Ozbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi boshlangich sinf matematika darslarida qiziqarli matematik topshiriqlardan foydalanish
Download 1.27 Mb.
|
1SHAMSIYEVA LOBAR KURS ISHI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB BOSHLANGICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA QIZIQARLI OYIN TARZIDAGI TOPSHIRIQLAR.
- II BOB MATEMATIKA SINFDAN TASHQARI ISHLARIDA QIZIQARLI MATEMATIK TOPSHIRIQLAR. BILAN ISHLASH
- 33ta 33didaktik
Kurs ishining maqsadi: Boshlangich sinf matematika darslarida qiziqarli matematik topshiriqlardan foydalanib bolalarni matematikaga qiziqtirish.
Kurs ishining predmeti va vazifasi:boshlangich sinf matematika darslarida qiziqarli oyin topshiriqlar asosida darslarni tashkil qilish. MAVZU:
I BOB BOSHLANGICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA QIZIQARLI OYIN TARZIDAGI TOPSHIRIQLAR. 1. Qiziqarli matematik oyin topshiriqlar . Didaktik oyinlar qiziqarli matematika topshiriqlarini ishlash II BOB MATEMATIKA SINFDAN TASHQARI ISHLARIDA QIZIQARLI MATEMATIK TOPSHIRIQLAR. BILAN ISHLASH 2.1 sinfdan tashqari ishlarda qiziqarli matematik topshiriqlar. 2.2 2sinfd sinfdan tashqari ishlarni olib borish I BOB BOSHLANGICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA QIZIQARLI OYIN TARZIDAGI TOPSHIRIQLAR. 1. Qiziqarli matematik oyin topshiriqlar . Boshlangich sinf matematika darslarini qiziqarli matematik oyin topshiriqlari, didaktik topshiriqlar bilan olib borsak bolalarni dunyoqarashi ularning darsga bolgan qiziqizi va ularning aqliy salohiyati yanada ortadi. Biz bolalarga didaktik oyin ,qiziqarli oyinlar orqali matematik topshiriqlarni berib borishimiz kerak. Albatta bu texnologiya asrida muhim hisoblanadi deb oylayman. Barchamizga malumki kichik maktab yoshidagi oquvchilarning asosiy faoliyati oyinlarga qaratilgan. Bola uchun 45 daqiqa ornidan qimirlamay darsni tinglab, oqituvchi tomonidan berilayotgan barcha malumotlarni ozlashtirish judamurakkab. Bunday murakkab jarayonni bola ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun oyin va talimfaoliyatlarini chambarchas boglash zarur. Yani dars jarayonida talimiy va harakatga keltiruvchi oyinlardan foydalanish, talim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori bolishiga erishishimiz mumkin. Dars jarayonida didaktik oyinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga kirishish, oz fikrini erkin bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda tolaligicha esda saqlab qolish imkonini beradi. Talimiy oyinlarning yana bir jihati shuki, u bolada ikki miya yarim sharlarining bir vaqtning ozida ishlashini taminlaydi. Miyadagi bunday faollik berilgan axbarotni bir vaqtning ozida qabul qiladi, esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan savolga tez va aniq javob berishni taminlaydi. Shularni inobatga olgan zamonaviy oqituvchidan har bir darsni didaktik oyinlar asosida tashkil etish talab etiladi. Shuning natijasida esa kun davomida bolada charchoq, toliqish kuzatilmaydi. Oquv-bilim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish bolada oqishga bolgan motivatsiyani togri yonaltirilganligiga bogliq. Didaktik oyinlar aynan shunday motivatsiyani bera oladi. Talim jarayonini alohida jarayon sifatida korib uni bolaning asosiy faoliyati bolmish oyin faoliyatidan ajratib qoyish esa bolani qafasga solib qoyish bilan barobar. Oyin faoliyati golib yoki maglub tushunchalardan iborat bolib dars jarayonida qollanilganda bola golib bolish uchun kurashadi va ana shu kurash natijasida berilgan axbarotni diqqat bilan tinglab bilimlarni osongina egallab oladi. Bir vaqtning ozida bu bilimlarni hayotda qollab koradi. Misol tariqasida 33ta 33didaktik oyinida bola kopaytirish jadvalini yaxshi yodlagan bolishi va diqqatini ishga solgan holda ishtirok etishi kerak boladi. Oyin sharti sinf oquvchilari sonlarni tartib bilan aytganda 3 raqami ishtirok etgan sonlar va 3 ga bolinadigan sonlar aytilmay orniga qarsak chalinadi. (1,2, qarsak, 4,5,qarsakvah.). Sanoq 33 soniga qadar davom etadi sanoqda adashgan oquvchi oyindan chiqib ketadi va sanoq qayta boshlanadi. Didaktik oyinlar asosida tashkil qilingan darslarda integratsiya yani fanlar aro boglanish yaqol kozga tashlanadi. Matematika darsida Sayohat dars didaktik oyinini misol qilib oladigan bolsak,matematika darsini bir vaqtning ozida ona tili va tabiat fanlari bilan boglash mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling