosatlari  albatta  etakchi  davlatlarning  tashqi 

strategiyasini  hisobga  olgan  holda  talqin  qilinishi  maqsadga  muvofiqdir.  G`arb 

tadqiqotchilarining  ta`kidlashlariga  ko`ra  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  evropadagi 

Bolqon  yarim  oroli  singari  evroosiyo  qit`asidagi  strategik  muvozanatning 

saqlanishi  yoki  buzilishiga  jiddiy  ta`sir  ko`rsatuvchi  hudud  hisoblanadi.  Boshqa 

so`zlar  bilan  aytganda  ushbu  mintaqaning  geosiyosiy  ahamiyati  faqat  uning 

iqtisodiy  imkoniyatlari  bilan  belgilanmaydi.  Uning  turli  kuchlar  manfaatlari 

tugunida joylashganligi masalan,ing eng muhim nuqtasi hisoblanadi.          

Chunki  Markaziy  Osiyo  dunyodagi  etakchi  kuchlarning  qit`a  markazi  uchun 

olib  boradigan  strategik  raqobati  doirasida  joylashgan.  Mintaqadagi  davlatlarning 

geografik, siyosiy, iqtisodiy sharoiti hamda xususiyatlari ularni turli kuchlar ta`sir 

doirasiga  kirib  qolishiga  sharoit  yaratib  bergan.  Mamlakatlardagi  tabiiy-boyliklar 

va  ularning  dunyo  bozorlaridan  uzoq  masofada  joylashganligi  ularning  tashqi 

hamkorlarga  bog`liq  bo`lib  qolishlariga  olib  keladi,  oqibatda  dadil  tashqi  siyosat 

yurg`izishlariga xalaqit beradi. 

Markaziy  Osiyoda  mintaqaviy  xavfsizlik  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurash 

paytida  ayniqsa,  muhim  ahamiyatga  ega  bo`ldi.  er  yuzidagi eng  qudratli davlatlar 

ishtirokida  tuzilgan  koalitsiya  aynan  keyingi  yigirma  yil  ichida  qit`adagi 

geosiyosiy to`qnashuv o`chog`i bo`lgan Afg`onistonda xalqaro terrorizmga qarshi 

kurash  olib  bordilar.  AQSh  kabi  etakchi  davlatning  mintaqa  davlatlari  bilan 


59 

 

strategik  hamkorlikni  yo`lga  qo`yishi  mintaqaning  strategik  ahamiyatini  o`z-



o`zidan oshirib yubordi.  

Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo xavfsizligi quyidagi asoslarga tayanadi: 

1. Mintaqa atrofida kechayotgan jarayonlar geosiyosiy va geoiqtisodiy nuqtai 

nazardan  talqin  qilinishi  mintaqaviy  xavfsizlik  va  tashqi  strategiyani  belgilashda 

muhim qurol bo`lib xizmat qiladi. 

2.  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  geografik  jihatdan  yadro  quroliga  ega  bo`lgan 

qudratli  davlatlar  o`rtasida  joylashganligi  uning  geosiyosiy  ahamiyatini  keskin 

oshirib yuboradi. 

3.  Mintaqaning  ulkan  tabiiy  zaxiralari  uni  tashqi  ta`sir  doirasiga  tortib 

boruvchi muhim geoiqtisodiy omil hisoblanadi.      

4.  Har  bir  mamlakat  hamda  butun  mintaqa  xavfsizligi  faqat  mintaqadagi 

davlatlarning o`zaro hamkorligi asosida ta`minlanishi mumkin. 

5.  Mintaqaviy  xavfsizlikni  ta`minlashning  eng  muhim  omillaridan  biri  bu 

mintaqadagi  davlatlar  o`zaro  milliy  manfaatlarning  uyg`unligini  anglash  va  tan 

olishdan iborat. 

6.  Mintaqaviy  xavfsizlikni  ta`minlashning  navbatdagi  omili  xavfsizlik 

kategoriyasining  bo`linmas  ekanligini  to`laqonli  anglash  hamda  tan  olishdan 

iborat. 


7.  Mintaqaviy  xavfsizlik  turli  darajadagi  hamkorlik  Tashkilotlari,  bitimlari, 

shartnomalari va birlashmalari negizida mustahkamlanishi maqsadga muvofiqdir. 

8.  Markaziy  Osiyo  davlatlari  qit`adagi  etakchi  kuchlar  bilan  strategik 

muvozanatni  o`rnatishda  mintaqaning  ichki  hamkorlik  tizimini  barpo  etishlari 

zarurdir.  Ushbu  hamkorlik  Markaziy  Osiyo  Iqtisodiy  Hamkorligi  kabi  tizmining 

mustahkamlanishi tarzida bo`lishi mumkin. 

9. Mintaqadagi biror bir davlatga etkaziladigan siyosiy tazyiq mintaqadagi har 

bir davlat uchun baravar qabullanishi va talqin qilinishi maqsadga muvofiqdir.  

10. Mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratishning eng muhim omillaridan biri bu 

o`zaro manfaatli ichki iqtisodiy bozorni shakllantirishdan iboratdir. 



60 

 

11.  Mintaqa  davlatlari  o`zaro  qo`shma  iqtisodiy  loyihalar  va  korxonalar 



tashkil  etishda  keng  imtiyozlarni  ishlab  chiqishlari  va    hayotga  tadbiq  etishlari 

zarur. 


12.  Mintaqa  davlatlari  turli  xalqaro  tashkilotlar  bilan  o`zaro  manfaatli 

munosabatlarga kirgan holda er yuzidagi strategik muvozanatni o`rnatishda o`zaro 

birlashgan holda ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. 

13. Diniy va etno-hududiy jihatlarining muhimligini tan olish va etno-hududiy 

asosda  ziddiyatlar  va  to`qnashuvlarga  yo`l  qo`ymaslik  mintaqaviy  xavfsizlikning 

muhim shartlaridan biridir. 

14.  Mintaqaviy  xavfsizlikni  o`rnatishda  xalqlarning  tarixiy,  madaniy  hamda 

diniy 


ildizlarining 

birligi 


hodisasiga 

urg`u 


berish 

hamda 


elatlararo 

munosabatlarning rivojlanishiga turtki berish maqsadga muvofiqdir. 

15.  Mintaqadagi  tabiiy-zaxiralar  uchun  olib  boriladigan  kurash  jarayonida 

mintaqadagi  suv  taqsimoti,  etno-hududiy  hamda  diniy  omil  bilan  bog`liq  turli 

muammolar  muqarrar  ravishda  tashqi  kuchlar  tomonidan  ishga  solinishini 

e`tiborga olish zarur. 

16.  Mintaqada  siyosiy  tusdagi  yangi  tashkilotlar  tuzish  emas,  balki  davlatlar 

o`rtasida imzolangan iqtisodiy, siyosiy va madaniy asosda qurilgan shartnomalarni 

rivojlantirish mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashga yaxshi xizmat qiladi. 

17.Davlatlar  o`rtasida  bojxona  munosabatlari,  o`zaro  mol  ayirboshlashda 

to`lanadigan  boj,  tranzit  yuklar  hamda  yo`lovchilarning  xavfsizligi  masalalari 

o`zaro qat`iy muvofiqlashtirishni talab etadi. 

18.  Mintaqadagi  elatlar  o`rtasidagi  etno-madaniy  birlik  natijasida  ro`y 

beradigan 

tabiiy 

migratsiya 



jarayonlari 

huquqiy 


jihatdan 

o`zaro 


muvofiqlashtirishni talab etadigan muhim mavzulardan sanaladi.  

 

 

 

 

 

 

61 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 

1.Karimov  I.A.  O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida:  xavfsizlikka  tahdid, 

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlarig`g`Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot 

yo`lida.6-jild.-T.:O`zbekiston,1998. 

2.Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  –  pirovard 

maqsadimiz.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  –  pirovard 

maqsadimiz.8-jild.-T.:O`zbekiston,2000. 

9.Nartov N.A. Geosiyosat.-M.:YuNITI, 2003. 

10.Filosofskiy entsiklopedicheskiy slovar`.-M.:Nauka, 1989. 

11.Pozdnyakov E.A. Geopolitika. - M. Progress. Kul`tura, 1995, 95-bet. 

12.Danilevskiy N.Ya. Rossiya i evropa.-M.:Glagol`, 1991. 

13.Xantington S. Stalknovenie tsivilizatsiy, Polis, 1994, №1. 

14.Bokl` G.P. Istoriya tsivilizatsii v Anglii.-SPb, 1986. 

15..Pleshakov  K.V.Geosiyosat  v  svete  global`nih  peremen.-Mejdunarodnaya 

jizn`,1994, № 10. 

17.Dugin A. Osnovы geopolitiki.-M.: Arktogeya, 1997. 

18.Savitskiy P.N. Utverjdenie evraziytsev.-M.: Agraf, 1997. 

19.Yangi O`zbekistonning 7 zafarli yili.-T.:Shark, 1997. 

20.”Geosiyosat  fanidan  amaliy  mashg`ulotlar  rejalari  va  uslubiy  tavsiyalar”.-

T.:TATU, 2006. 

23.Petr  Savitskiy  "Geograficheskie  i  geopoliticheskie  osnovы  evraziystva" 

,"Elementы" № 3, str. 51-54.  

24.Jalilov  A.,  Xelford  Makkinderning  geosiyosiy  qarashlari.  //  Jamiyat  va 

boshqaruv, 2006, 2-son.  

25.Xantington S. Stolknovenie tsivilizatsiy i pereustroystvo novogo mirovogo 

poryadka. - M.: ACT, 2003, 603-bet. 

26.Halford  Mackinder  "Geographical  Pivot  of  History"  in  "Geograghical 

Journal", 1904. Ruscha tarjimasi //Elementы. evraziyskoe obozrenie, 1996, 7-son, 

26 –31 -  betlar. 

27. O`zbekistonda politologiya.-T.:Sharq, 2002.  

 


62 

 

Qushimsha adabiyotlar: 



1

.Рацель  Ф.  Человечество  как  жизненное  явление  на  земле.  –М.:  А.ГРАФ, 

1951. –112 с.; 

 2.Мехен  Л.Т.  Влияние  морской  силы  на  историю.  1660-1783.  –М.:А.ГРАФ, 

1991. –223 с.;  

3.Гейден  Г.Критика  немецкой  геополитики.  –М.:  Прогресс,  1960.  –342с.  ва 

бошқалар. 

4.Хантингтон С. Столкновение цивилизаций –М.: Полис.-1994. –235с.  

5.Гумилев Л.И. Древняя Русь и Великая степь. –М.: Прогресс. 1989. –213с. ва 

бошқалар. 

6.Аристотель. Политика. ВКН. –Мыслители Греции. От мифа к логике. –М.: 

Экмо-экспресс, 1999. –С.481. 

7.Абу  Наср  Форобий.  Мəнавият  юлдузлари.  –Т.:  А.Қодирий  номидаги  Халқ 

нашриёти 1999. –Б.400. 

8.Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. –М.: АСТ, 1995. –С.352. 

9.Нартов М. Геополитика. Учебник для вузов. –М.: ЮНИТИ, 1999. –С.359. 

10.Тихонравов  Ю.В.  Геополитика.  Учебное  пособие.  –М.:  Бизнес  школа 

Интел-Синтез, 1998. –С.90. 

11.Савицкий  П.Н.  Географические  и  геополитическое  основы  евразийства 

елементы. // еврозийское образование. –М. –№3. –С.54. 

12.Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. –М.: Полис, 1994. –С.25. 

13.Америкада мондиализм назарияси // Тафаккур, 2006,1-сон, 112-113- 

бетлар.  

14.


Дугин  А.  Основы  геополитики.Биринчи  қисм.-М.:Арктогея,1997,121-130-

бетлар. 


 

 

Download 359.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling